Termiz davlat pedagogika institutining Maktabgacha ta’lim yo’nalishi 106-guruh talabasi Xo’jamurodova Munisaning maktabgacha ta’lim tarbiyani tashkil etish fanidan tayyorlagan taqdimoti.
2. Bolalarni axloq va odob normalarini egallab olishlarida muhit va tarbiyaning tutgan o’rni
3.Maktabgacha yoshdagi bolalarni axloqiy tarbiyalashning mazmuni, tamoyillari va uslublari
Axloq –arabcha xulq atvor ma’nosini bildiradi. U ijtimoiy ong shakllaridan biri bo’lib ijtimoiy munosabatlar hamda shaxs hatti-harakatini tartibga soladigan qonun qoidalar majmuidir.
Axloq- shaxs yoki guruh faoliyatini baholash orqali jamiyatdagi munosabatlarni boshqarish mehanizmi hisoblanadi.
Axloq ma’naviyatning tarkibiy qismi sifatida shaxs kamolotining yuqori bosqichi sanaladi. Zero axloq va axloqiy meyorlarsiz shaxsning ruhiy va jismoniy yetukligining mezoni bo’lgan ma’naviy kamolotga erishib bo’lmaydi.
Axloq tushunchalari umumiy harakterga ega. Ular alohida munosabatlarni emas hamma sohadagi munosabatlarni qamrab oladi. Bunday tushunchalar AXLOQIY KATEGORIYALAR deb ataladi.
Hayotda qoida sifatida qabul qilingan talablardan kishilar o’zlariga odamlar orasidan namuna tanlaydilar. Bu namunani esa biz AXLOQIY IDEAL deb ataymiz.
AXLOQIY TARBIYA-yagona ijtimoiy tarbiya jarayonining tarkibiy qismi hisoblanadi.
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni axloqiy tarbiyalash mazmuni bolaning ma’naviy dunyosini uning ongini axloqiy hislatlarini shaxsiy sifatlari va xulqini tarbiyalash hamda rivojlantirishni taqazo etadi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni axloqiy tarbiyalashning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
1. Bolalarda axloqiy his tuyg’ular va hatti harakatlarni tarbiyalash
2. Xulq ma’daniyati va ijobiy his tuyg’ularni tarbiyalash
3. Axloqiy xulq atvor ko’nikmalarini shakllantirish
Maktabgacha ta’lim muassasalarida axloqiy tarbiyani tashkil etishda quyidagi jihatlarga alohida e’tibor qaratish lozim:
1) kichik, o’rta va katta guruh bolalari uchun sodda elementlar axloqiy tushunchalar haqida ma’lumot berish
2) har bir o’rgatiladigan u yoki bu fazilatlarni rasmlar, multitasmalar, diopozitivlar va bolalarning jonli harakatlari orqali tushuntirish
3) bola doimiy ravishda ‘’nima yaxshiyu nima yomon?’’ so’zining manosini anglab o’z fikrini aniq bayon etish
Axloqiy tarbiyaning asosiy tamoyillari
1. Axloqqa doir tarbiyaviy ishning ma’lum maqsadga qaratilganligi
2. Ta’lim tarbiya ishiga bola shaxsini hurmat qilgan holda yondashish
3. Axloqiy tarbiya ishini hayot va amaliyot bilan bog’lab olib borish
4. Bolalarning faolligi
5. Jamoada tarbiyalash
6. Tarbiyaviy ishning tizimliligi va izchilligi
7. Tarbiyaviy ishning ta’sirchanligi
8. Oila, MTM, davlat va nodavlat tashkilotlar hamda kattalar tarbiyaviy ta’sirining birligi
9. Boladagi ijobiy sifatlarga suyanish
10. Bola shaxsini har tomonlama rivojlantirishni ko’zda tutish.
Tarbiyaning zamonaviy tamoyillari –tarbiyachi va tarbiyalanuvchi o’rtasidagi subyekt-subyekt munosabatlarining o’rnatilishidir.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni axloqiy tarbiyalash uslublari