REJA:
1.Pedagogika fanlar tizimi hamda unda pedagogikaning o’rni va ahamiyati.
2. Pedagogik texnologiyalari tushunchasi
va uning mohiyati.
3. Pedagogik texnologiyalarning tarkibiy
tuzilishi.
4.Pedagogika fanlarni o’qitish jarayonida modulli
ta’lim texnoloiyasidan foydalanish.
1.Pedagogika fanlar tizimi hamda unda pedagogikaning o’rni va ahamiyati.
Pedagogika atamasi Qadimgi Gretsiyada (er. av. V-VI) paydo bo’lib, “peydagog” bola, “ago”-yetaklayman, tarbiyalayman, bol yetaklovchi ma’nosini anglatadi.
Pedagogika atamasi bir vaqtning o’zida turli ma’nolarni anglatadi:
tarbiya, ta’lim, ma’lumot mazmuni va maqsadiga qaratilgan turli g’oyalar, fikrlar, qarashlar tizimi;
tarbiya, ta’lim, ma’lumot masalalari bilan bog’liq ilmiy tadqiqotlar sohasi;
2-REJA: Pedagogik texnologiyalari tushunchasi
va uning mohiyati.
Noqobil o’qituvchi haqiqatni shunchaki aytadi-qo’yadi, yaxshisi esa uni topishga o’rgatadi. A.F. Disterverg.
Pеdagog olimlar:
PTga bеrilgan ta'riflar
V.P. Bеspalkoning fikricha:
«PT-bu o`qituvchi mahoratiga bog`liq bo`lmagan holda pеdagogik muvaffaqiyatni kafolatlay oladigan o`quvchi shaxsini shakllantirish jarayoni loyihasidir».
V.M. Monaxovning fikricha:
«PT - avvaldan rеjalashtiril-gan natijalarga olib boruvchi va bajarilishi shart bo`lgan tartibli amallar tizimidir».
В.M. Klarin fikricha:
«PT-o`quv jarayoniga tеxnologik yondashgan holda, oldindan bеlgilab olingan maqsad ko`rsatkichlardan kеlib chiqib, o`quv jarayonini loyihalashdir».
Н.Sayidahmеdov va M. Ochilovlarning fikricha:
«PT-bu o`qituvchi (tarbiyachi)ning o`qitish (tarbiya) vositalari yordamida o`quvchi (talaba)larga muayyan sharoitda ta'sir ko`rsatishi va bu faoliyat mahsuli sifatida ularda oldindan bеlgilangan shaxs sifatlarini intеnsiv shakllan-tirish jarayonidir».
I.Ya. Larnеrning fikriga ko`ra:
«PT -o`quvchilar xarakatlarida aks etgan o`qitish natijalari orqali ishonchli anglab olinadigan, aniqlanadigan maqsadni ifodalaydi»
B.L. Farbеrmanning fikricha:
«PT-ta'lim jarayoniga yangicha yondashuv bo`lib, pеdagogikada ijtimoiy-muhandislik ongi ifodasidir. U pеdagogik jarayonni tеxnika imkoniyatlari va insonning tеxnikaviy tafakkuri asosida standart holga solib, uning optimal loyihasini tuzib chiqish bilan bog`liq ijtimoiy xodisadir».
YUNЕSKO tomonidan bеrilgan ta'rif:
«PT – ta'lim shakllarini optimallashtirish maqsadida uqitish va bilimlarni o`zlashtirish jarayonining inson salohiyati va tеxnik rеsurslarni qo`llash, ularning o`zaro ta'sirini aniqlashga imkon bеradigan tizimli mеtodlar majmuasidir».
“Texnologiya” yunoncha so’z bo’lib, “techne”-mahorat, san’at, “logos” tushuncha, o’rganish, ta’limot demakdir.
Ta’lim-tarbiya mazmuni, maqsad hamda vazifalari davrlari o’tishi bilan kengayib borishi natijasida uning shakl va usullari ham takomillashib bormoqda. Hozirda inson faoliyatining asosiy yo’nalishlari ularda ko’zda tutilgan maqsadlarni to’liq amalga oshirish imkoniyatini beruvchi yaxlit tizimlar, ya’ni texnologiyalarga aylanib bormoqda.
Pedagogik texnologiya tushunchasi ta’lim-tarbiya amaliyotini rivojlantirish ehtiyojlari asosida kelib chiqqan va hozirda pedagogika, psixologiya fanalarida o’z o’rniga bo’lgan keng ko’lamli serqirra tushunchadir.
Pedagogik texnologiyada ishlab chiqarish sohalaridagi turli texnologiyalardan farqli ravishda ishlov beriladigan material o’quvchi aqliy, ruhiy, axloqiy sifatlari bo’lib, ularga o’qituvchi, tarbiyachi tomonidan ma’lum maqsadga erishish yo’lida turli ta’sirlar o’tkaziladi.
Pedagogik texnologiya tushunchasi dastlab XX asrning o’rtalarida AQSHda paydo bo’lib, 1940-50-yillar o’rtasigacha “ta’lim texnologiyasi” deb yuritilib kelgan va bu ibora texnika vositalaridan foydalanib o’qitishga nisbatan qo’lanilgan. 50-60-yillarda programmalashtirilgan ta’limda nazarda tutilgan, 70-yillarda “pedagogik texnologiyasi” iborasi qo’llanilib, u avvaldan loyihalastirilgan va aniq belgilangan maqsadlarga erishishni kafolatlovchi o’quv jarayonini bildirgan. 80-yillarning boshidan esa pedagogik texnologiya deb ta’limning kompyuterli va axborot texnologiyalarini yaratishga aytilgan.
Pedagogik texnologiyaga umumiy ta’rif
Pedagogik texnologiya- bu o’z oldiga ta’lim shakllarini optimallashtirish vazifasini qo’yuvchi, butun o’qitish va bilimlarni o’zlashtirish jarayoni texnik resurslar va odamlarning o’zaro munosabatlarini hisobga olgan holda yaratish, qo’llash va aniqlashning tuzimli metoddir.