III.2. JST a'zo bòlishning Òzbekistonga ijobiy tomonlari. Bizni kuzatayotganlarning ko‘pchiligi iqtisodiyotni chuqur tushunmasligi mumkin. Ularga soddaroq tushuntirib ketadigan bo‘lsak, JSTga a'zo bo‘lish O‘zbekistonga nima beradi? Oddiy aholining turmush tarzi o‘zgaradimi? Maoshlar ko‘tariladimi? Yoki xarid quvvati yaxshilanadimi?
O‘zbekiston aholisining ko‘pchiligi Rossiyada mehnat qiladi. Ularning juda katta qismi JST haqida yetarlicha ma'lumotga ega emas. Tezroq YeOIIga a'zo bo‘lib, migratsiya bo‘yicha muammolardan xalos bo‘lishsa, shunisiga xursand bo‘lishadi. Shuning uchun qaysi tashkilotga a'zolik nima berishiga ham to‘xtalib o‘tsangiz.
— Ayni paytda O‘zbekiston eksporterlarining bir nozik tomoni bor – bizning atrofimiz quruqlik bilan o‘ralgan. Juda ko‘p davlatlar dengizga tutash yoki bitta davlatni kesish bilan mahsulot ishlab chiqaruvchilar dengizga chiqishi mumkin. Ya'ni, ular o‘zining eksport mahsulotlarini arzongina dunyo bozoriga olib chiqa oladi. Bizning davlatdagilar esa mana shu jihatdan yutqazib, eksport bozoriga arzon mahsulotlarni taklif qila olmaydi.Buni qanday qilib arzon qilish mumkin? Birinchi o‘rinda, logistika xarajatlarini kamaytirish kerak. Qanday kamaytirsak bo‘ladi? JSTga a'zo bo‘lsak, birinchi o‘rinda tariflar kamayadi. Tarif kamaysa, ko‘proq mahsulot kirib keladi. Ko‘proq mahsulot bu ko‘proq taklif degani. Ko‘proq taklif bu arzonroq narx va ko‘proq tovarlar degani. Mana shu holatda eksporterlar ham yutishi mumkin.
Ularga raqobatchilar kirib kelyapti-ku, deyishingiz mumkin. Bir narsani unutmasligimiz kerakki, JSTga a'zo bo‘lish orqali arzon mahsulotlar nafaqat iste'molchilarga, balki ishlab chiqaruvchilarga ham yetkaziladi. Xomashyo endi arzonroq kirib kela boshlaydi. Siz biron narsani ilgari 100 dollarga olsangiz, eni o‘sha narsani 80-70 dollarga olishingiz mumkin. Nafaqat bozordagi narsalarning arzonlashishiga, balki ishlab chiqaruvchilarinng o‘ziga ham mahsulotning tannarxini arzonlatib, dunyo bozorida imkoniyatlar beradi.
Bundan tashqari, investorlarga ham «O‘zbekistonga bemalol boraveringlar, endi islohotlar ortga qaytmaydi», degan ishonch beradi. JSTga a'zo bo‘lganimizdan keyin oladigan narsalarimiz ham bor, beradigan narsalarimiz ham bor. Bu O‘zbekistonning investitsion jozibadorligini ham oshiradi.
Yana bir tomoni bor. YeOIIga a'zolik mehnat muhojirlariga imtiyoz beradi, degan argument o‘rtaga tashlanadi. Lekin shu o‘rinda men doim bir narsani o‘ylab qolaman. Qachongacha biz ishchi bo‘lib qolishimiz kerak? Ishchilarga imtiyoz berilishiga rozi bo‘lib, kelajakda yana ishchi bo‘lib qolishga rozi bo‘lyapmiz.Biz o‘zimiz ko‘proq ishlab chiqarishimiz kerak. O‘zbekiston aholisi va xomashyosi ko‘p bo‘lgan davlat. JSTga a'zo bo‘lish orqali ko‘proq investorlar keladi va ko‘proq ish o‘rni yaratiladi. Ishlab chiqaruvchilar mahsulotlari tannarxining kamayishi orqali nisbiy afzalligini oshiradi. Eksport paytida turli janjallarning oldini olishga yordam beradi, chunki JSTning mojaro’larni hal qiladigan qo‘mitasi bor. Rossiyaga yoki boshqa chet davlatga borib, ishlash mashaqqatlaridan qutulamiz.
JST davlatlar o‘rtasidagi xalqaro savdoni tartibga soluvchi va osonlashtiradigan hukumatlararo tashkilot hisoblanadi. Hukumatlar tashkilotdan xalqaro savdoni tartibga soluvchi qoidalarni o‘rnatish, qayta ko‘rib chiqish va qo‘llash uchun foydalanadilar.JST dunyodagi eng yirik xalqaro iqtisodiy tashkilot bo‘lib, unga 164 a’zo davlat vakillari kiradi, ushbu davlatlar global savdo va Butun dunyo yalpi ichki mahsulotining 98 foizdan ortig‘ini tashkil etadi.
Hozirda ushbu tashkilotga 23 ta davlatlar qo‘shilish jarayonida (xaritada sariq rang bilan belgilangan davlatlar). Shu qatori O‘zbekiston ham JSTga a’zo bo‘lish yuzasidan muzokaralar olib bormoqda.
JSTga a’zo bo‘lishning afzalliklari, majburiyatlari va jarayonlari
JSTga to‘la huquqli a’zo sifatida kirish xalqaro savdo tizimi va jahon iqtisodiyotiga muvaffaqiyatli integratsiyalashuvning kalitidir.JSTga a’zo bo‘lish a’zo bo‘lgan davlat uchun JSTga a’zo davlatlar o‘rtasida kamsitilmaydigan va adolatli savdoni ta’minlash, tariflarni himoya qilishning maksimal darajasi va import kvotalari bekor qilinishi, mamlakatlarning raqobatbardoshligini oshirish uchun tovarlarni arzon narxlarda import qilish kabi muhim afzalliklarga ega. Bundan tashqari, ishlab chiqarilgan mahsulotlar, xususiy sektorni zararli savdo faoliyatidan himoya qilishda ko‘maklashish, mamlakatning savdo bilan bog‘liq institutlarini mustahkamlash va huquqiy va institutsional siyosatni tartibga solishga ko‘maklashish, xalqaro savdo muzokaralarida faol ishtirok etish va xalqaro miqyosda normalar ishlab chiqish orqali uning manfaatlarini himoya qilish ham tashkilotning muhim afzalliklaridan hisoblanadi.
JSTga a’zo bo‘lish ko‘plab afzalliklarga ega bo‘lsa-da, u qo‘shilish jarayonidagi bir qator majburiyatlarni ham keltirib chiqaradi. Bu keng ko‘lamli qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi harakatlarni o‘z ichiga olgan uzoq va murakkab muzokaralar jarayoni bo‘lib, keng ko‘lamli inson resurslari va institutsional salohiyatni, shu jumladan sanoat tajribasini talab qiladi. Yangi a’zolikka qabul qilishda barcha a’zo davlatlar shartlarga rozi bo‘lishlari kerak va bu a’zolardan iborat ishchi guruhini tuzish va muzokaralar jarayoni orqali amalga oshiriladi. Ishchi guruh tuzilgandan so‘ng parallel ravishda ikki tomonlama, ko‘p tomonlama va turli tomonlama muzokaralar olib boriladi. Ushbu muzokaralarning muvaffaqiyatli yakunlanishi qo‘shilish bo‘yicha ishchi guruh tomonidan qabul qilinishi va JST Bosh kengashi yoki Vazirlar konferensiyasi tomonidan ma’qullanishi kerak bo‘lgan.
Xalqaro Savdo Tashkilotining JSTga a’zo bo‘lishdagi ko‘magi
Xalqaro Savdo Markazi (XSM) rivojlanayotgan va o‘tish davridagi davlatlarda kichik va o‘rta korxonalarning yanada raqobatbardosh bo‘lib, savdo va investitsiyalar uchun xalqaro bozorlarga integratsiyalashuvi, globallashuviga ko‘mak ko‘rsatuvchi rivojlanish agentligi hisoblanadi. 1964 yilda tashkil etilgan ushbu markaz JST va BMTning qo‘shma agentligidir.XSM 2009 yildan buyon JSTga a’zo bo‘lmoqchi bo‘lgan rivojlanayotgan mamlakatlarga qo‘shilish jarayonini qo‘llab-quvvatlab kelyapti. Hozirda Samoa, Yaman, Laos Xalq Demokratik Respublikasi, Komor oro’llari, Liberiya, Sudan, Tojikiston va Efiopiya JSTga a’zo bo‘lish yo‘lida a’zo bo‘lish strategiyalari va unga xizmat qiluvchi siyosiy va iqtisodiy tartiblardagi islohotlarini ishlab chiqishda XSM yordamiga tayanmoqda.
Xulosa. Oʻzbekistonning xalqaro tashkilot vakillari bilan muzokaralari 2-3 yilga choʻzilishi ehtimoli mavjud. JSTga aʼzolik masalasi oson hal boʻlmaydi, oldinda juda murakkab bosqichlar turibdi.
Bir maqolada masalaning barcha jihatlarini batafsil yoritishning imkoni yoʻq. Mavzu va muammolar koʻlami shu qadar kengki, ularning birortasini koʻzdan qochirish yangi muammoni keltirib chiqarishi mumkin. Misol uchun, togʻ-kon, neft-gaz sanoati, energetika, temir yoʻl, havo yoʻllari sohalarida xususiylashtirish hali oxiriga yetkazilmaganligi jiddiy muhokama qilinishi lozim.
Eng muhim jihat shundaki, Oʻzbekiston, birinchi navbatda, oʻzining ichki iqtisodiy-ijtimoiy muammolarini hal qilishi kerak. Geoiqtisodiyot bilan ham jiddiy shugʻullanishga toʻgʻri keladi. Bir vaqtning oʻzida ikki tashkilot kuzatuvchisi sifatida ham JST, ham YEOII bilan hamkorlik qilinayotganligi rahbariyat oldida oʻta murakkab vazifalarning oqilona yechimini topishni koʻndalang qoʻyadi. Ushbu dolzarb masalalarning ijobiy yechimiga erishish uchun Oʻzbekistonning milliy taraqqiyot yoʻli va yuksak farovonlikka erishishiga xizmat qiladigan yangicha yondashuv hamda qarashlar belgilab olinadi, deb ishonamiz.
JSTga aʼzolik, avvalo, monopolist boshqaruvga barham beradi va erkin raqobat muhitini yaratadi.
Bunday dadil qadam esa yurtimiz istiqboli uchun, shubhasiz, muhim ro’l oʻynaydi.
.