Reja: Umumiy ma’lumotlar



Yüklə 43 Kb.
tarix26.11.2023
ölçüsü43 Kb.
#136286
7-mavzu o


Mavzu: Yuza o’lchash.
Reja:
1.Umumiy ma’lumotlar.
2. Joyda o‘lchanadigan kattaliklar.
3. Geodeziyada qo‘llanadigan o’lchov birliklari.

Geodezik ishlar o’lchashlardan iborat bo`lib, bevosita va bilvosita o’lchashlarga bo’linadi. Bevosita o’lchashda o’lchov birligi hisoblanuvchi asbob o’lchanayotgan obyektga taqqoslanadi, Masalan: joyida masofani po’lat lenta bilan, burchakni teodolit bilan o’lchash, qog’ozda esa masofani chizg’ich bilan, burchakni transporter bilan o’lchash bevosita o’lchash bo’lib hisoblanadi. Bilvosita o’lchashda obyekt bevosita o’lchanmasdan, uning kattaligi boshqa o’lchash natijalaridan foydalanib aniqlanadi. Masalan: borib bo’lmaydigan masofani aniqlash uchun uchburchakning bir tomoni va ikkita gorizontal burchaklari o’lchanadi.So’ngra masofa bilvosita o’lchash natijalaridan foydalanib sinuslar teoremasiga muvofiq hisoblab chiqariladi. Geodezik ishlar yer yuzasining karta, plan va profillarini tuzishda hamda injenerlik inshootlarini barpo qilishda va ulardan foydalanishda bajariladigan ishlarga va katta maydonlardagi geodezik ishlarga bo‘Iinadi. Geodezik ishlar joyda bajariladigan dala ishlar va xonada o'lirib bajariladigan kameral ishlar turiga bo‘linadi. Dala i'liluiining asosiy tarkibiga o ‘lchashlar kiradi. Kameral ishlar — hisoblash va chizma tuzish ishlari bo’ladi. Barcha geodezik ishlar kcmkli geodezik ma’lumotlami olishga (o‘lchash yoki hisoblashga) bag’ishlanadi.


2. Joyda 0‘lchanadigan kattaliklar. O'lchash deb s’yomka ishlarini baiarishda va maxsus injenerlik masalalarmi yechishda joyda kerakli bo:lgan kdllaliklami aniqlash jaroyoniga aytiladi. Odatdagi o’lchash uchun kuzatishlarda geodezik tekisliklar orqali beshta kattaliklar qiymati aniqlanadi: gorizontal burchaklar, gorizontal masofalar, yo'nalish(zenit)dan og'ish- vertikal burchaklari, vertikal masofalar, qiyalik masofalari. Shakldagi AOB va ECD gorizontal tekisliklar, OACE va ABDC vertikal tekisliklar bo’lib,
• AOB gorizontal burchagi gorizontal tekislikdagi OA va OB masofalari oraligida o‘lchanadi;
• AOS vertikal burchagi vertikal tekislikda oichanadi;
• E O C tik (zenit) burchak ham vertikal tekislikda oichanadi;
• A C va BD vertikal chiziqlar shovun chizigi yo‘nalishida oichanadi;
• O C qiyalik masofalari qiya tekislikda aniqlanadi.
Ushbu asosiy kattaliklarni kuzatish orqali joydagi istalgan nuqtalarni o ‘zaro joylashish holatini hisoblab topish mumkin. Bu kattaliklarni kuzatish-hisoblash metodikasi va asboblari bilan kelgusi boblarda to‘xtalamiz.
3.Geodeziyada qo‘llanadigan o’lchov birliklari. Mamlakatimizdagi chiziqli o’lchashlar asosan metrik oichov tizimida bajariladi. Bunda oichov birligi metr boiadi. 1 metr (m) li uzunlikda 10 detsimetr (dts), 100 santimetr (sm) yoki 1000 milimetr (mm) joylashadi. Millimetrni mingdan bir qism mikrometr (mkm) ga teng. Joydagi masofa uzunligi uzunligi ko‘p xollarda kilometr (km)larda ifodalanadi: 1000 metr 1 km ga tengdir. Balandlik (vertikal masofa) qiymatlari ham metrik o’lchov tizimida bajariladi. Yassi tekislikdagi burchaklarning o’lchov birligi gradus tizimi bo’ladi. To’liq doirani 360° dan bir qismi 1 gradus (l°)ga teng. l°da 60ta gradus minuti (60'), 1' da 60ta gradus sekundi (60") bor. Burchak qiymatlari radian o’lchov birligida ham ifodalanishi mumkin. 2пR doira uzunligi 2п radianga tengdir. radian va gradus li/imlari bo‘laklarining munosabati quyidagicha:
pa = 57.3"; p ' = 3 438'; p " = 206 265".
Bir qator davlatlarda (AQSH, Germaniya, Fransiya va boshq) burchak o‘lchashda detsimal (metrik) tizim qo‘llanadi. Bunda to‘liq doiraning 400dan bir qismi birlik sifatida olinadi.Bu o‘lchov birligi gon (avallari grad) deb nomlanadi. Gon birligi quyidagicha talqin qilinadi: 2п:400= 1 gon = 0.9 gradus

Nazorat savollari:


1.Geodezik ishlarni qanday asosiy turlari mavjud?
2.Geodezik kuzatishlarda qaysi kattaliklar qiymati aniqlanadi?
3. Qanday o’lchash usullari va turlarini bilasiz?
4. O‘lchash jarayonida qo‘pol xato bo'lmasligi uchun nima qilish kcak?
Yüklə 43 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin