Bosqichli toblashda qizdirilgan detal harorati M
v
nuqtadan
balandroq (odatda 230—250 °C) bo‘lgan toblash muhitida sovi-
tiladi va harorat shu muhitda tutib turiladi. Tutib turish mud-
dati juda uzoq bo‘lmasligi kerak, aks holda austenit beynitga
aylanishi mumkin. Shundan keyin havoda uzil-kesil sovitish
lozim, bu vaqtda austenit martensitga aylanadi. Bosqichli
toblashda hajmiy o‘zgarishlar, tob tashlashlar va darz paydo
bo‘lish xavfi kamayadi. Tob tashlashga moyil detallar havoda
sovitish vaqtida to‘g‘rilanadi. Uglerodli po‘latlar uchun bos-
qichli toblash buyumning diametri ko‘pi bilan 10—12 mm,
legirlangan po‘latlar uchun esa 20—30 mm gacha bo‘lgandagina
tatbiq etiladi.
Izotermik toblash bosqichli toblash kabi o‘tkaziladi, lekin
toblash muhitida tutib turish vaqti uzoqroq bo‘ladi. Bunday
tutib turishda austenit izotermik parchalanib beynit hosil qiladi.
Toblash muhitida tutib turish muddati M
b
dan yuqori harorat-
da o‘ta sovitilgan austenitning barqarorligiga bog‘liq bo‘ladi va
har qaysi po‘lat markasi uchun austenitning izotermik o‘z-
garish diagrammasidan aniqlanadi. Asosan, legirlangan po‘lat-
lar izotermik toblanadi. Bosqichli va izotermik toblashda sovituv-
chi muhit sifatida suyuqlantirilgan tuzlar (masalan, 55 % KNO
va 45 % NaNO
2
) yoki suyuqlantirilgan ishqorlar (20 % NaOH
va 80 % KOH) ishlatiladi. Ishqorlar va tuzlarning suyuq-
lanmalariga 5—10 % suv qo‘shilsa, sovitish tezligi ortadi.
O‘z-o‘zidan bo‘shaydigan qilib toblashda qizdirilgan detal-
ning ish qismi suvga botiriladi va qisqa vaqt tutib turilgandan
keyin chiqarib olinadi. Detalning suvga botirilmagan qismidagi
issiqlik hisobiga buyumning ish qismi qiziydi. Qizish harorati
issiqlikning o‘tish ranglariga qarab aniqlanadi. Detalni suvda tez
sovitish yo‘li bilan keyingi qizishi to‘xtatiladi. Bo‘shatish vaqtida
(200—300 °C da) o‘tish ranglarining paydo bo‘lishiga toza
41
(sayqallangan, silliqlangan) sirtda oksidlarning yupqa qatlam-
lari yuzaga kelishi sabab bo‘ladi. Oksidlar qatlamining rangi
uning qalinligiga bog‘liq.