Mavzu: Gemoglabin va uning turlari



Yüklə 0,97 Mb.
tarix15.12.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#140886
Gulsanam


2-son Davolash fakulteti
225-guruh talabasi
Oxunjonova Gulsanam
Mavzu:Gemoglabin va uning turlari.
Leykotsitlar. Tibbiyotdagi ahamiyati
Gemoglobin (gemo... va lot. globus — yer, kurra) — odam, umurtqali va baʼzi umurtqasiz hayvonlar qonida boʻladigan nafas pigmenti, murakkab oqsil. Qonga qizil tus beradi, nafas aʼzolaridan toʻqimalarga kislorod va toʻqimalardan nafas aʼzolariga karbonat angidrid olib oʻtadi. Oqsilli qism — globin va temir porfirin — gemayan iborat. Gemoglobin kislorod bilan qoʻshilib, beqaror birikma hosil qiladi. Kislorodning parsial bosimi birmuncha yuqori boʻladigan oʻpka kapillyarlarida Gemoglobin kislorodga boyiydi, toʻqima kapillyarlarida esa kislorodni hujayra va toʻqimalarga beradi. Turli organizmda gemoglobinning tuzilishi turlicha.
Sogʻlom odamning 100 g qonida 13—16% gemoglobin bor. Ayollar qonidagi gemoglobin miqdori erkaklardagidan kam boʻladi. Gemoglobin miqdori maxsus asbob — gemometr bilan aniqlanadi. Gemoglobin miqdorini aniqlash muhim diagnostik ahamiyatga ega. Qon kasalliklarining aksariyati (anemiya) gemoglobin tarkibining buzilishi bilan bogʻliq
Gemoglobin (Hb) - qizil qon tanachalari (RBC yoki eritrotsit) tarkibidagi asosiy oqsil boʻlib, kislorodni tashish funksiyasini bajaradi. Baʼzi hayvonlarda gemoglobin plazmadagi erkin oqsil sifatida harakatlanadi, RBC tarkibiga kirmaydi. Odam organizmida gemoglobin erkin holatda boʻlsa, uning 3%i kapillarlar orqali toʻqimalarga oʻtadi yoki buyrak glamerulyar aparati orqali tashqariga chiqariladi. Shu sababli, odam organizmidagi gemoglobin oʻz vazifasini bajarish uchun RBC tarkibida boʻlishi kerak
Gemoglobin turlari[tahrir manbasini tahrirlash]
Polipeptidning aminokislata tarkibiga qarab, gemoglobin zanjirining alfa, betta, gamma va delta (zeta va epsilon ham) zanjirlari farqlanadi. Voyaga yetgan odamda Gemoglobinning A turi mavjud boʻlib, u 2ta alfa va 2ta betta zanjirlardan tarkib topadi. Yuqoridan koʻrib turganimizdek, gemoglobin zanjiri oʻz tarkibida temir saqlovchi - gem prostetik guruhini ham saqlaydi. 1ta gemoglobin zanjirida 1ta temir atomi saqlansa, 1ta gemoglobin molekulasida 4ta Fe atomi saqlanadi. Xuddi shu Fe atomlari (yaʼni bir molekula gemoglobin) bir vaqtning oʻzida 4 molekula O2 ni tashishi mumkin. Katta yoshdagi odamlarda Hb eng koʻp qismini (>95%) A fraksiya – adultus Hb tashkil qiladi. <3.5% qismni esa A2 fraksiya tashkil qiladi.
Katta yoshdagi odamlarda F fraksiya – fetal Hb (homila)[2] ham uchraydi. Uning miqdori 2% dan oshmaydi. Fetal gemoglobin, asosan, homila qonida boʻlib, tugʻilish vaqtida uning miqdori 70-90% ni tashkil qiladi. F gemoglobinning O2 ni biriktirish qobilyati A ga nisbatan ancha kuchli, shu sababli homila qonida O2 ning tarangligi nisbatan past boʻlishiga qaramasdan homila toʻqimalari gipoksiyaga uchramaydi. Shuningdek, homilaning dastlabgi gemoglobini – primitive Hb[2] deyiladi va u gemopoez mezoblastik davrida uchraydi.
Leykotsitlar (qadimgi yunoncha: λευκός — oq va κύτος — hujayra), oq qon tanachalari — odam va hayvonlar qonidagi rangsiz hujayralar; qonning yadroli shaklli elementlari. Yadrosining shakli har xil, shunga koʻra, tayoqcha yadroli, segment yadroli va monotsitlarga ajrati-ladi. Leykotsitlar suyak koʻmigi, limfa tugunlari va taloqda hosil boʻladi. Donali Leykotsitlar (granulotsitlar) va donasiz Leykotsitlar (agranulotsitlar) farq qilinadi. Qonni tekshirganda Leykotsitlarning boʻyalish xususiyatiga qarab, ularni eozinofillar (kislotali boʻyoq—eozin bilan boʻyaladi), bazofillar (asosli boʻyoq — metilen koʻki bilan boʻyaladi) va neytrofillarga (neytral boʻyoqlar bilan boʻyaladi) boʻlinadi, ularning har biri maʼlum bir funksiyani bajaradi.
Leykotsitlar qon tomir oʻzanidan chiqib hujayralararo boʻshlikda oʻzicha harakat qila oladi. Ular organizmning yot jismlar kirgan joyiga yetib kelib, mikroorganizmga yaqinlashgach, soxta oyoqlar chiqarib, uni hamma tomondan oʻrab oladi va yutib yuboradi (qarang Fagotsitoz). Organizmni mikroorganizmlardan himoya qilishda qon yaratuvchi aʼzolarning roli katta, bu vaqtda ular koʻplab leykotsit ishlab chiqaradi. Fagotsitozda faqat Leykotsitlargina emas, balki organizmdagi boshqa hujayralar ham ishtirok etadi. Bunday qujayralar makrofaglar deyiladi
Leykotsitoz yuzaga kelganda oq qon hujayralari turiga koʻra subtoifalarga boʻlish mumkin. Neytrofillar koʻtarilgan leykotsitoz - neytrofiliya; limfotsitlar soni koʻtarilgan leykotsitoz - limfotsitoz; monotsitlar soni koʻtarilgan leykotsitoz - monositoz; va eozinofillar soni koʻtarilgan leykotsitoz eozinofiliyadir. Ular orasida eng koʻp uchraydigani neytrofilli leykositoz hisoblanadi. Leykotsitozning eng xavfli (ekstrimal) shakli bu oq qon hujayralari sonining 100 000 mkl dan oshishi hisoblanadi. 
Fiziologik leykotsitoz – turli aʼzo va toʻqimalar tomirlari orasida leykotsitlarning qayta taqsimlanish hisobiga amalga oshadi. Koʻpincha qon depolari: taloq, oʻpka, qizil ilikdagi leykotsitlarning u yerdan chiqib harakatdagi qonga oʻtishi kuzatiladi. Fiziologik leykotsitozning quyidagi turlari mavjud:
Yosh bilan bogʻliq leykotsitoz - goʻdaklarda leykotsitlar miqdori yuqori boʻladi. Masalan, yangi tugʻilgan chaqaloqda 10000 – 25000 / mm3 bo’lsa, u voyaga yetgani sari leykositlar miqdori fiziologik kamayib boradi.
Ovqat hazm qilish bilan bogʻliq leykotsitoz - ovqat qaʼbul qilgandan keyin yuzaga keladigan leykotsitoz hisoblanadi. Leykotsitlar biroz (1-3mingga) oshishi kuzatiladi. Ammo, fiziologik normaning yuqori chegarasidan oshmaydi. Leykotsitlar koʻp miqdorda ichak shilliq osti qatlamida yigʻiladi va himoya vazifasini bajaradi. (ovqatga va yot moddalarga nisbatan)
Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin