Amaliy mashg’ulot -9
Mavzu: Davlat kadastrlari yagona tizimiga kiritish uchun tegishli axborot taqdim etish va
foydalanuvchilarni kadastrga doir axborot bilan taminlash
Maqsad: DKYaTga axborot taqdim etish va foydalanuvchilarga malumot berish
Topshiriq: DKYaTga axborot taqdim etish
Yer va ko'chm as mulk hisobini zamon talablariga javob beradigan darajaga yetkazish uchun
ko‘pgina texnik, iqtisodiy va tashkiliy ishlarni amalga oshirish kerak. Jismoniy shaxslar, davlat,
yer va ko‘chmas mulkka boigan egalik huquqlarini, ularga ketkazgan sarf-xarajatlarini, bankdan
olib ishlatilgan mablag'larni ishon chli ravishda muhofaza qilish uchun kadastr tizimini barpo
etish maqsadga muvofiqdir. Shu bois, barcha rivojlangan mamlakatlarda kadastr tizimiga katta
ahamiyat berilmoqda. Yer va boshqa ko'chmas mulk, ularning baholarini, yerdan
foydalanuvchilarni va shunga o'xshash mulkiy ma’lumotlar va axborotlarning hisobini, ularning
o‘zgarishlarining hisobini olib borish bozor iqtisodiyoti faoliyatini, yer resurslaridan
foydalanishni ishonchi boshqaruvni yaxshilashga olib keladi. Yuqorida keltirilgan asosiy
talablarning bajarilishini ta’minlaydigan, u yoki bu turdagi kadastrni barcha rivojlangan
mamlakatlar qo'llashadi. Yer zaxiralariga barcha yerlar va ko'chmas mulk ishg‘ol qilgan yerlar
va boshqa yerdan foydalanuvchilarning yerlari kiradi. Lekin, ularning ichida ko‘p tarqalgani —
yer uchastkasi m a’lum darajada hujjatlar asosida rasmiylashtirilgan yer, bino va inshootlar
ishg‘ol qilib turgan yer yoki ko'chmas mulk bilan band yerlar kiradi. Ko'chmas mulk bir yoki bir
necha yer uchastkalaridan tashkil topgan bo'lishi mumkin. Undan tashqari, ko'pgina
mamlakatlarda yer uchastkalarining bir qismida joylashgan bino yoki uning bir qismini ko'chmas
mulk shaklida hisobdan o'tkazish mumkin. Agar o'sha ko'chmas mulk yerostida yoki uning ustida
birinchi qa vatdan boshqa qavatda joylashgan bo'lsa, u «satxiy ko'chmas mulk» deyiladi. Asos
qilib olinadigan quyidagi eng muhim masalalarni yechish mumkin: 39 1) mulkiy huquqning
kafolati va ko‘chmas mulkka egalik qilishining ishonchli muhofazasi; 2) yer va ko'chmas mulkni
soliqqa tortish tizimiga yordam berish; 3) bankdan qarz olish kafolatini ta’minlash; 4) yer va
ko'chmas mulk bozorini rivojlantirish va nazorat qilib turish; 5) davlat yerlarini muhofaza qilish;
6) yer to‘g‘risidagi bahslarni kamaytirish; 7) yer islohini osonlashtirish; 8) shahardagi rejalash
ishlari va infratuzilmani rivojlantirish jarayonining samarasini oshirish; 9) atrof-muhitdan
foydalanishning maqbul usullarini hayotga tatbiq etishga yordam berish; 10) miqdoriy
ma’lumotlami yig‘ish. Kadastr, asosan, bayon qism va plan, xarita, chizgi yoki chizmalardan
iborat bo‘ladi. Ko'pgina mamlakatlarda dalada bajariladigan o'lchov ishlarini xususiy geodeziya
kompaniyalari va davlat korxonalari bajaradi. Xarita va planlarning aniqligi har xil
mamlakatlarda har xil boMadi. 0 ‘lchash ishlari ba’zi mamlakatlarda katta aniqlikda bajarilsa,
boshqasida aniqlik ancha past, chamasi, har bir holatda ham o‘lchash ishlarining aniqligini
nazariy va amaliy jihatdan asoslash kerak. Kadastr ishlarini kompyuter yordamida bajarish
yaxshi samara bermoqda. Raqamli xaritalar tuzish ham eng samarali ma’lumotlar to‘plamidir.
Lekin bunday xarita tuzish ancha ko‘p mablag1 talab qiladi. Kadastrni eng zamonaviy usullarda
tuzish, uni avtomatlashtirish murakkab va juda ko‘p mehnatni, eng muhimi katta mablag‘ni
talab qilishini unutmasalik kerak. Shunga qaramasdan, agar kadastr tizimi tashkil qilinadigan
boisa, u zamonaviy talablarga javob beradigan qilib tuzilishi zarur. Buning uchun bu borada
ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish kerakligini unutmaslik kerak. Kadastr tizimini bosqichma-
bosqich bajargan ma’qul. Awalo, iste’molchilarga eng zarur bo'lgan ma’lumotlarni yig‘ish, qayta
40 ishiash, saqlash va tarqatish masalalarini yechish kerak. Ana shun day dolzarb
muammolardan biri — chegara masalasi. Uning nuqtalarini joyda aniqlash va belgilash muhim
ishdir. Yer zaxiralaridan foydalanishda o‘ta aniq geodezik ishlar bajarilmasa ham bo‘ladi. Uncha
qimmat boMmagan tasvirlov va xarita tuzish usullaridan foydalanish kerak. Tasvirlov ishlariga
xususiy geodezik korxonalarning jalb qilishni asoslash zarur. Ko'pgina mamlakatlarda tasvirlov,
xarita lashtirish ishlari maxsus ruxsatnomalari bor xususiy korxonalarga beriladi. Hatto, bir
qator kadastr m a’lumotlaridan foydalanish ishlarini ham xususiy korxonalar bajaradi. Lekin
kadastr tizimi Davlat idoralariga qaraydi. Yer resurslaridan foydalanishni boshqaruvning yangi
tizimini amalda tatbiq qilish uchun quyidagi tartibga amal qilinsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi: 1)
iste’molchilarning talabalarini aniqlash; 2) yangi idoraviy boshqaruvni tashkil etish; 3) yangi
qonunlarni ishlab chiqish; 4) amaldagi yer huquqlari va mulkiy huquqlarni aniqlash; 5)
chegaralarni belgilash va yangi yer uchastkalarining tasvirini chizish; 6) yangi hisobiy usullarni
yaratish, saqlash tartibi, yer m a’lumotlarining izlash usullarini yaratish; 7) moliyaviy
boshqaruvning yangi tizimini tuzish; 8) amaldagi kadastr tizimining faoliyati haqida keng jam
oat chilikni ommaviy axborot vositalari orqali xabardor qilib turadi. So'nggi vaqtlarda 0
‘zbekistonda ham Davlat geodezik tarmog‘i Yer sun’iy yo‘ldoshi tizimi bo‘yicha barpo etilmoqda.
Bu tizimni ba’zi adabiyotlarda dunyo miqyosiga kiruvchi mahalliy tizim ham deb yuritiladi. Yer
sun’iy yo‘ldoshi tizimi bo‘yicha o‘ta aniq o'lchashlar olib borilmoqda. Yerdagi punktning
koordinatalari yer sun’iy yo‘ldoshini kuzatish orqali aniqlanadi. O ichash aniqligi bir necha
millimetrgacha boMishi mumkin. Basharti, Yer sun’iy yoidoshi tizimini qo‘llab, avval barpo
etilgan geodezik tarm oqning punktlari asosida yangi Davlat geodezik tarmog‘i yaratilsa, undan
olinadigan aniqlik me’yoriy talabalardan past bo'ladi. Dunyo miqyosiga kiruvchi mahalliy tizimga
muqobil Glonass tizimi ham mavjud. Ikki tizimning ham ishlash tamoyillari deyarli bir xil.
Awalambor, mavjud geodezik tarmoq punktlarining koordina talarini aniqlab, ularni
tenglashtirib, tahlil qilib ko‘rish kerak. So'ngra, o‘sha punktlardan iborat tizimni yangi Yer sun’iy
yo‘l46 doshi texnologiyasi asosida kuzatib yana alohida tenglashtirish ishlarini olib borish
zarur. Ikkala variant natijalari solishtirilib ko'rilganda ba’zi nuqtalarning koordinatalaridagi farq,
bir necha detsimetr yoki metrni tashkil qilishi mumkin. Undan keyin esa, mavjud geodezik
tarmoq punktlari va kadastrga zarur, deb loyihalangan punktlarni Yer sun’iy yo'ldoshi
texnologiyasi bo'yicha kuzatib, boshqatdan tenglashtirish maqsadga muvofiqdir. Bu muhim ish
bo‘lib, unga ketadigan sarf-xarajatlarni va olinadigan foydani asosli hisob-kitob qilishni taqozo
etadi. Xalqaro talablarga muvofiq, yangi texnologiyadan samarali foydalanish maqsadida,
ayniqsa, yangi zamonaviy asbob-usku nalarini yetarlicha ishlatish, ilmiy-tekshiruvni
chuqurlashtirish uchun oMchash aniqligining hech boim aganda ±10 mm atrofida bo'lishini
ta’minlash kerak. Undan tashqari, ancha murakkab algoritmlarni qo'llagan holda, past aniqlikda
bajarilgan geodezik oMchashlarni ham har tomonlama tahlil qilib, undan foydalanish yo‘llarini
ham o‘ylab ko‘rish zarur. Zero, ko‘pgina mamlakatlarda ushbu usul yaxshi samara barayotganini
hisobga olmoq kerak. Dunyo miqyosidagi koordinatalar tizimi har bir punkt koordi natalarini
tezgina hisoblab berishi kerak. Lekin geodeziya sohasida ishlaydigan ko‘pgina mutaxassislaming
fikricha mavjud geodezik tarmoqlarning punktlaridan ham butunlay voz kechish shart emas.
Zero, shu paytgacha sohada ishlaydigan mutaxassislaming ko‘pchiligi dala sharoitida barpo
etilgan geodezik tarmoq punkt lariga ozmi-ko‘pmi o ‘rganib qolishgan. Undan tashqari, yangi
texnologiyani u yoki bu sabablarga binoan tatbiq etib bo‘lmagan holatda eski tarm oq
punktlarini asos qilib olib ham kadastr tasvirlovini bajarsa bo‘ladi. QMT yigirma bir asosiy va uch
yordamchi Yerning sun’iy yo‘ldoshlaridan iborat. Yo‘ldoshlar Yer atrofida oltita orbita bo‘yicha
uchadi. Har bir orbita tekisligida to'rttadan yo‘ldosh bor. Yoidoshlardan tarqaladigan signallar
yerdagi tezkor qabul qurul malari orqali qabul qilinadi. Ularning joylanish tartibi maxsus hisobiy
holatlardan topiladi. Yo'ldosh orbitalarini nazorat qilib turish maqsadida beshta Yer nazorat
stansiyalari mavjud. Stansiyalar yo‘ldoshlardan kelayotgan 47 signallarni o‘zgartarib yuborishi
yoki kodlarini buzib ko‘rsatishi ham mumkin. Amerika Qo‘shma Shtatlarida, Germaniyada,
Shvetsiyada signallarni qabul qiluvchi qurilmalar priyomniklar ishlab chi qariladi. Ular har xil
bo‘lib, turli ishlar uchun mo‘ljallangan. Soddalashtirilgan turlari kema qatnovida, aniqroq
ishlaydigani samolyotlarning ko‘tarilishi, uchuvi va qo‘nishida, o‘ta aniq ishlaydigani geodezik
punktlarni o‘rnatishda qo‘llaniladi. Tabiiy, murakkabligiga qarab bahosi ham har xil boiadi. Bir
qabul qurilmasi bilan ishlaganga qaraganda, bir paytda ikki qurilma bilan ishlaganda aniq natija
olinadi. Rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda kadastr tuzish uchun qo‘llanilayotgan
geodezik tarmoqni barpo etish tajribalarini o‘rganish va tahlil qilish natijasi shuni ko‘rsatdiki,
shahar geodezik tarmoqni yaratishga o‘ta katta ahamiyat berish kerak ekan. Shahar geodezik
tarmog'i o‘z navbatida asosiy va toidiruvchi tarmoqdan iboratdir. Tarmoqni barpo etishda,
quyidagi talablar qo'yiladi: — geodezik punktlarning o‘zaro joylanishi holatining aniqligi; —
Davlat geodezik tarmog‘i bilan, qolaversa uning boshlang'ich punkti bilan bog‘liqlik aniqligi; —
tarmoq punktlarining zichligi; — oichangan miqdorlarga doir tuzatmalami kamaytirish. Yevropa
mamlakatlarida belgilangan mezonlar bo'yicha shahar yer kadastrini tuzish uchun punktlarning
zichligi; — o'lchangan miqdorlarga doir tuzatmalami kamaytirish. Yevropa mamlakatlarida
belgilangan mezonlar bo‘yicha shahar yer kadastrini tuzish uchun punktlarning o ‘zaro
aniqlanish nuqsoni 1—2 sm boiishi kerak. Takidlash kerakki, bu me’yor tarmog'ining asosiy va
to‘ldiruvchi punktlari uchun ham taalluqlidir. Ko‘pgina mamlakatlarda geodezik tarmoq barpo
etilayotganda undan nafaqat kadastr tuzish, balki yer qobig'ining hozirgi hara katini ham o
‘rganish maqsadlarida foydalaniladi. Shu bois, punktlarning o‘zaro joylanish holati 5 mm deb
qabul qilingan. Hozirda barcha yirik shaharlarda mahalliy geodezik tarmoq barpo etilmoqda.
Punktlarning koordinatalarni aniqlash nuqsonini kamaytirish uchun o ‘q meridian shahar
hududining o'rtasidan o'tadigan qilib olinmoqda. Shu bois, hatto Moskva kabi yirik shahar
hududida ham punkt holati Gauss-Kryuger proyeksiyasida 1:35000 nisbatni tashkil etmoqda.
Uni esa hisobga olmasa ham bo‘ladi. 49 Shunga qaramasdan shahar geodeziya tarmog‘i davlat
geodezik tarmog‘iga bog‘lanishi zarur. Moskva geodezik tarmog‘i Rossiya geodeziya
tarmog‘ining bir qismi bo'lgani uchun davlat geodezik tarmog‘i bilan bir necha marta qayta
tenglashtirilgan. Lekin, shahar geodezik tarmog‘i bilan davlat geodezik tarmog‘i orasidagi
bog‘liqlik nuqsonini aniqlash muammo bo‘lib qolmoqda. Shahar geodezik tarmoq punktlarining
koordinatalari Davlat geodezik tarmoqlarining punktlari asosida aniqlaganda 30 sm gacha,
tuzatmalar esa 20 sm gacha miqdorni tashkil etmoqda. Lekin shaharda «Metrogiprotrans»
barpo etgan chiziqli-bur chakli geodezik tarmoq, bir necha geodezik tashkilotlar, chunonchi,
Moskva aerogeodezik korxonasi, Moskva geodeziya universiteti, Rossiya ilmiy-tadqiqot markazi
tomonidan barpo etilgan qamrovli m ahalliy tizim asosida shahar geodezik tarm og‘ini qayta
tenglashtirish ishlari bajarilsa bo‘lgani. Shahar geodezik tarmog‘ini davlat geodezik tizimiga
kiruchi viloyat geodezik tarmog'iga amaliy bog‘lash kerak. Punktlarning o ‘zaro bog‘lanish
nuqsoni 2 sm yoki o‘rtacha 5—6 km masofaga 1:250000—1:300000 nisbatda bo'lishini
ta’minlash zarur. Bu ishni bajarish Moskva aerogeodezik korxonasi zimmasiga topshirilgan.
1997-yili «Rossiya davlat geodezik tarmog‘ini barpo etish Nizomi» qabul qilindi. Unga binoan,
geodezik koordinatalarning davlat tizimi (SK-95) tuzildi, Rossiya Federatsiyasining Davlat
geodezik tarmog‘ining tuzulmasi va uni rivojlantirishning asosiy tamoyillari ko‘rsatilgan. N izom
da Davlat geodezik tarm og‘i Zamin aerogeodezik tarmog‘dan (ZAT), o‘ta aniq geodezik
tarmoqdan, Yerning sun’iy Yo'ldoshi tizimidagi 1-darajali tarmoqdan, Astronomik Geodezik
tarmog‘i (AGT)dan va Geodezik to‘ldiruvchi tarmoq(GTT)dan iborat. U nda barpo etiladigan
tarmoqning tavsifi, m e’yoriy aniqliklar keltirilgan. Barcha ishlarni bajarishda Yerning sun’iy
yoidoshi tizimidan foydalanish nazarda tutilgan. Ba’zi holatlardagina, an’anaviy geodezik
usullar qoilanishi mumkinligi ta’kidlangan. Davlat geodezik tarmog‘i punktlarining
koordinatalari ikki tizimda, chunonchi, umumyer va referens tizimida aniqlanishi zarurligi
ko‘rsatilgan.
Shu darajaga borib yetdiki, 0 ‘zbekiston Respublikasi hududidagi o ‘rtacha 60—65 kv.km
maydonga Davlat geodezik tarmog‘ining bir punkti to‘g‘ri keladigan bo‘lib qoldi. Natijada yirik
nisbatli tasvirlovlar, kadastr ishlari, muhandislik-geodezik ishlarni talab darajasida bajarib
boMmasdi. O‘zbekistonda koordinatalari 1942-yil koordinatalar tizimiga mansub Davlat
geodezik tarmog‘dan foydalaniladi. 1-darajali astronomik-geodezik tarmoqning
soddalashtirilgan matematik tenglashtirish natijasi shuni ko‘rsatdiki, tarmoq chetlaridagi
punktlarning koordinatalarini boshlang‘ich punkt koordinatalariga nisbatan aniqlashda 5—10
metr xatolikka yo‘l qo‘yilar ekan. Hozirda amalda qoilanilayotgan kataloglarda shu tarmoqning
punktlarining koordinatalaridan foydalanilmoqda. Yuqorida keltirilgan dalillardan ko‘rinib
turibdiki, ushbu holat amaliy ishlarni bajarishda o‘zaro mos kelmaslikka, ayniqsa yirik nisbatda
bajariladigan tasvirlov ishlarida va muhandislik geodeziya masalalarini yechishda bir qator
qiyinchiliklarga olib kelmoqda. Ushbu kamchiliklardan forig‘ bo‘lish uchun Astronomikgeodezik
tizim punktlari koordinatalariga o‘tish maqsadga muvofiqdir. Hozirda Yer sun’iy yo'ldoshi
tizimiga o'tish zarur. Tizim har bir punkt koordinatalarini alohida-alohida aniqlashni ta’minlaydi.
Yerning sun’iy yo‘ldoshi tizimi punktlari bir-biridan o'zaro ko‘rinmasa-da, ular orasidagi
orttirmalarni masofaga nisbatan 1 • 106 daraja aniqlikda aniqlanishini ta’minlaydi. Basharti,
Yerning sun’iy yo'ldoshining orbitasi yanada aniqroq topilsa, yo‘ldoshni kuzatishni bir kecha-yu
kunduz davom ettirilsa, oichash aniqligi o‘n karra ortishi mumkin. Punktlar orasidagi masofa 50
km gacha bo‘lsa, m utlaq nuqsonni 1—2 sm gacha olib kelish mumkin. Undan tashqari, tizim
bo‘yicha punktlarning balandlik belgilarini ko‘p mehnat sarf qilmasdan, tezkor usulda, an’anaviy
geodezik usullarga nisbatan ancha tez fursatda aniqlasa bo‘ladi. 52 Shunga qaramasdan, yangi
Yerning sun’iy yo‘ldoshi tizimini mamlakat hududida hoziroq qo'llab boimaydi. Uni barpo
etishga ancha mablag' va fursat kerak. Shu bois, tizimni barpo etishni davom ettirgan holda,
unga mavjud Geodezik tarmoq punktlarini bogiab, vaqtincha foydalanib tursa bo‘ladi. Hisob-
kitob shuni ko‘rsatdiki, bunday holda, 1000 kv. km ga 1 punkt to‘g‘ri kelsa kifoya. Masalan,
«Stenli» planimetrida odatdagi hisoblash g'ildirakchasi o‘rniga yorug‘lik o‘tqazmaydigan plastina
ishlatilib, unga mayda teshikchalar yasalgan. Planimetr tirsagining uchi maydon konturi
chiziqlari ustidan surilganida planimetrning hisoblash g‘ildirakchasi u yoki bu tomonga aylanadi.
Uning teshikchalari o ‘tgan nurlar maxsus yorug‘lik sezuvchi ekranga tushib-tushmav, ishchi
teshik chalar soni aniqlanib, hisoblash blokiga tegishli ma’lumot beriladi. Blok, tirsak uchi
konturni aylanib chiqqanda qancha birlik hisoblangan bo‘lsa, uni planimetr sanog‘ining bo'lagi
qiymatiga ko‘paytirib maydonni aniqlaydi va kontur raqami, uning maydoni bilan birga tabloga
chiqaradi. O'lchash natijalarini qog‘ozga yozib ham beradi. Shuni alohida qayd qilish kerakki,
planimetrning hisoblash bloki maydon oichashdan tashqari boshqa maqsadlarda ham alohida o
‘zi, maydon o ‘lchash mexanizmidan ajralgan holda ishlatilishi mumkin. Boshqa bir planim etr (X-
PLAN360d, Yaponiya) maydon o'lchash jarayonini qisman bajaradi. Planimetr, asosan, kontur
aylanasi va chiziqlarning uzunligini, har xil chiziqlar uzunligining yig‘indisini mm, sm, km, akro,
gektar, dyuym, fut, yard, mil va foydalanuvchining xohishiga qarab boshqa birliklarda hisoblab
berishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |