Mavzu: arxeologiya fanining rivojlanishi



Yüklə 76,59 Kb.
tarix26.11.2023
ölçüsü76,59 Kb.
#135144
ARXEOLOGIYA FANINING RIVOJLANISHI


MAVZU: ARXEOLOGIYA FANINING RIVOJLANISHI
KIRISH I.BOB.JAHON ARXEOLOGIYA FANI HAQIDA UMUMIY MAʼLUMOTLAR 1.1.Jahon Arxeologiyasi fani haqida tushuncha hamda maqsad va vazifalari 1.2.Arxeologik davrlashtirish va xronologiya haqida umumiy tushuncha II.BOB.ARXEOLOGIYANING TARMOQLARGA BOʻLINISHI HAMDA ODAMZODNING PAYDO BOʻLISHI 2.1.Antropologiya haqida umumiy tushuncha 2.2.Jahon arxeologiyasida odamzodning paydo bo’lib rivojlanishi va taraqqiyot bosqichlari XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
KIRISH Kishilik jamiyatining vujudga kelish jarayoni uzoq otmishga borib taqaladi. Oz navbatida otmishni organish har bir davrning dolzarb masalalaridan biri bolib kelgan. Arxeologiya fani ham tarixning tarkibiy qismi bolib, ijtimoiy fanlar orasida alohida orin tutadi. Arxeologiya ijtimoiy fanlar ichida eng yoshi hisoblanadi. Biroq uning ildizlari juda uzoq, ilk insoniyatning vujudga kelish davriga borib taqaladi.
I.BOB.JAHON ARXEOLOGIYA FANI HAQIDA UMUMIY MAʼLUMOTLAR.
1.1.Jahon Arxeologiyasi fani haqida tushuncha hamda maqsad va vazifalari.
Arxeologiya – tarix fanining mustaqil yo’nalishi bo’lib, o’zining tadqiqot obyekti, shuningdek, ularni ochib o’rganishda maxsus uslublardan foydalaniladi. Yani zamonaviy tushunchada arxeologiya ibtidoiy, antik, orta asrlarga oid yodgorliklarni organish va qayta tiklash ishlarini olib borish tushuniladi. Arxeologiya va tarixni bir-biridan ajratib bolmaydi, ikkala fanning ham maqsadi bir xil, yani insoniyat tarixini organishdan iborat. Mazkur sohada faoliyat yuritayotgan kishilar tarixchi va arxeolog deb yuritiladi. Arxeologiya ozining uzoq rivojlanish tarixiga ega.
1.2.Arxeologik davrlashtirish va xronologiya haqida umumiy tushuncha
Insoniyat tarixini u yoki bu ijtimoiy-iqtisodiy tuzumning rivojlanish bosqichlariga qarab, quyidagi davrlarga bolish mumkin:
1. Ibtidoiy davr.
2. Qadimgi dunyo.
3. Orta asrlar.
4. Yangi davr.
Insoniyat taraqqiyotining birinchi davri ibtidoiy jamoa davri bolib, juda uzoq davom etgan. Bu davrda inson qiyofasi, faoliyati ozgarib, mehnat qurollari va insonlar ortasidagi munosabatlar davrlar otishi natijasida takomillashib brogan.
Ibtidoiy davr:Arxaik yoki ibtidoiy madaniyat-mavjud insoniyat madaniyatning ibtidosi va eng uzoq davom etgan davridir. Bu davr insoniyat tarixi umumiy kolamining 99 foizini tashkil qilgan holda zamonaviy madaniyatga beqiyos tasirini korsatib kelmoqda. Osha vaqtda vujudga kelgan arxaik madaniyatning ayrim korinishlari bolmish fikrlash tarzi, fel-atvor xozirga qadar yoqolgan emas. Insoniyat hayotining boshlangich davri keyingi barcha ozgarishlarga zamin tugdirgani sababli bu davrni organish insoniyat evolyutsiyasi asoslarini, uning madaniyati negizini tushunish va sharhlashga yordam beradi.
II.BOB.ARXEOLOGIYANING TARMOQLARGA BOʻLINISHI HAMDA ODAMZODNING PAYDO BOʻLISHI
2.1.Antropologiya haqida umumiy tushuncha
Odamning kelib chiqishi va rivojlanishi masalasi bilan antropologiya fani shug’ullanadi. Antropologiya uch asosiy bo’limga bo’lib o’rganiladi: 1) morfologiya; 2) antropogeniya yoki antropogenez; 3) irqshunoslik yoki etnik antropologiya. Morfologiya odamning jismoniy tuzilishidagi belgilarning yosh, jins, kasb va tashqi sharoitga qarab o’zgarishini o’rganadi; antropogeniya (antropogenez) odam jismoniy qiyofasining shakllanishi, mehnat faoliyati, tili, shuningdek jamiyatning dastlabki rivojlanishi jarayonini o’rganadi; irqshunoslik irqlarning sinfiy tasnifi, irqlarning geografik jihatdan tarqalganligi, irqlarning shakllanish tarixi bilan shug’ullanadi.
2.2.Jahon arxeologiyasida odamzodning paydo bolib rivojlanishi va taraqqiyot bosqichlari
Odamning hayvonot dunyosidan uzoq vaqt davom etgan rivojlanish jarayoni oqibatida ajralib chiqqanligi haqidagi fikrga yondashamiz. Insoniyatning qadimgi davri haqida antik davr mualliflarining asarlarida dastlabki malumotlar keltiriladi. Yunon faylasufi Demokrit (mil.av. 460-370) ibtidoiy davr odamlarining hayotini tasvirlar ekan, ularni boshpanasiz, kiyimkechaksiz, olovni bilmay va tartibsiz hayot kechirganliklarini keltirib otadi. Aristotel, mil.avv. I asrning 1-yarmida yashab otgan faylasuf Lukretsiyning asarlarida ham qadimgi odamlar hayoti haqida ayrim malumotlar uchraydi.
Avstrolopiteklar keyingi tur bolib, ular odamga koproq oxshagan va hozirgi kunimizdan 3 mln. yillar ilgari yashagan. Ularning miya suyagining hajmi 600-700 sm3 bolib, avstrolopiteklar ikki oyoqda tik turgan, osimlik va goshtni ovqat sifatida istemol qilgan. 1924 yilda Janubiy Afrika hududlaridan odamzodning ilk ajdodi bolgan avstrolopitekning suyaklari topilgan. Olimlar unga ‘Janubiy odam’ deb nom berishgan. Yer qarining plyutsen (bundan 3-4 mln. yil oldin) yotqiziqlaridan olimlarning xulosasiga kora, driopitek eng oliy tipdagi odamsimon ‘maymun’ 33 bolsa, avstrolopitek esa ‘maymunsimon’ odam vakili bolgan. Avstrolopitek odamzodning hayvonlar olamidan odamlar dunyosiga otishda qoyilgan birinchi qadami edi.
1. Odamzod tabiatning ajralmas bir bolagi sifatida Yer tarixining malum bir bosqichida hayvonot olamidan ajralib chiqdi. U jonivor fanda eng oliy tipdagi ‘odamsimon maymun’ deb atalmoqda.
2. Ajdodlarimizning hayvonot olamidan odamzod dunyosiga qoygan birinchi qadami avstralipiteklar davrida sodir boldi.
3. Odamzodning ilk ajdodlari zinjantrop va pitekantroplar toshni toshga urib mehnat qila boshlaydilar. Mehnat odamzodni hayvonot olamidan ajratdi.
4. Odamzod ozining ajdodi sinantroplar davrida olovni kashf etdi va shu tufayli ajdodlarimiz goshtni olovda chala pishirgan holda istemol qila boshladilar.
XULOSA
Tarixni yoritishda va o`rganishda arxeologlar olib borgan tadqiqot ishlarining ahamiyati juda kattadir. So`nggi yillar ichida jahonning, jumladan O`rta Osiyoning turli hududlarida ko`plab arxeologik kashfiyotlar qilinib, muhim ma`lumotlar to`plandi. Olimlar tomonidan topib tekshirilgan bu yangi ashyolar eng qadimgi va o`rta asrlar tarixi haqidagi bilimlarni kengaytiradi. Mazkur manba va ashyolar jahon tarixining qadimgi davr siyosiy-iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy jarayonlari haqida to`laroq tasavvurlar hosil qilish imkonini beradi.
Shunday qilib, arxeologiya fan sifatida yosh bolsa-da, atama ancha qadimiydir. Turli davrlarda uni turlicha ishlatilgan. Arxeologik qazishmalar ham juda qadim zamonlardan buyon otkazilib kelinmoqda va koplab yutuqlarga erishilmoqda. Xulosa qilib arxeologiya fanining ochilmagan jihatlari, organilmagan qirralarini organishda alohida ahamiyatga ega ekanligini takidlash mumkin.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch. T., 2008.
Karimov I .A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. T., 1998.
Kabirov J., Sagdullayev A. O'rta Osiyo arxeologiyasi. – Т., 1990.
Авдусин Д.А. Основы археологии. – М., 1989.
Авдусин Д.А. Полевая археология СССР. 2-е изд. – М., 1980.
Амальрик А.С., Монгайт А.Л. Что такое археология. – М., 1966.
Амальрик А.С., Монгайт А.Л. В поисках исчезнувших цивилизаций. М., Наука, 1966.
Археологи рассказывают. Таджикгосиздат. – Сталинабад, 1959.
Мартынов А.И. Археология СССР. – М., 1973.
  • Kabirov J., Sagdullayev A. O'rta Osiyo arxeologiyasi. – Т., 1990.

Yüklə 76,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin