Mavzu: Boshlang'ich sinda tabiiy fanlarni o'qitishda STEAM yondashuv
Reja:
Reja:
STEAM integratsiyalashgan ta'lim tizimi
STEAM texnologiyasi
O‘zbekiston Respupblikasida STEM ta’lim tizimini davlat ta’lim tizimi
Xulosa
Adabiyotlar
Yosh avlodni kelgusi hayoti uni inson qilib korsatuvchi ruhiy va manaviy jarayonning mezonini belgilaydi. Bu borada talim-tarbiya samaradorligini oshirish va dunyo talablari darajasiga olib chiqish talimni ilgor tajribalar asosida boyitib borish, yangi pedagogik tajribalar asosida olib borish ayniqsa muhimdir. Xalqimizning milliy qadriyatlari, ananalari, urf-odatlari asosida barkamol avlodni voyaga yetkazish ularni koproq oz millatini sevishga gururlanishga sharqano goya va talimotlarni organib ularni kelajakka tadbiq etishga zamin yaratiladi.
Bolaning ongi va tafakkuri endi shakllanib kelayotgan boshlangich sinflarda oqituvchining mahorati, talim jarayoniga mohirona tadbiq eta olishi, talimning yangi yol va usullarini izlashi, ilgor pedagogik tajribalardan ijodiy foydalana olishi juda muhimdir.
Shuning uchun ham boshlangich sinf oqvchilarini mustaqil fikrlashga orgatishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni amaliyotda joriy etishga tayyorlash bugungi boshlangich talim oldiga qoyilgan muhim talablardan biridir. Chunki zamonaviy pedagogik texnologiyalar, birinchidan, oquvchilarni bilim, konikma va malakalarni oson va qiziqib organishlari uchun imkoniyat yaratsa, ikkinchidan, oqituvchining ham professional osishiga, ham manaviy rivojlanishiga yordam beradi.
Ta’lim oluvchilarning bilim va malakasini umumiy ravishda tahlil qilish mamlakatdagi ta’lim sifati darajasini belgilaydi. Shu maqsadda o’quv yili davomida har bir ta’lim muassasasida ichki va tashqi monitoring o’tkazib boriladi. Uning natijasiga ko’ra, eng namunali maktablar ketma-ketligi, pedagoglar salohiyati va ta’lim oluvchilarning o’zlashtirish darajasi aniqlanadi. Bu jarayon ta’lim taraqqiyotini belgilovchi muhim mezon bo’lgani uchun Xalq talimi vazirligi tashabbusi bilan umumiy orta ta’lim maktabi ta’lim oluvchilari bilimini baholash bo’yicha xalqaro dasurlarni amaliyotga joriy etish maqsadida ilk qadamlar tashlandi. Yani, ta’lim oluvchilar bilimini xalqaro talablarga yetkazish, unga mosligini o’rganib borish maqsadida PISA (Programme for International Student Assesment), TIMSS (Trends in Mathematics and Science Study), STEAM kabi baholash dasurlarini keng qo’llash rejalashtirilmoqda. STEAM - hozirgi kunda dunyo talim tizimining eng asosiy urf bo’lgan innovatsion metodlaridan biri hisoblanadi. Bir qaraganda STEAM abbreviaturasi juda murakkab ko’rinadi, lekin uni alohida ko’radigan bo’lsak sodda va aniq ekanini ko’rishimiz mumkin, ya’ni: S – science, T – technology, E – engineering, A – art, M – mathematics, yoki tabiiy fanlar, texnologiya, muhandislik san’ati, ijod, matematika. Oddiy so’z bilan aytganda, zamonaviy dunyoda eng ko’p talab etilayotgan fanlardir. Hech kimga sir emaski, ko’plab fan tarmoqlarida katta yutuqlarga erishish uchun o’zlashtiriladigan turli sohalardagi bilimlarning integratsiyasi talab etiladi. Lekin bunga o’quvchilarni qanday qilib