184
Kirish
Shaxsning o‘qimishliligi va uning yaratuvchanlik malakasi
Milliy dasturni amalga
oshirishning asosiy natijasi bulmog‘i darkor.
Inson omili mazmunida Milliy dastur ko‘pgina zarur vazifalarni hal qilishni nazarda
tutadi. Masalan ta'lim tizimidagi kadrlar salohiyatini saqlash va takomillashtirish, ilmiy hodim
va o‘qituvchi, muallim va tarbiyachi
kasbining nufuzligini oshirish, mavqini ko‘tarish vazifasini
va hokazo.
Ta'limning har bir bosqichida inson omili bilan bog‘liq bo‘lgan dolzarb vazivfalarni hal
qilish nazarda tutiladi. Jumladan, Oliy (professional ) ta'lim bo‘yicha : - mustaqil bilim olish,
o‘qitishni individuallashtirishning
usullari, vositalari va shaklarini kengaytirish
-
o‘qitishining modul tizimi, yangi pedagogika va informatsion tehnologiyalarni qo‘llab
talabalarni o‘qitishni jadallashtirish;
-
masofada ta'lim tizimini rivojlantirish va hokazo.
O‘qitishda yangi pedagogik tehnologiya talablarida: o‘quvchi talabalarga bilim va ko‘nikmalar
berishni reproduktiv tarzda emas, balki produktiv
usullar orqali berish, ya'ni ularga tayyor
bilimni shartta bermasdan , ularni mustaqil bilim olishga undash yo‘llarini o‘rgatishga
katta
'e'tibor qaratilgan. Shu bilan birga o‘zlashtirilgan bilimlarni o‘z vaqtida nazorat qilish, uni
baholash ham o‘ta zarur deb qaraladi. Bu ishda reyting tizimi, test usuli asosida o‘quvchi
talabalar
bilimlarini tekshirib, holisona baholash nazarda tutiladi.
Pedagogika fani bilimlarni o‘z vaqtida nazorat qilish va baholashning uchta vazifasi
borligini alohida qayt 'etadi.
1.O‘zlashtirishni nazorat qilish va baholash natijasiga qarab, davlat ta'lim
standartlari
qanday bajarilayotganligini nazorat qilinadi va vazifalar belgilanadi.
2. Bilimlarni nazorat qilish va baholash natijasida o‘quvchi talabalarda bilimlar doirasi
yana kengayadi.
3. O‘quvchi va talabalarda o‘z kuchiga bo‘lgan ishonch va qiziqishlar paydo bo‘ladi.
Shu bois, o‘zlashtirishni nazorat qilish ta'lim tizimining ajralmas qismidir deymiz.
Tajribada nazoratning yozma, og‘zaki va amaliy usullaridan unumli foydalanib kelinmoqda .
Biz ham boshlang‘ich ta'lim uslubiyoti bo‘limi talabalari uchun matematika o‘qitish
uslubiyoti fanidan mustaqil yozma - nazorat ishlari to‘plamini tuzib nazoratning yozma usulini
tavsiya qildik.
Mustaqil yozma nazorat ish oldidagi asosiy maqsad - bo‘lajak boshlang‘ich sinf
o‘qituvchisining matematika o‘qitish uslubiyotidan uslubiy
tayyorgarligini aniqlash,
topshiriqlarni mustaqil bajarishga o‘rgatishdan iborat.
Mustaqil - nazorat ish 4 ta topshiriqni o‘z ichiga oladi.
Bular:
1.
Boshlang‘ich matematika kursida o‘tiladigan biror yangi materiallarni o‘rgatishga doir
dars ko‘rinish fragmenti ishlanmasi. Dars konspektini tuzish.
2.
Boshlang‘ich matematika darsliklarini tahlil qilish . Biror bir matematik tuShunchani
o‘zlashtirish maqsadida turli ko‘rinishdagi mashqlar sistemasini tuzish.
3.
Masala echishga o‘rgatish. Aniq ko‘rsatilgan masala ustida ishlash metodikasini yoritish.
4.
Berilgan mavzu yuzasidan adabiyotlar ro‘yhatini tuzish, ularni o‘rganish, amaliy jihatdan
ko‘p qo‘llaniladigan 3-3 ta maqolaga annotatsiya yozish.
To‘plam topshiriqlarining ohirida mustaqil yozma nazorat ishni bajarish bo‘yicha
metodik (uslubiy) ko‘rsatma berishni ham ma'qul topdik.
Tuzuvchilardan
Dostları ilə paylaş: