Mashina va mexanizmlar xavfsizligi fanidan



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə21/26
tarix08.02.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#123175
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Mashina va mexanizmlar xavfsizligi fanidan (1)

IV. Yakuniy qoida
47. Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, Geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitasi, Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashi bilan kelishilgan.
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri v.b. A. XAITOV
2009-yil 7-sentabr
Favqulodda vaziyatlar vaziri K. AXMEDOV
2009-yil 7-sentabr
Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi raisi B. XODJAYEV
2009-yil 8-sentabr
Geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitasi raisi N. MAVLYaNOV
2009-yil 7-sentabr
Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi raisi v.b. B. ULAShOV
2009-yil 7-sentabr
O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi Bosh direktori A. ABDUVALIYEV
2009-yil 7-sentabr
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashi raisi D. JAHONGIROVA
2009-yil 7-sentabr
Sanoat xavfsizligi ekspertizasini amalga oshirish qoidalariga
1-ILOVA
Xavfli ishlab chiqarish obyektlarida foydalaniladigan texnika qurilmalarining turlari (tiplari)
1. 0,07 megapaskaldan ortiq bosim ostida yoki ishlatiladigan suyuqlikning normal atmosfera bosimidagi qaynash haroratidan ortiq haroratda ishlaydigan jihozlar (qozonlar, bosim ostida ishlaydigan idishlar, bug‘ quvurlari), isitish uskunalari, issiqlik punktlari va issiqlik tarmoqlari jihozlari, yuqorida nomlari keltirilgan jihozlarni foydalanishda ishlatiladigan avariyaga qarshi himoya, signalizatsiya va nazorat vositalari, asboblari va tizimlari.
2. Ko‘tarish inshootlari (yuk ko‘tarish kranlari, kran-manipulyatorlar, liftlar, quvurlarni yotqizuvchi kranlar, yuk ko‘targichlar (minoralar), qurilishda ishlatiladigan ko‘targichlar, osma po‘lat arqon yo‘llari, funikulyorlar (tog‘ temir yo‘llari), eskalatorlar, ko‘tarma platformalar, yukni tutib turuvchi echiladigan qismlar va moslamalar, maxsus ishlarni bajaradigan uskunalar, mashinalar va agregatlar).
3. Portlashdan himoya qilingan I va II-guruh elektr jihozlari va konchilik elektr jihozlari.
4. Tog‘-konchilik va boyitish ishlarida qo‘llaniladigan jihozlar (jumladan: ko‘mir va oltin qazib olish sanoati uchun mo‘ljallangan maxsus jihozlar, kon qazilmalari ventilatsiyasi va changini ushlab qoluvchi jihozlar, kon qazilmalarida ishlatiladigan mustahkamlovchi jihozlar, o‘zakli ko‘targich va kon transporti jihozlari, quduq va xandaklarni burg‘ulash jihozlari, quduqlarni qazish va mahkamlash jihozlari).
5. Neft-gazni qazish va gazni qayta ishlash sanoati qurilishi jihozlari (jumladan: barcha turdagi quduqlarni burg‘ulash va foydalanish uchun jihozlar, otish va portlatish ishlarida qo‘llaniladigan mexanizmlar, quduqlarni o‘zlashtirish, foydalaniladigan quduqlarni ta’mirlash va jadallashtirish uchun mo‘ljallangan jihozlar, neft kon(maydon)i va geologiya-qidiruv jihozlari uchun yordamchi jihozlar va asboblar).
6. Foydali qazilmalar kon(maydon)larini qidirish va qazishda olib boriladigan geologiya-qidiruv va geofizik ishlar uchun jihozlar.
7. Magistral quvurlar transporti obyektlari, neft-gaz mahsulotlari bilan ta’minlash obyektlari, elektrokimyoviy himoya vositalari uchun jihozlar va mexanizmlar.
8. Xavfli ishlab chiqarish obyektlarida foydalaniladigan texnika qurilmalarini ishlab chiqarish, o‘rnatish (montaj qilish), qayta qurish (rekonstruksiya qilish) va ta’mirlashda payvandlash, kavsharlash, putur yetkazmasdan tekshirish, eritish, termik ishlash va yuzasini tozalash uchun mo‘ljallangan jihozlar.
9. Metallurgiya sohasi uchun jihozlar va mexanizmlar:
qora va rangli metallurgiya uchun jihozlar;
elektr o‘choqlari va induksion elektr o‘choqlar agregatlari, induksion qizdiruvchi uskunalar va qurilmalar, yoysimon va ruda-termik elektr o‘choqlari, yangi turdagi qizdiruvchi (eritadigan va qizdiradigan) qarshilik elektr o‘choqlari va qurilmalari;
po‘latni eritish uchun jihozlar.
10. Suyuqlik va vakuumda ishlaydigan nasoslar, nasos agregatlari, havo va gazda ishlaydigan kompressorlar hamda kompressor agregatlari.
11. Xavfli ishlab chiqarish obyektlarida qo‘llaniladigan armatura.
12. Texnologik jihozlar uchun metall konstruksiyalar, suyagichlar va himoya qoplamalari.
13. Gaz bilan ta’minlash (gazni taqsimlash va gazni iste’mol qilish) tizimi jihozlari va texnika qurilmalari (jumladan: qozonlar, texnologik liniyalar va agregatlarning gaz jihozlari, sig‘imli va oqib o‘tkazuvchi suv isitgichlarning gaz goryelkali qurilmalari, polietilen gaz quvurlarini payvandlash uchun jihozlar va boshqa jihozlar).
14. Kimyo, neft-kimyo, neft-gazni qayta ishlash va xavfli moddalar ishlatiladigan boshqa ishlab chiqarish korxonalari va obyektlarida qo‘llaniladigan texnologik, transport va yordamchi jihozlar (jumladan: sig‘imli, ustunli, reaktorli, mashinali, kriogenli, vakuumli, sovutuvchi, elektrolizli, massa almashtiruvchi, issiqlik almashtiruvchi, filtrlovchi, ventilatsiyalovchi, maydalovchi, qurituvchi, aralashtiruvchi jihozlar, o‘choqlar, sig‘im (rezervuar)lar, avariyaga qarshi himoya, signalizatsiya va nazorat vositalari, asboblari va tizimlari va boshqa jihozlar).
15. Gazdan himoya qiluvchi nafas olish apparaturalari uchun vositalar (izolatsiya qiladigan respiratorlar, havo apparatlari, izolatsiya qiladigan va filtrlovchi o‘z-o‘zini qutqarish vositalari), gazni nazorat qilish asboblari, avariya holatlarini bartaraf qilish uchun qurilmalar, shaxsiy himoya vositalari.
16. Xavfli ishlab chiqarish obyektlarida qo‘llaniladigan avtomatlashtirish asboblari va vositalari, texnologik jarayonlarni boshqarish va nazorat qilish asboblari, avtomatlashtirilgan tizimlar uchun dasturiy-texnika komplekslari (jumladan: putur yetkazmaydigan nazorat qilish, mexanik va fizik kattaliklarni o‘lchash uchun qurilmalar va asboblar, xavfsizlik avtomatikasi asboblari, bosim rostlagichlari, hisoblagichlar, gazoanalizator (gaz tarkibini tahlil qiluvchi asbob)lar).
17. Xavfli moddalar uchun maxsus mo‘ljallangan sig‘im (sisterna)lar va konteynyerlar hamda idish (ballon)lar.
18. Xavfli yuklarni tashish (transportirovka qilish) uchun jihozlar.
19. Portlovchi va zaharli moddalarni hamda uning tarkibiga kiruvchi materiallarni yaratish, ishlab chiqarish va saqlashda qo‘llaniladigan jihoz va asboblar. Portlatish ishlarini olib borishda qo‘llaniladigan jihoz va asboblar.
20. O‘simlik xomashyosini saqlash va qayta ishlash bo‘yicha portlash xavfi bo‘lgan ishlab chiqarish obyektlarida qo‘llaniladigan texnologik, transport va yordamchi jihozlar (jumladan: texnologik jarayonlarni tartibga solish, o‘lchash va nazorat qilish uchun texnika asboblari va vositalari, texnologik jarayonlarni boshqarishning dasturiy-texnika komplekslari va tizimlari, signalizatsiya va avariyaga qarshi himoya qurilmalari va tizimlari (portlashdan himoya va ogohlantiruvchi qurilmalar, tez harakatlanuvchi qurilmalar, portlashlarni mahalliylashtirish vositalari) va boshqa jihozlar).
21. Gaz holatdagi, mayda dispers va suyuq holatdagi otqin va oqimlardan foydali ravishda ishlatish (utilizatsiya qilish) bo‘yicha jihozlar.
Sanoat xavfsizligi ekspertizasini amalga oshirish qoidalariga
2-ILOVA




_____________________________ rahbariga




(ekspert tashkiloti nomi)


Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin