Bu metod o‘quvchilarni olgan bilimlarini anglash, tushunib yetishlarini, eslab qolishlarini ta’minlashga qaratilgan. Olingan bilimni mustahkamligi tez–tez takrorlash yo‘li bilan ta’minlanadi.
O‘qitishning reproduktiv metodi quyidagi jihatlari bilan ajralib turadi:
o‘quvchi, talabalar bilimlarni tushunib o‘zlashtiradilar. o‘zlash-irishning mezoni olgan bilimlarini xotirada to‘g‘ri tiklash (reproduksiya)dir;
o‘zlashtirishning mustahkamligi axborotni ko‘p marta qaytarish yo‘li bilan ta’minlanadi.
Har ikki metodning afzalligi qisqa muddatda, ko‘p kuch sarfamay katta hajmdagi axborot va bilimlarni o‘quvchi, talabalarga yetkazishni ta’minlash imkoniyatiga egaligidir. Bilimni puxta egallashga takrorlash orqali erishiladi.
O‘qitishning har ikki metodi o‘quvchi-talabalarga ta’limning tayyor mazmunini uzatishga, o‘quv dasturlari, darsliklar, fan bo‘yicha axborotni o‘zlashtirishga qaratilgan.
Mavjud kamchiliklariga qaramasdan, informatsion-retseptiv usul kam kuch sarflab, bilimlar va ko‘nikmalarning kattagina hajmini o‘zlashtirish imkonini beradi.
Inson faoliyati tabiatan reproduktiv, ijrochi yoki ijodiy bo‘lishi mumkin. Reproduktiv faoliyat ijodiy faoliyatga turtki beradi, uning boshlanishi bo‘ladi. Shuning uchun uni ta’limda qo‘llashni nazar–pisand qilmaslik, mensimaslik noto‘g‘ri. Shu bilan birga uni haddan tashqari keng qo‘llash ham to‘g‘ri emas. Eng ma’quli, ularni boshqa metodlar bilan birgalikda qo‘llashdir.