Mavzu: biznes faoliyati va uning turlari



Yüklə 38,31 Kb.
səhifə2/5
tarix25.09.2023
ölçüsü38,31 Kb.
#129365
1   2   3   4   5
2204 sevara Mavzu biznes faoliyati va uning turlari

1.Biznes faoliyati.
Ishlab chiqarish tadbirkorligining mohiyati. Tadbirkor lik faoliyati turiari nisbatan mustaqil bo'lib, bir-birini to'ldirib keladi. Tadbirkorlik faoliyatining barcha turlarini belgilab beruvchi ishlab chiqarish tadbirkorligining ustuvorligini tan olish kerak.
Innovation, ilmiy-texnik faoliyat, tovarlarni bevosita ishlab chiqarish, xizmat ko'rsatish va shu sohadagi axborot bilan ishlash faoliyati ishlab chiqarish tadbirkorligiga kiradi. Ishlab chiqarish bilan shug ullanmo qchi bo'lgan har bir ishbilarmon tadbirkorlik faoliyatining qaysi turi bilan shug'ullanishi, qanday mahsulot ishlab chiqarishi, qanday xizmat ko'rsatishini oldindan belgilab olishi lozim. Shu ish amalga oshgandan keyin tadbirkor marketing bilan shug ullanadi. U tovarga talabni bilish maqsadida tovarning potenuial iste’molchilari, xaridorlari, ulgurji va chakana savdo bilan shug ullanuvchi tashkilotlar bilan aloqa qiladi.
Muzokaralar ishbilarmon va bo'lajak xaridorlar o'rtasida shartnoma tuzilishi bilan yakunlanadi. Tuzilgan shartnoma tadbirkorlikdagi tavakkalchilikning oldini olish imkonini beradi.
Shu ishlar amalga oshmasa, tadbirkor faqat og'zaki va’dalar asosida ishlab chiqarish faoliyatini boshlaydi. Barqaror bozor sharoitida rivojlangan mamlakatlarda og zaki kelishuvlar ishonchli kafolat boMib, zarur hollarda shartnoma, bitim shaklida rasmiylashtiriladi. Biroq mamlakatimizda bozor iqtisodiyoti endi shakllanayotgan davrda og zaki bitimlarning kafolati past va tavakkalchilik kuchlidir.
Tadbirkorlik faoliyatining keyingi bosqichi ishlab chiqarish omillarinisotibolishyokiijaragaolishdir.
Ishlab chiqarish omillari. Ma’lumki, ishlab chiqarish omillari ishlab chiqarish fondlari, ishchi kuchi, axborotdan iborat. Ishlab chiqarish fondlari o'z navbatida asosiy va aylanma ishlab chiqarish fondlariga bo'linadi.
Asosiy ishlab chiqarish fondlari (mehnat qurollari) inshootlar, uzatuvchi moslamalar, quwatli mashina va jihozlar, ishchi mashina va jihozlar, o'lchov uskunalari, laboratoriya jihozlari, hisoblash texnikasi, transport vositalari, ishlab chiqarish inventarlari va boshqa asbob-uskunalardan iborat. Asosiy ishlab chiqarish fondlariga sex zavod va laboratoriya binolari kiradi.
Korxona hududi atrofidagi devorlar, ko'priklar, neft quduqlari, кo-mir koni qatlamlari va shunga o'xshash boshqa qurilmalar inshoot jumlasiga kiradi. Uzatuvchi moslamalarga quwatli kabellar, elektr uzatkich liniyalari, turli uzatkich quvurlari, neftb va gaz uzatkich quvurlari kiradi. Quwatli mashinalarga turli dvigatellar, turbinalar, bug' qozonlari va boshqalar kiradi. Asosiy ishlab chiqarish fondlarining muhim dementi ishchi mashina va uskunalar hisoblanadi. Ularga yordamchi uexlarning barcha texnologik moslamalari, mashina va uskunalari kiradi. Asosiy fondlarning bu qismi shartli ravishda aktiv qismi deb hisoblanadi, chunki shu mashina va uskunalarda mahsulotlarning asosiy qismi tayyorlanadi. Transport vositalari tarkibiga avtomobil, temir yo'l, havo yo'llari va boshqa transporting barcha turiari kiradi.
Aylanma ishlab chiqarish fondlarini (mehnat predmetlari) xomashyo, asosiy va yordamchi materially yonilg i va energetik resurslar, idish va idish moslamalar, chidamsiz va qisqa muddatda ishlatiladigan asboblar va ishlab chiqarish moslamalari, ta’mirlash uchun zarur ehtiyot va butlash qismlari tashkil etadi. Sotib olinadigan butlash moslamalar, yarim tayyor mahsulotlar, tugallanmagan ishlab chiqarish, o'zi tayyorlagan yarim tayyor mahsulot, kelajakdaagi xarajatlar ham aylanma ishlab chiqarish fondlarini tashkil etadi.
Qayta ishlov berilmagan sanoat mahsulotlari (ruda, neftb, ko'mir, gaz va boshqalar), qishloq xo'jaligi mahsulotlari (paxta, jun, teri va boshqalar) xomashyoni tashkil etadi. Materiallar esa ma’lum qayta ishlash jarayonidan o'tib tayyor mahsulot ishlab chiqarishga mo'ljallangan mehnat mahsulotidir. Asosiy materiallar bo'lajak tayyor mahsulot (temir, yog och, mato)ning asosini tashkil etadi, yordamchi materiallar (bo>q, tugma va boshqalar) asosiy materiallar uchun ishlatiladi yoki (moylash materiallari) ishlab chiqarish jarayoniga yordamlashadi.
Asbob-uskunalar narxi va ishlatish muddatiga qarab aylanma fondlarga kiritiladi.



Yüklə 38,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin