Mavzu buxoro talimi va dor ush shifo faoliyati haqida Reja
Amir Temur davrida ilm-fan
Temur oʻz siyosatini mamlakatda markazlashgan kuchli mustaqil jamiyat oʻrnatish, har bir ishda qonun va tartib joriy qilish, yurtda osoyishtalikni jonlantirish, hunarmandchilik, savdoni rivojlantirish, 6 islom aqidalariga rioya qilishdan boshladi. Temurning amaliy-ijtimoiy faoliyati uning avval oʻtgan podshohlarga nisbatan qanday ijobiy yangiliklarni amalga oshirganligiga qarab baholanishi zarur. Ana shu nuqtayi nazardan aytishimiz mumkinki, Amir Temur va temuriylarning faoliyati, shubhasiz ilm-fan taraqqiyoti va maʼnaviyati bilan sugʻorilgandir.
Amir Temur saltanatida zamonasining taniqli allomalari hisoblangan dunyoviy fanlarning hamma tarmoqlari boʻyicha ilmiy tadqiqotlari olib borgan qariyb 100 dan ortiq olimlar faoliyat yuritgan. Buni oʻsha davrning guvohi boʻlgan Ibn Arabshoh shunday taʼriflaydi: “Temur har bir jonni (olimu-ulamolarni...) yigʻib, nimaiki narsa boʻlsa sarasini Samarqandga keltirdi. Natijada, Samarqandda har bir ajib fan ahli namoyondasidan va sanʼatlar gʻaroyib uslubidan fazilati peshonasida nishona boʻlib, oʻz tengqurlaridan ustun turgan oʻz sohasida alloma kishilar yigʻilgan edi”.
Ushbu olimlar Temur tashkil etgan Koʻksaroy kutubxonasida ishlash va foydalanish huquqiga ega edilar. Ular ilmu fanning turli sohalarida ilmiy izlanishlar olib borib, Turonu zaminning ilm-fan, madaniyatini jahon sivilizatsiyasi darajasiga koʻtarib, Samarqandda oʻziga xos ilmiy markazni tashkil etdilar. Bu keyinchalik sohibqironning nevarasi Ulugʻbek davrida fanning keng taraqqiy etishiga, ilmiy laboratoriya va Samarqand fanlar akademiyasining vujudga kelishiga asos solgan edi.
Temur davriga kelib Samarqand olimlar maskaniga aylanishi bilan madrasalarning vazifalari ham kengaya borib, ular yuqori saviyasi ilm-fan muassasalariga aylana bordi. Ushbu olimlarning koʻpchiligi, ayni paytda, Temur davrida va Temurdan oldin barpo etilgan va obod xolga keltirilgan Samarqand madrasalarida talabalarga taʼlim berar edilar. Ularda endi diniy qadriyatlardan tashqari davlat xizmatchilari va iqtidorli yosh olimlar xam tayyorlana boshlandi. Oʻsha davrda Damashqdan keltirilgan yosh tolibi ilm Ibn Arabshohning Samarqanddagi Idiku Temur madrasasida tahsil olib taniqli tarixchi olim boʻlib yetishganligi fikrimizning dalilidir. U
Temur davrida qurilgan va obod etilib faoliyati ijobiy yoʻlga qoʻyilgan madrasalar masalasiga kelsak faqat birgina Samarqandning oʻzida ularning soni unga yaqin edi. Temurning suyukli nabirasi Muhammad Sulton madrasasi, Bibixonim madrasasi, Feruzshoh madrasasi, Idiku Temur madrasasi, Amir Shohmalik madrasasi, Qutbiddin Sadr madrasasi va boshqalar shular jumlasidan edi. Bundan tashqari, Shahrisabzda, Buxoroda, Xirotda ilm-fan ahllari, koʻplab adiblar, shoiru- bastakorlar, musavvirlar, meʼmoru muhandislar, binokor naqqoshlar, mohir hunarmandlar ijod bilan band edilar.
Bu davrda Temurning ota yurti Shahrisabz esa oʻzi oʻqigan madrasa qayta taʼmirlanib, kengaytirilib, ilmiy tarbiya markaziga, yaʼni “Adab ilmining gumbazi”ga aylangan edi. Undagi Temur bunyod etgan “Dor uttilovat”da nafaqat adab ilmi, balki diniy va dunyoviy bilimlar ham oʻrganilar edi. Xirotda esa Shohrux Mirzo ham Temurning ilm-fan va maʼrifat sohasidagi saʼy-harakatlarini olib butun Xurosondagi eng katta kutubxonani tashkil etadi. Temur saltanatining har ikkala ulkan kutubxonasida nafaqat arab va turk tillarida, balki fors, lotin va yunon tillaridagi eng nodir asarlar toʻplangan ediki, bu asarlardan foydalanib ishlagan olimlar keyinchalik Samarqandda Mirzo Ulugʻbek shakllantirgan ulkan ilmiy akademiyaning aʼzolari boʻlib, ilmu faoliyatlari bilan jahonga tanilgan yirik va mashhur olimlar boʻlib yetishadi. Xirotda esa ana shu saʼy-harakatlarning davomi va Xirot kutubxonasining tarkibiy qismi tarzida pirovardida Husayn Boyqaro va Alisher Navoiy davrida Kamoliddin Behzod rahbarlik qilgan “Sanʼat akademiyasi” – “Nigariston” vujudga kelgan edi.
Amir Temurning hayotda amal qilgan tartib eʼtiqodlaridan biri, bu – kitob bitiklar kutubxonasini tashkil etish edi. Chunki uzoq Bursa shahridan Samarqandga yaxlit bir kutubxonani koʻchirib kelish faqat Temur 11 maʼnaviyatiga xos tafakkur edi. Temurning fikricha, “kitob barcha bunyodkorlik, yaratuvchanlik va aql-idrokning, ilmu donishning asosi, hayotni oʻrnatuvchi murabbiydir”. Garchi bu satrlar Temur nomidan xalq tilida aytilgan rivoyatlarda keltirilgan boʻlsa-da, u Temur maʼnaviyatiga tamoman mos keladi. Chunki uning oʻgitlarida “yozilgan narsa avlodlar xotirasida qoladigan ishlardan ham uzoqroq yashaydi”, degan hikmatli satrlar mavjud .
Amir Temur zamonasida ulamo va mudarrislarga katta moddiy yordam koʻrsatilib ilgarigidan ham ortiqroq maosh va ish haqi olib mudarrislik qilar edilar. Ular esa davlat va uning boshligʻi tomonidan olimu ulamolarga qilgan salohiyatni moddiy va maʼnaviy yordami tufayli oʻsha davrlarda yaratilgan ilm-fan natijalari hozirgi kunda, kelajakda ham oʻz qiymatini yoʻqotmaydi. Jumladan, hozirgi kunda Samarqandda Amir Temur saroyida xizmat qilgan olimlardan biri Muhammad Ibn Umar Saʼdidin at-Taftazoniyning ilm-hisob, handasa va mantiqqa doir bir necha risolasining qadimgi qoʻlyozma nusxalari mavjud. Shulardan biri toʻgʻri chiziqlarning paralelligiga bagʻishlanadi. Shu jarayonda u burchaklarning boshqa bir qator xossalarini ham isbot qiladi. Ularning tatbigʻi sifatida ikki masalaning yechimini ham keltiradi.
Amir Temur va temuriylar davrida ijod etgan olimlarning asarlari keyingi va yilliklar davomida qayta-qayta koʻchirilgan va foydalanib kelingan. Tadqiqotlar bu asarlar ilm-fanning keyingi taraqqiyotida ham alohida oʻrin tutganliklarini koʻrsatadi.
Sohibqironning oʻzi ham fan bilan shugʻullangan, tarixni sevgan, tarix haqida kitoblar yozgan. Uning “Manzumoi Turk”, “Tuzuklari” shular jumlasidandir. Shu bilan bir qatorda Amir Temur tabobat ilmining rivojiga katta sharoit yaratib beradi va xalq meditsinasini, tabobat ilmiy markazlari, binolarini vujudga keltiradi. Temurning alohida bino tarzida shifoxona qurdirganligi haqida adabiyotlarda maʼlumot yoʻq. Biroq bizga Amir Temur davrida Samarqanddagi Ark-qalʼada dor ush-shifo, yaʼni shifoxona xizmati tashkil etilganligi maʼlum. Zamonasining ulugʻ ulamolaridan boʻlmish 13 Mir Sayid Sharif Jurjoniy (1330-1414) avval Sherozda mudarrislik qilib, 1387-yilda Amir Temurning taklifi bilan Samarqandga kelib ushbu dor ush-shifoda oʻz faoliyatini davom ettirganligi haqida maʼlumotlar mavjud. Temur “Tuzuklari”ga amal qilib kasallar uchun shifoxonalar qurgan temuriylar haqida gapiradigan boʻlsak, unda Xuroson hukmdori Sulton Shohruh Mirzoning xotini Milkat ogʻa (u oldin Umarshayh Mirzoning xotini boʻlib, 1394-yilda u oʻlgandan keyin Temur idorasiga boʻysunib, Shohruh Mirzo oladi, u kishi Xirot shahrida dor ush-shifo quradi) hamda Shohruh Mirzoning nabirasi Mirzo Alouddavlatni (u ham Xirotda shifoxona qurgan) va Husayn Boyqaroni (Xirot yaqinidagi Gerirud togʻidan chiqqan shifobaxsh issiq suvga shifoxona qurdiradi) koʻrsatib oʻtish mumkin. Xullas, Amir Temurning nafaqat diniy ilmlar, balki dunyoviy ilmlar hamda tabobat ilmini rivoj toptirishda ham xizmatlari katta boʻlgan. Temuriylar davrida ilm-maʼrifat faqat Ulugʻbek davridan boshlab rivoj topgan, deb tushunilar edi.
Yuqorida keltirilgan maʼlumotlardan ayon boʻldiki, Temur nevarasi Ulugʻbekka qadar ham oʻz saltanatida ilm-maʼrifat taraqqiyotiga alohida eʼtibor bergan va shunday xulosa qilish mumkinki, Ulugʻbek akademiyasidek ulkan ilm maskanining poydevoriga ham aslida Temurning oʻzi asos solib ketgan.