Mavzu № Innovatsion menejmentning asosiy tushunchalari, maqsadlari va vazifalari. Reja



Yüklə 77,35 Kb.
səhifə1/9
tarix18.11.2023
ölçüsü77,35 Kb.
#132858
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Mavzu 1


Mavzu № 1 . Innovatsion menejmentning asosiy tushunchalari, maqsadlari va vazifalari.


Reja :

  1. Innovatsiya tushunchasi va uning mohiyati

  2. Innovatsiyalar turkumlari

  3. Innovatsion jarayon tushunchasi va bosqichlari

  4. Innovastion menejmentning mohiyati va vazifalari

  5. Innovastion menejmentning maqsadlari



Tayanch iboralar : Innovastiya, innovastion jarayon, innovastion faoliyat,
innovastion menejment, innovastion boshqaruv, innovastion menejer, fundamental
(nazariy) tadqiqotlar, amaliy tadqiqotlar, innovastion menejmentning maqsadlari.
innovatsiya turkumlari.


Innovatsiya tushunchasi va uning mohiyati
Jahon iqtisodiy adabiyotlarida «innovatsiya» salohiyatli ilmiy – texnikaviy taraqqiyot natijalarini real hayotga joriy etilishi, yangi mahsulotlar va texnologiyalarda namoyon bo`lish jarayoni sifatida tahlil qilinadi.
B. Twiss – innovatsiya bu ixtiro yoki ideal mazmunga ega bo'lgan jarayon.
F.Nikson - innovatsiya - bu bozorda yangi va takomillashtirilgan jarayonlar va uskunalarning paydo bo'lishiga olib keladigan texnik, ishlab chiqarish va tijorat faoliyati majmuidir.
B. Santo – innovatsiya - bu yangi g'oyalar amaliy foydalanishda qo'shimcha daromad keltirishi mumkinI bo’lgan ijtimoiy-texnik va iqtisodiy jarayondir.
Y.Shumpeter - innovatsiya - bu tadbirkorlik ruhi bilan rag'batlantirilgan ishlab chiqarish omillarining ilmiy va tashkiliy kombinatsiyasi.

Innovatsiya — fuqarolik muomalasiga kiritilgan yoki shaxsiy ehtiyojlar uchun foydalaniladigan, qo‘llanilishi amaliyotda katta ijtimoiy-iqtisodiy samaraga erishishni ta’minlaydigan yangi ishlanma
(O‘zbekiston Respublikasining «Innovatsion faoliyat to’g’risidagi» Qonuni 24.07.2020 y.O‘RQ-630-son 3-modda.)
Zavlin P.N- innovatsiya - bu jamiyatning u yoki bu sohasida faoliyat jarayoni va uning natijalarini takomillashtirishga qaratilgan intellektual, ilmiy va texnik faoliyat natijalaridan foydalanish.
Innovatsiyaning turli ta`riflarini tahlil qilish asosida yagona xulosaga kelish mumkinki, innovatsiyaning xususiyatli mazmunini o`zgarishlar tashkil qiladi va innovatsion faoliyatning asosiy funksiyasi bo`lib, o`zgarishlar funksiyasi hisoblanadi.
Innovastiyalar va innovastion boshqaruvga nisbatan oshirilgan e’tibor hozirgi jamiyatning hayotining o’zi tomonidan talab qilinadi, axir innovastion jarayonlarni yangi mahsulotlar va yangi texnikada ro’yobga chiqishi uning ijtimoiy – iqtisodiy rivojlanishining asosi bo’ladi.
Jahon iqtisodiy adabiyotlarida “innovastiya” salohiyatli ilmiy – texnik taraqqiyot (ITT)ni haqiqiy, yangi mahsulotlar va texnologiyalarda ro’yobga chiqadiganga aylanishi sifatida talqin qilinadi. Bizning mamlakatimizda yangilik kiritishlar muammolari ko’p yillar davomida ilmiy – texnik taraqqiyotning iqtisodiy tadqiqotlari doirasida ishlab chiqilgan.
“Innovastiya” atamasidan O’zbekistonning o’tish iqtisodiyotida ham mustaqil va ham bir qator o’xshash tushunchalar: “Innovastion faoliyat”, “innovastion jarayon”, “innovastion qaror” va h.k. belgilash uchun foydalanilgan.
Turli olimlar, ayniqsa xorijliklar (N. Monchev, I. Perlaki, V.D. Xartman, E.Mensfild, R. Foster, B. Tviss, Y. Shumpeter, E. Rodjers va boshqalar) bu tushunchani o’zlarining tadqiqotlari ob’ekti va predmetiga ko’ra har xil talqin qiladilar, ammo innovastiyalarning bu har xil ta’riflarining tahlili shunday xulosaga olib keladiki, o’zgarishlar innovastiyalarning o’ziga xos mazmunini tashkil qiladilar, o’zgarishlar vazifasi esa innovastion faoliyatning asosiy vazifasi bo’ladi.
Avstraliyalik olim I. Shumpeter besh asosiy o`zgarishlarni ajratgan:
1. Yangi texnikadan, yangi texnologik jarayonlardan foydalanish yoki Ishlab chiqarishning yangi bozor ta`minoti.
2. Yangi xususiyatlarga ega bo`lgan mahsulotni joriy qilish.
3. Yangi xom-ashyoni qo`llash.
4. Ishlab chiqarishni tashkil qilishda va uning moddiy-texnik ta`minotida o`zgarishlar.
5. Mahsulot sotishning yangi bozorini ochish.
Bu qoidalar Y. Shumpeter tomonidan 1911 yildayoq shakllantirilgan. Keyinroq, 30 – yillarda u innovastiya tushunchasini, uni iste’mol tovarlarining yangi turlari yangi ishlab chiqarish va texnik vositalar, bozorlar tashkil shakllarini sanoatga tadbiq etish va ularda foydalanish maqsadidagi o’zgarish sifatida talqin etgan holda kiritgan. Ba’zida innovastiyaga jarayonli tizim sifatida qaraladi, shuning bilan yangilik kiritishni vaqtda rivojlanishi va yaqqol aks ettirilgan bosqichliligi tan olinadi.
Innovatsion o`zgarishlarni o`ziga xos kuzatilishi 1920 yilda rus olimi N.D.Kondrat`ev tomonidan o`tkazilgan. N.D.Kondrat`yev xo`jalik kon`yunkturalarning katta tsikli nazariyasining muallifi. U tsikllar ko`pligi g`oyasini asoslagan va davriy to`lqinlar tebranishi modelini ishlab chiqqan: qisqa davrlar (3-3,5 yil), savdo - sanoat davri (o`rta davr –7-11 yil), katta davrlar (48-50 yil).
N. Kondratiyevning uzun to'lqinlar nazariyasiga ko'ra, ilmiy-texnologik inqilob to'lqinlarda rivojlanadi, tsikllar taxminan 50 yil davom etadi. 5 ta texnologik naqshlar (to'lqinlar) ma'lum. Texnologik tuzilmalarning evolyutsiyasi 1.2-rasmda sxematik tarzda ko'rsatilgan.

Yüklə 77,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin