Shuni ta'kidlash lozimki, uyqu vaqtida markaziy nerv sistemasining quyi qismlari, ya'ni orqa miya, uzunchoq, o'rta, oraliq miyadagi markazlarning
ish faoliyati butunlay yo'qolmaydi, balki malum darajada pasayadi, chunki bu markazlar odamning hayotini ta'minlaydigan a'zolar (yurak-qon tomir, nafas olish sistemasi, buyrak, endokrin siste-ma kabilar) ishini boshqaradi. Shuning uchun uyqu vaqtida bu a'zolarning ishi to'xtamaydi, balki bir oz pasayadi. Shunday qiiib, uyqu bosh miya yarim sharlari po'stloglning nerv hujayralari, ya'ni oliy nerv markazlarining tormozlanish holati bolib, bu vaqtda nerv hujayralari dam oladi, energiya to'playdi. Shuning uchun to'yib uxlagandan keyin odamning kayfiyati yaxshi boladi, ish qobiliyati ortadi. Tungi uyqu^Jr^L bosqichdan iborat bolib, har qaysi bosqichda sekin va fez uyqu davrlari takrorlanib turadi. Sekin uyqu davri 1—1,5 soat, tez uyqu davri 10—30 minut davom etadi. Uyqu davrida nafas olish, yurak urishi sekinlashadi. Binobarin, bu vaqtda bosh miya nerv hujayraiarida tormozlanish holati chuqurlashadi. Tez uyqu davrida nafas olish, yurak urishi malum darajada tezlashadi. Buning sa-babi shundaki, bu vaqtda bosh miya nerv hujayraiarida tormozlanish susayadi. Shuning uchun tez uyqu davrida ba'zan tush ko'jish sodir boladi.
Tabiiy fiziologik uyqu har kungi tundagi normal uyqudir^Odam organizmining tabiiy fiziologik uyquga ehtiyoji yoshga qarab turlicha bo'ladi. Chaqaloqlarda bir kecha-kunduzda 21—22 soat, 1 yoshli bolada 16-17 soat, 6-7 yoshda 12-13 soat, 13-14 yoshda 9,5-10 soat, kattalarda 8 soat.
Tabiiy fiziologik uyqu har kungi tundagi normal uyqudir^Odam organizmining tabiiy fiziologik uyquga ehtiyoji yoshga qarab turlicha bo'ladi. Chaqaloqlarda bir kecha-kunduzda 21—22 soat, 1 yoshli bolada 16-17 soat, 6-7 yoshda 12-13 soat, 13-14 yoshda 9,5-10 soat, kattalarda 8 soat.
Gipnotik uyqu boshqa odam yoki gipnozchining har xil so'zlari va harakatlari ta'sirida yuzaga keladi. Bunda gipnozlangan odamning bosh miya yarim sharlarining po'stloq qismidagi nerv markazlarining hammasi emas, balki malum qismi tormozlanadi. Shuning uchun ^ipnoz holatidagi odamda fikrlash, ong kabi oliy nerv faoliyatiga xos xususiyatlar vaqtincha yo'qoladi, lekin harakatlanish, gapirish qobiliyati saqlanadj^ Shu tufayli u gipnozchining buyruqlarini, topshiriqlarini bajaraveradi, ya'ni yur desa yuradi, o'tir desa oliradi, ashula ayt desa aytadi.