tayyorlashimiz mumkin, chunki maktab dasrlari orasidagi bog’liqlikni ko’rish juda murakkabdir. Aynan shunday muammolarni xal qilishda STEAM yordam beradi. Bu metodika ta’limni aralash turda olib borish va egallangan nazariy bilimlarni kundalik hayotda qo’llay olish ko’nikmalarini shakllantirishga imkon beradi. STEAM bu maktabda va maktabdan tashqarida loyixa va o’quv−tadqiqot faoliyatini amalga oshirish imkoniyatini beruvchi innovatsion texnologiyadir. Ushbu metod yordamida fanlar alohida tarmoqlarda emas, balki integratsiyalashgan holda, umumiy bog’liqligini korsatib o’rgatiladi. Fanlarni kundalik hayot bilan bog’liqligini korsatishdan tashqari, texnologiya o’quvchilarning ijodkorligini ham ko’rsatib berishi mumkin. Ushbu yondashuv o’quvchilarning faoliyatiga bir qancha vazifalarni taqdim etadi, o’quvchi ularni hal qilishida ijodkorligini namoyon qilishni organadi. Bunday vazifalar yordamida o’quvchi g’oyalarni nafaqat oylab topadi, balki ularni kundalik hayotida amalga oshirishni ham o’rganadi. STEAM dasturlari ham faol muloqot va guruh ishi bilan ajralib turadi. Muhokama bosqichida ular fikr bildirishga qo’rqmaslikka o’rganadilar. Kopincha, stol atrofida o’tirmaydi, o’zlarining dizaynlari asosidagi mahsulot” larni sinovdan o’tkazadi va rivojlantiradi. Ular hamma vaqt hamkorlikni taminlaydigan jamoada tarbiyachilar va ularning do’stlari bilan muloqot qilish bilan band bo’lishadi. Texnik fanlar boyicha qiziqishlarni rivojlantirish. Maktabgacha va boshlang’ich maktab yoshidagi STEAM ta’limi vazifasi qiziqishning rivojlanishi uchun dastlabki shart-sharoitlarni yaratishdir. Bolalar uchun tabiat fanlari va texnik fanlar bo’yicha, qilgan ishni yaxshi korish, qiziqishni rivojlantirish uchun asosdir. STEAM – bolalar uchun juda qiziqarli va dinamik bo’lib, bolalarning zerikishlariga to’sqinlik qiladi. Ular vaqt o’tayotganini sezmaydilar va charchamaydilar.
STEAM farzandlarimizga - ixtirochilar, kashfiyotchilarning kelajak avlodi, olim sifatida tadqiqotlar olib borish, texnologiyani shakllantirish, muhandis sifatida loyihalash, rassom sifatida yaratuvchi, matematik sifatida analitik fikr yuritishni oyin orqali yuzaga keltiradi. Bugungi kunda STEAM-talim dunyodagi asosiy tendensiyalardan biri sifatida rivojlanmoqda va amaliyot yondashuvni qollashda beshta sohani yagona oquv sxemasiga integratsiyalashga asoslangan. Bunday talimning shartlari uning uzluksizligi va bolalarning guruhlarda ozaro muloqot qilish qobiliyatini rivojlantirish bolib, bunda ular fikrlarni to‘plashi va fikrlar almashadi. Shuning uchun, asosiy talim dasturiga quyidagilar; Lego- texnologiyalar, bolalar tadqiqotlari kabi mantiqiy fikrlashni rivojlantirish modullari kiradi. STEAM (S-fan, T-texnologiya, E-muhandislik, A-sanat, M- matematika) - ilm-fan, texnologiya, muhandislik, sanat va matematikani birlashtiruvchi zamonaviy yondashuv. STEAM bolalarda quyidagi muhim xususiyatlar va konikmalarni rivojlantirishga quyidagicha yordam beradi:
- Muammolarni keng qamrovli tushunish;
- Ijodiy fikrlash;
- Muhandislik yondashuv;
- Tanqidiy fikrlash;
- Ilmiy metodlarni tushunish va qollash;
- Dizayn asoslarini tushunish.
