А) Tushuntirish-illyustrativ(axborot-retseptiv):
tushuntirish;
illyustrativ;
axborot;
retseptiv[1]
Bu metodlarning xarakterli xususiyatlari bilimlar tayyor holda tavsiya etilishidir. Bu metodlar bilimlarni idrok qilish, tushunish, xotiraga joylashtirishga qaratilgan.
O‘quv jarayonida axborotlarning turli manbalari (so‘z, ko‘rgazmali qurollar va boshqalar) qo‘llaniladi. Bayon qilish ham indukiv, ham deduktiv yo‘l bilan olib borilishi mumkin.
Bu metodning mazmuni unga xos bo‘lgan quyidagi xususiyatlar bilan ajralib turadi:
[1] Retsept – vrach yozib beradigan dori qog‘ozi, tayyorlash usuli, usul, yo‘l, andoza.
Bilimlar o‘quvchi, talabaga tayyor holda beriladi;
O‘qituvchi turli usullar bilan bu bilimlarni o‘quvchi, talabalar tomonidan qabul qilinishini tashkil qiladi;
O‘quvchi, talabalar bilimni o‘zlashtiradilar va xotiralarida saqlab qoladilar.
Bilimlarni qabul qilish bilan cheklanish doim ham olingan bilimlardan foydalanish mahorati va ko‘nikmalarini shakllantirmaydi. Bilim olish faoliyatini faqat tayyor bilimni eslab qolishga qaratilishi ularni xatosiz, ayrim hollarda tushunmasdan ham xotirada saqlash aqliy faollikni past darajada bo‘lishiga olib keladi.
Dostları ilə paylaş: |