Mavzu: Chuyan turlari, tasnifi, tarkibi, xossalari, markalanishi va qoʻllanilishi


Cho‘yan ishlab chiqarish uchun hom ashyoni tayyorlash



Yüklə 168 Kb.
səhifə4/7
tarix10.12.2023
ölçüsü168 Kb.
#138822
1   2   3   4   5   6   7

Cho‘yan ishlab chiqarish uchun hom ashyoni tayyorlash


Rudani tayyorlashga quyidagi jarayonlar kiradi:

  • maydalash va saralash. Yirik rudalarni begona jinslardan saralash uchun ularni kar’yerlarni o’zidayoq turli konstruksiyali (jag’li, konusli) maydalash mashinalarida maydalab, mexanik g’alvirlarda elanib, 30 - 80 mm li bo’laklarga saralanadi;

  • yuvish. Rudalarni suv bilan yuvib qum va gillardan tozalanadi. Buning uchun maydalangan rudalar tebranuvchi elakli qurilmalarga yuklanib, tagidan suv haydaladi, shunda begona suv bilan yuqoriga ko’tarilib, tashqariga chiqib ketadi, boyigan rudalar esa qurilma tagiga yig’iladi. Keyin u yerdan olinadi;

  • magnit separatorli mashinada boyitish. Bunda maydalangan magnit temirtosh magnit separatorning uzluksiz harakatlanuvchi lentasiga yuklab turiladi. Ruda elektromagnitning ta'sir zonasiga kirganda, uning temir (Fe3O4) oksidli qismi elektromagnitga tortilib, bekorchi jinslardan tozalanadi. Boyigan temir ruda elektromagnitning ta'sir zonasidan chiqqach tashqaridagi maxsus yashikka ortila boradi;

  • mayda rudalarni yiriklashtirish. Rudalarni qazib olishda, elashda ko’plab chang holdagi chiqindilar yig’iladi. Bulardan ma'lum o’lchamli (10 - 40 mm) boyitmalar olish uchun maxsus tarkibdagi maydalangan shixta (40 - 50% temir ruda, 15 - 20% ohaktosh, 20 - 30% boyitma, 4 - 6% koks, 6 - 9% suv) aralashmasi mashina qoliplariga kiritilib, 1300 - 1500ºC haroratda qizdirilib pishiriladi. Pishirish davomida rudadagi zararli begona jinslarning bir qismi (S, As) karbonatlar parchalanishi natijasida ajralib, qisman suyuq faza xosil bo’ladi. Bu suyuq faza yordamida zarrachalar o’zaro bog’lanib, flyusli g’ovak boyitma (aglomerat) olinadi. (Ba'zi hollarda mayda rudalarga bog’lovchi material sifatida gil, smola qo’shilib, ularni pressformada presslab briketlar ham olinadi.)

Keyingi yillarda mayda temir rudalarga va boyitmalarga ma'lum miqdorda oxaktosh va koks maydalari, bir oz bentonit gil qo’shib suv bilan qorishtirilgan massa sayoz idish (granulyator) da yoki aylanuvchi barabanlarda ishlov berib,
diametri 25 - 30 mm li g’ovak sharsimon bo’lak (okatish) lar olinadi. Ularni pechda 1300 - 1400ºC haroratda qizdirib, pishirilgandan so’ng saralanadi. Okatishlar aglomeratlardan puhtaroq bo’ladi. Okatishlardan foydalanish koksni tejash imkonini beradi;
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin