Huquqiy asosi (O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari va
qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari hamda boshqa me’yoriy hujjatlarda bayon
etilgan fikrlar);
Nazariy asosi (ilmiy asoslangan kitoblar, darsliklar, qo‘llanmalar, maqolalar va
boshqa yozma manbalarda bayon etilgan fikrlar).
Ushbu manbalarni o‘qimasdan gapirgan mas’ul xodim xatolikka yo‘l qo‘yishi hech
gapmas. Tashkilot rahbari nomidan gapirishga haqli bo‘lgan Axborot xizmati
rahbari xatolikka yo‘l qo‘yishi kechirilmas holdir. U o‘sha asossiz, xato gapi bilan
tashkilotning obro‘siga putur yetkazadi…
Mazkur o‘quv qo‘llanmani nashrga tayyorlashda Prezidentimiz Shavkat
Mirziyoyevning ma’ruzalarida ilgari surilgan g‘oyalar, tegishli qonunlar va
qarorlarda belgilangan normalar metodologik hamda huquqiy asos qilib olindi.
Mamlakatimizda xalq bilan muloqot jarayonlarini tadqiq etgan holda bu borada
to‘plangan bilim va tajribalar, ilmiy xulosalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Qo‘llanmada axborot xizmatlari faoliyatini ilmiy tashkil etish hamda
takomillashtirish, bu borada to‘plangan tajribalar haqida so‘z yuritiladi.
O‘zbekiston davlat mustaqilligiga erishgan kundan buyon o‘zimizga xos va jahon
andozalariga monand taraqqiyot yo‘li tanlab olindi. Davlat va jamiyat
boshqaruvida jamoatchilik bilan aloqalar muhim ijtimoiy institutga aylandi.
Jamiyatimizni yanada rivojlantirish va sifat jihatidan yangilash borasidagi muhim
ustuvor yo‘nalishlardan biri – bu inson huquqlari va erkinliklarini, so‘z va matbuot
erkinligini, shuningdek, oshkoralikni, jamiyatda o‘tkazilayotgan islohotlarning
ochiqligini ta’minlaydigan demokratik tamoyillarni so‘zda yoki qog‘ozda emas,
amaliy hayotda joriy qilish borasida ko‘p fikrlar bildirilgan. Axborot sohasini jadal
rivojlantirish, ommaviy axborot vositalari – matbuot, radio-televideniye faoliyatini
erkinlashtirish fuqarolik jamiyati asoslarini barpo etish jarayonining uzviy tarkibiy
qismiga aylanishi zarur.
Hayot ko‘zgusi hisoblanmish matbuot “to‘rtinchi hokimiyat” darajasiga
ko‘tarilmog‘i lozimligi ko‘p bora ta’kidlangan. Bu borada hali oldimizda turgan
vazifalar juda ko‘p. Mamlakatimiz ommaviy axborot vositalari uzoq vaqt
mafkuraviy va ma’muriy nazorat ostida ishlagani tufayli ularning hali-beri bu
holatdan chiqishi, avvalo psixologik jihatdan o‘zini erkin his etishi qiyin
kechmoqda. Shu sababli ular o‘zi uchun yangi bo‘lgan hozirgi vaziyatda ba’zan
hali ham nima qilish yoki nima qilmaslik haqida yuqoridan ko‘rsatma kutib
o‘tirgandek ko‘rinishi to‘g‘ri tanqid qilinmoqda.
Dostları ilə paylaş: