Zo‘ravonlik va konfliktologiya sohalari o‘zaro bog‘langan masalalardan hisoblanadi. Aslini olganda konfliktologiyaning mustaqil fan sohasi sifatidagi shakllanishi va rivojlanib kelayotganligiga ko‘p bo‘lganicha yo‘q. Shu bois inson xarakteri va amallariga hos bo‘lgan zo‘ravonlik ham yangi o‘rganilayotgan va tan olinayotgan sohalardan hisoblanadi.

Ko‘pchilik hollarda konfliktni tushunish uchun mavjud zo‘ravonlik sabablarini anglash lozim bo‘ladi. Chunki hayotda oilaviy zo‘ravonlik ko‘proq uchrab turadi. Zo‘ravonlik nima oqibatlarga olib kelishi mumkinligini bilgan odam uni yengillik bilan, o‘ylamay qo‘llamaydi. Zo‘ravonlikdan voz kechish - konfliktda ijobiy natijaga asos bo‘ladi. Eng muhimi, zo‘ravonlik ziddiyatning yechimi bo‘la olmasligi, zo‘ravonlik ziddiyat hamda muammoni hal etmasligini anglash darkor. Har qanday kuchli konflikt ham, tomonlarning juda kattiq o‘zaro to‘qnashuvi ham zo‘ravonlikni ishlatish va qo‘llash uchun asos bo‘la olmaydi. Shu bois, kattiq to‘qnashuv, ya’ni ziddiyat zo‘ravonlikka olib keladi, deb o‘ylash xato va noto‘g‘ridir.
Konflikt vaziyatlarda ko‘pincha agressiya va zo‘ravonlik uchrab turadi. Agressiya va zo‘ravonlikni konflikt yechimi sifatida qo‘llash hollari mavjud. Ba’zilar tahdid qilish, shantaj, zo‘ravonlikka o‘tish orqali ziddiyatni yechish mumkin deb hisoblaydi. Ammo bu noto‘g‘ri qarash. Zo‘ravonlik konflikt yechimi bo‘la olmaydi, u konfliktni zo‘ravonlik va agressiyaga to‘qnash keltirish degani xolos. Konfliktni zo‘ravonlikdan olib chiqib ketish va uni gumanistik talablar asosida muammoga qaratish, natijada muammoni yechish – konflikt yechimi topildi degani bo‘ladi. Zo‘ravonlik o‘z kuchini muammoga qaratmagani, shu bilan birga, insonlar hayotiga havf tug‘dirgani sababli konfliktning yechimi bo‘la olmaydi. Aslida, zo‘ravonlik konfliktni juda ham chuqurlashtirib yuboradi. Zo‘ravonlik tomonlarni hech vaqt bir-biriga yaqinlashtirmaydi, balki uzoqlashtiradi xolos.