STEAM yondashuvi tufayli bolalar tabiatni tushunib, dunyoni muntazam organishadi va shu bilan qiziqishlarini, muhandislik fikrlash uslubini, tanqidiy vaziyatlardan chiqish qobiliyatini, jamoaviy ish qobiliyatini rivojlantirish va liderlik, o‘z-ozini namoyon qilish asoslarini organishadi, oz navbatida, bolalar rivojlanishining tubdan yangi darajasini taminlaydi. Quyida dastur mazmuniga toxtalamiz:
Oz-o‘ziga ishonchni shakllantirish. Bu yondashuvda bolalar oz qollari bilan yaratgan koprik va yollar, samolyotlar va avtomobillarni "ishga tushirib", suv osti va havo tuzilmalarini "rivojlantirib", sinovdan otkazib, har safar ular maqsadga yaqinlashib borishadi. Yaxshi natija bermagan mahsulotni qayta-qayta sinovdan otkazib, takomillashtirib borishadi. Natijada barcha muammolarni ozi hal qilish, maqsadga erishish bolalar uchun ilhom, galaba, adrenalin va quvonch olib keladi. Har bir g‘alaba, ozlarining qobiliyatlariga koproq ishonch uygotadi. Faol muloqot va jamoaviy ish. STEAM dasturlari ham faol muloqot va guruh ishi bilan ajralib turadi. Muhokama bosqichida ular fikr bildirishga qorqmaslikka organadilar. Ko‘pincha, stol atrofida otirmaydi, ozlarining dizaynlari asosidagi mahsulotlarni sinovdan otkazadi va rivojlantiradi. Ular hamma vaqt hamkorlikni taminlaydigan jamoada tarbiyachilar va ularning dostlari bilan muloqot qilish bilan band bolishadi.
Texnik fanlar boyicha qiziqishlarni rivojlantirish. Maktab yoshidagi STEAM talimi vazifasi qiziqishning rivojlanishi uchun dastlabki shart-sharoitlarni yaratishdir. Bolalar uchun tabiat fanlari va texnik fanlar boyicha, qilgan ishni yaxshi korish, qiziqishni rivojlantirish uchun asosdir. STEAM – bolalar uchun juda qiziqarli va dinamik bolib, bolalarning zerikishlariga tosqinlik qiladi. Ular vaqt otayotganini sezmaydilar, lekin ham charchamadilar. Raketalar, avtoulovlar, kopriklar, osmono‘par binolarni qurish, elektron oyinlar, fabrikalar, logistika tarmoqlarini yaratish, dengiz osti kemalari, ilm-fan va texnologiyaga qiziqishi ortib borada. Loyihalar uchun ijodiy va innovatsion yondashuvlar. STEAM talimi oltita bosqichdan iborat: savol (vazifa), muhokamalar, dizayn, qurilish, test va takomillashtirish. Ushbu bosqichlar muntazam ravishda loyiha yondashuvining asosidir. Oz navbatida hamkorlik yoki turli imkoniyatlardan birgalikda foydalanish ijodkorlik asosi hisoblanadi. Shunday qilib, bir vaqtda bolalarda fan va texnologiyalarni qollash, yangi innovatsiyalarni yaratishi mumkin. Oqilona tashkil etilgan soglom ijtimoiy-manaviy muhit bolalarda izlanishga, tashabbus korsatishga va ijodkorlik qobiliyatlarini namoyon etishga ragbat uygotadi. Bunda tarbiyachilar bola rivojlanishi qanday kechayotganligi togrisida aniq tasavvurga ega bolishlari, buning uchun esa ularni doimiy raviщda nazorat qilib borishlari zarur bo‘ladi.
Tabiiy fanlar alohida fan sifatida o’qitish 1-sinfdan boshlanadi. O’quv materiali hisoblanadigan darsliklarda - «Tabiat jismlari», «O’simlik va hayvonot olami», «Sog’ligimizni saqlaymiz» va «Ekologiya» mavzulari birlashtirilgan kitoblar o’rgatiladi. Tabiiy fanlar bo’yicha dastur kichik yoshdagi maktab o’quvchilariga faqat jonajon tabiat go’zalligi va boyliklarinigina emas, balki respublikamizning tabiatini o’rganishga ham ham imkon beradi.
Tabiiy fanlarni o’qitishda o’quvchilarning ilmiy-tabiiy dunyoqarashlarini shakllantirish va kengaytirish, mantiqiy fikrlashga orgatishda har bir dars mavzuyini bayon qilishga e’tibor beriladi. O’quvchilar topshiriqlarni individual bajarish jarayonida ularning aqliy faoliyati jalb etiladi, o’z bilimi, kuchi va qobiliyatiga bo’lgan ishonch ortadi. Buning natijasida har bir shaxs o’z imkoniyati darajasida rivojlanadi. Shu tarzda tashkil etilgan bilish faoliyatida vaqtdan unumli foydalaniladi. Pirovard natijada ta’lim samaradorligi ortadi.
Ta’limning zamonaviy pedagogik texnologiyalaridan foydalanib o’tiladigan darslarda o’quvchilarning bilish faoliyati individual tarzda tashkil etiladi. O’quvchilarga zamonaviy usullar yordamida dars o’tilsa o’quchilarning qabul qilishi organishi juda yuqorilab boradi buni amalda ko’pchilik tadqiqotchilar sinashgan. O’quvchilarning bolajak kasbiy sifatlarini shakllantirishda nazariy bilimlar bilan bir qatorda amaliyot ham muhim orin egallaydi.
Tabiiy ilmiy bilimlar uzoq yillar davomida amaliy faoliyat tufayli qo’lga kiritilgan. Bilim odamlar miyasida o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmasdan, balki muayyan ish faoliyatida shakllanadi. Amaliyot insonnitabiat bilan munosabatida asosiyomilbo‘lib, buoz navbatida, odamlarning o‘zaro munosabnatlari tizimida, ijtimoiy ishlab chiqarishda muhim ro‘l o‘ynaydi. Amaliyotning asosiy turlari moddiy ishlab chiqarish va ilmiy tajriba hisoblanadi. Ilmiy - tabiiy amaliyot quyidagi vazifalarni bajaradi. Masalan, amaliyotda orgatilgan bilimlar nazariy qilib o’tkazilgan darslarga qaraganda ko’proq narsalarga tushunishi mumkin bo’ladi o’quvchilarni.
Mavzuning dolzarbligi sifatida didaktik ko’rgazmali qurollardan foydalanish metodi qadim zamonlardan beri ishlatilib kelinayotgan eng qulay samarali va tushunarli metod hisoblanadi. Didaktik tarqatma materiallardan foydalanib dars o’tish ya’niko’z bilanko’rish orqali eshitishga nisbatan 5 marta ko’proq va 13 marta ko’proq taktik organlarga nisbatan ancha ko’p ma’lumotni miyaga yetkazadi. Shunday ekan oʻquvchilarga dars oʻtishni boshlangʻich sinflardan boshlab didaktik oʻyinlar va dasturlar orqali oʻtgan maqsadga muvofiq boʻladi. Xorijtajribasiga yuzlanadiganboʻlsak xorijiy davlatlardataʼlimberishning eng yangi usullaridan foydalanilmoqda. Hattokishunday maktablar borki ularda oʻquvchilar faqat amaliyotda koʻrib oʻrgabishadi. Nazariy maʼlumotlar esa faqat oʻzlari mustaqil ravishda oʻrgabkshlari mumkin boʻladi.
O‘qituvchi o‘quv materialini bolalarning yosh xususiyatlarini inobatga olgan holda ularga munosib tarzda yetkazadi. Boshlang’ich ta’lim pedagogik jamoasining o‘rni shundan iboratki, ular har bir bolaning qiziqishi, qobiliyati va ehtiyojini inobatga olgan holda mos keladigan maqsadlar qoyishlari, bolalardagi tabiiy qiziqishlarni qollab-quvvatlashlari, ularda borliqni birgalikda ozlashtirish konikmalarini shakllantirishlari kerak.
Bu yondashuv kelajakda bolalarda hayotiy muammolarni hal etishda yordam beradi. Ko‘pgina rivojlangan davlatlarda, jumladan AQSH, Yaponiya, Isroil, Singapur, Rossiyada boshlangich talim bolalarni ijodiy va ixtirochilik qobiliyatlarini rivojlantirish maqsadida mazkur yondashuv metodlaridan samarali foydalanib kelinmoqda.
Bola rivojlanishining oziga xosligini inobatga olishda, avvalo shuni tushunib yetish kerakki, barcha bolalar rivojlanishning malum bosqichlarini bosib otadilar, biroq bunda har bir bola noyob va takrorlanmasdir. Oqituvchi bolalarni aynan bir xil, oxshash narsalar va faoliyat turlari bilan taminlashlari uchun ularning oziga xos, boshqalardan ajralib turadigan rivojlanish korsatkichlari togrisida toliq tasavvurga ega bolishlari lozim. Shuningdek, oqituvchilar bir xil yoshdagi turli bolalarning qobiliyatlari va qiziqishlaridagi farqlarga e’tibor bilan munosabatda bolishlari kerakligini mutaxassislar alohida takidlashadi.
Bunda bola rivojlanishining oziga xosligiga doir, bolalar qiziqishlariga javob beruvchi faoliyat turlari, yani ularning aqliy, ijtimoiy va manaviy etuklik darajasi nazarda tutiladi. Bunday faoliyat turlari bolalarning tabiatga qiziqishlariga, tajribadan qoniqish hosil qilishlariga va oz goyalarini tajribada sinab korish xoxish-istaklariga qaratilgandir. Rivojlanish markazlaridagi talim jarayonida bolalarning ozlari tegishli rivojlanish markazini ixtiyoriy tanlay boshlaydilar. Bolalarni mustaqil guruhlarda ishlashi, individuallashtirishda oqituvchi shunday faoliyat turlarini oylab topadiki, unda barchaga birdek korsatma berilsa-da, biroq har bir bola undan kelib chiqqan holda ozi mustaqil ravishda muvaffaqiyatga erishishiga imkon beriladi. Individuallashtirish darajasini optimallashtirish mumkin. Epchillik va topqirlik talab etiladigan faoliyat turini tanlagan va bolalarni diqqat bilan kuzatgan holda tarbiyachi zaruriyat tugilib qolsa topshiriq va materiallarni o‘zgartirishi yoki moslashtirishi mumkin.
“Ilk qadam oquv dasturi asosida boshlangich talimda quyidagi rivojlanish markazlari faoliyati yuritilishi nazarda tutiladi:
- Qurilish va konstruksiyalash markazi
- Syujet-rolli oyinlar va dramalashtirish markazi
- Til va nutq
- Ilm-fan va tabiat markazi
- Sanat markazi
- Musiqa va ritmika markazi.
Rivojlanish markazlari bolalarga o‘zlarining shaxsiy konikmalari va qiziqishlaridan kelib chiqqan holda talim-tarbiya jarayonini mustaqil individuallashtirish imkoniyatini beradi. Masalan, san’at markazida bir bola qogoz qirqadi, boshqa bola esa shu qogozdan qaychi bilan ozi oylagan shaklchani kesib oladi. Stol ustida oynaladigan oyinlar markazida bir bola tortta yogoch kubikdan shakl yasaydi, boshqa birovi esa yigirma besh bolakli karton qog‘ozli tasvirni tuzishni maqul koradi. Oqituvchi jarayonda bolalarni kuzatadi va ularning rivojlanishiga daxldor fikrlarni yozib boradi. Ancha vaqtdan song u bolalarga vazifani murakkablashtiruvchi materiallarni taklif etadi yoki vaziyatga qarab ana shu vazifalarni bajarishda bolaga tog‘ridan togri yordam beradi. Bunday yol tutish tufayli bola yaxshi suratda osib-ulg‘ayishi mumkin.Oqituvchilar rivojlanish markazlarida bolalarning yordamchilari rolini oynaydilar, mashgulotlar olib boriladigan joyda imkoniyatlar kengligini tamin etadilar va har bir bola individual rivojlanishi darajasini egallay olgan holda faoliyat turlarini rejalashtiradilar. Kun tartibi turli mashgulot turlarini ozida qamrab olishi lozim: kichik guruhlarda birgalikda va tarbiyachi hamkorligida yakka tartibda (individual) yoki mustaqil (ular tomonidan tanlagan mashgulotlarga vaqt ajratish kerak, chunki bolalar ongli tanlab olishni organadilar, o‘z qiziqish va qobiliyatlarini amalga oshiradilar). Bolalarning oz tanlovlarini amalga oshirishi, muammolarni hal etishi, atrofdagi kishilar bilan birgalikda harakat qilishi, indivdual maqsad qoyishi va unga erishishni bilishlari lozim. Xulosa qilib aytganda Tabiiy fanlarni boshlangich sinflarga ona tili va oqish savodxonligini turli xil usullar va STEAM tizimida o'qitishda didaktik ko'rgazmalardan foydalanish orqali oʻquvchilarning fikrlash qobiliyatini rivojlantirish mumkin boʻladi desak mubolagʻa boʻlmaydi. Masalan, metodik tavsiya ishlab chiqish orqali biron bir maktabda eksperiment oʻtkazish uchun guruh tanlab olinib ularga didaktik materiallardan foydalanib darslar olib borilsa, boshqa sinflarga esa shu doimgidek oʻquv dasturi asosida darslar oʻtilsa. Buning natijasida albatta tanlab olingan sinf oʻquvchilari boshqa guruhdagi tengdoshlariga nisbatan ancha koʻp narsani oʻzlashtirishgan boʻladi.
Dostları ilə paylaş: |