Geografik qobiqni g umumiy qonuniyatlari. Georafik qobiqning rivojlanishida va tabiat komplekislarini tabaqalanishida ham o’ziga hos qonuniyatlar mavjud. Ular Yerni umumiy geografik qonuniyatlari deb ataladi. Bular quydagilar : Bir butunlik, Modda va energiyani tabiatda aylanib yurishi, Davriy yoki ritmiylik hodisalari, Geografik zonallik va hududiylik eorafik qobiqni umumiy qonuniyatlaridur.
RITMIKLIK – Tabiatda vaqt o’tishi bilan bir hil xodisalarni takrorlanib turishiga aytiladi. Masalan: Yernig o’z o’qi va Quyosh atrofi bir marta to’liq aylanishi sutkalik, yillik yoki fasliy ritmilikka sabab bo’ladi. Natijada kun bilan tun va yil fasillarini almashinishiga sabab bo’ladi.Bularga haroratning, shamolni, yog’inlarning, suv oqimini, organizimlarni sutkalik yoki yillik o’zgarishi misoldur.
ZONALLIK _ Geografik komponentlar va tabiat komplekislarining ekvato’rdan qutublarga tomon, tog’lardan balandlik tomon qonuniy ravishda o’zgarilib borishiga aytiladi. Dunyoning har bir tabiat zonasi geografik qobiqning takrorlanmas xususiyatlarni namayon qiladi. Geografik qobiqning to’rtta strukturasida, ya’ni atmosfera , gidrosfera, litosfera va biosferalarda modda va energiya almashinuvi ikkita – gorizantal va vertikal yo’nalishda kuzatiladi. Atmosfera vaDunyo okeanidagi suvning harakatida va litosferadagi vulqonlar harakatida moddalarning ham gorizantal , ham vertikal almashinuvi bo’ladi. Geografik qobiqdagi modda va energiyani almashinuviga Yerni ichki energiyasi va Quyosh energiyasi hamda gravitatsiya kuchi ta’sir etadi.