Shaxsiy pressingga qarshi hujum Shaxsiy pressinga qarshi kurashayotgan jamoa taktik va texnik xarakterga ega bo’lgan bir qator sharoitlarni bajarish kerak:
1) to’pni tezda o’yinga kiritish;
2) tezlik bilan himoyani yo’rib o’tish uchun operativ kenglikka chiqishi yoki hech bo’lmaganda 10 soniya ichida to’p bilan raqibning maydoniga o’tishi;
3) zich ta’qib paytida hujumning shiddati va taktik tizimini saqlash;
4) hujumning boshqa, maqsadga muvofiq sistemalari vavariantlariga (tezkor ravishda) tezda o’tish.
Shaxsiy pressinga qarshi hujum taktikasi qo’llanishi qo’yidagi holatlardan kelib chiqadi:
1) raqib shchiti tomonga tez yo’rib o’tishni qo’llash uchun o’z yarimida maydonning hamma beshta o’yinchining dastlabki boshlang’ich joylashishini qo’llash;
2) hujumning oldingi va keyingi chiziqlari o’rtasidagi yetarli darajada katta oraliqni ta’minlash (himoya chiziqlari o’rtasidagi o’zaro harakatlarni tuzilishini va hamkorligini qiyinlashtirish uchun), harakatchan markaziy o’yinchini yoki kanot hujumchini orqaga maydon markaziga to’pni olish uchun jalb qilish va u orqali tezda hujum yushtirish;
3) jamoaning mohir driblerining (to’pni mohirona olib yuradigan) himoyachi yakka kurashishishi uchun maydonning bir tomoni ni bo’shatish;
4) maydonning raqib yarimiga to’p bilan kirish paytida raqib shchitidan uzoqqa ketgan markaziy o’yinchisiz hujumni yushtirish bilan tarqoq pressingdan pozitsion kurashda foydalanish (ikkala ko’rsatilgan sistemalar jarima maydonni ochiq qoldirib hujumchilarga birdaniga u yoqqa yorib o’tishga va savatga hujum qilishga imkoniyat beradi). Himoya taktikasi Yaxshi tashkil etilgan himoya nafaqat hujum tufayli erishilgan muvaffaqiyatni mustahkamlaydi, balki jamoaning keyingi harakatlari xarakteriga ham ta’sir qiladi. Ishonchli himoyaga ega bo’lgan jamoa o’yinni keskinlashtira borishga, o’rtacha va oils masofalardan savatga to’p otishni dadillik bilan qo’llashga qurmaydi hamda shchitdan qaytgan to’p uchun astoydil kurashadi.
Himoyalanuvchi jamoaning harakatlari hujum qiluvchi jamoaning harakatlariga javob bo’lib, raqib taktikasining xususiyatlariga qarab tashkil etiladi.
Himoyalanayotgan jamoa oldida to’rtta asosiy vazifa turadi:
1) raqib savatga aniq, to’siqsiz to’p tashlashiga yo’l qo’ymaslik;
2) raqibdan to’pni olib qo’yish va qarshi hujum uchun sharoit yaratish;
3) raqibning ba’zi bir aloqalarini va o’yin liniyalari orasidagi aloqa va o’yinchilar o’zaro harakatlarini buzib, hujum qilish uchun tayyorlov operasiyalarini o’tkazishga qarshilik ko’rsatish;
4) raqibni tez qarshi hujumga o’tishga yo’l qo’ymaslik.
To’pli yoki to’psiz hujumchiga qarshi harakatlar turlicha, garchand, ikkala holda ham raqibning kuzatish va u bilan faol kurashish kerak.