Mavzu: Geoaxborot texnologiyalari faniga kirish Geoaxborot tizimi ning ta’rifi



Yüklə 267,46 Kb.
səhifə2/17
tarix24.10.2023
ölçüsü267,46 Kb.
#130770
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Mavzu 1

rasm. Geoaxborot tizimining umumiy ko‘nmshi (Manba: Internet)

Geoaxborot tizimining rivojlanish tarixi
Geoaxborot tizimi tushunchasi 1960-yillar o‘rtasida Kanadada paydo bo‘lib, Kanada geografik axborot tizimi (Canadian Geographic Information System - CGIS) deb atalgan. Tizimning asosiy maqsadi Kanada yer resurslari
inventarizatsiyasini o‘tkazish va shu asosda yer resurslarining mavjud holati va kelajakdagi potensialini aniqlashdan iborat edi.
Hozirda rivojlangan davlatlarda geoaxborot tizimi ko‘plab ijtimoiy sohalar, iqtisodiyot, siyosat, ekologiya, tabiiy resurslarni boshqarish va tabiatni muhofaza qilish, kadastr, ilm-fan va boshqa sohalarda qo‘llanilib kelmoqda. Geoaxborot tizimi bizning sayyoramizga tegishli global, hududiy, milliy, lokal-axborot turlari: kartografiya, masofadan zondlash, statistika, kadastr ma’lumotlari, gidrometeorologik ma’lumotlar, dala ekspeditsiyasi materiallarini kuzatish, burg‘ulash natijalari, suv ostini zondlash va hokazolarni integrallashtirgan holda hamma jabhalarni egallab kelmoqda. Geoaxborot tizimini kengroq rivojlantirishda xalqaro assotsiatsiyalar (BMT, YeH va b.), davlat uyushmalari, vazirliklar, kartografiya, geologik va yer tuzish xizmatlari, ilmiy institutlar hamda xususiy firmalar qatnashmoqdalar.
Ko‘plab davlatlarda maxsus milliy va viloyat miqyosidagi organlar tuzilgan bo‘lib, ularning vazifalariga geoaxborot tizimi va avtomatlashtirilgan kartografiya, davlat harbiy siyosatini geoinformatikada formallashtirish, milliy rejalashtirish, huquqiy muammolarni o‘z ichiga olgan geografik axborotlarni sir saqlagan holda yig‘ish hamda tarqatish va boshqalar kiradi.
O‘zbekistonda 1991-1992-yillarda O‘zdavgeologqo‘mita fondi tomonidan Markaziy Qizilqumning 1:50000 masshtabli kartografik ma’lumotlar bazasini yaratishni o‘z ichiga olgan geoaxborot tizimi tuzilgan edi. 1996-1999-yillarda „GGP-Qiziltepageologiya” ekspeditsiyasi bilan hamkorlikda Toshkent shahri uchun 1:25000 masshtabda, Farg‘ona vodiysi uchun 1:200000 masshtabda va O‘zbekiston uchun 1:1000000 masshtabdagi raqamli kartalari geoekologik GAT loyihasi uchun; 1997-1998-yillarda esa O‘zbekistonning 1:1000000 va Toshkentning 1:25000 masshtabli raqamli kartalari tuzildi.
Hozirgi kunga kelib Toshkent shahrining 1:2000 masshtabli raqamli kartalari Markaziy Aerogeodeziya davlat unitar korxonasi (MADUK) tomonidan to‘liq tuzib bo‘lindi. MADUK va Koreya Respublikasining KOICA agentligi o‘rtasida “O‘zbekiston Respublikasida geoaxborot tizimini yaratish” loyihasi 2006-yil avgust oyida ishga tushdi. Bu loyiha doirasida Toshkent shahri va Toshkent viloyati bo‘yicha geoaxborot tizimi va ma’lumotlar bazasini tuzish kelishilgan. Albatta, geoaxborot tizimini tuzish juda katta mablag‘ va kuch talab etadi. Bunda esa imtiyozli xalqaro kreditlarning o‘rni katta. O‘zGASHKLITI da qisman Toshkent shahrining geoaxborot tizimi asosidagi raqamli kartasi tuzilgan. Hozirda Birlashgan Millatlar Tashkilotining "Rivojlanish Dasturi" loyihasi doirasida ham O‘zbekiston Respublikasida geoaxborot tizimini yaratish bo‘yicha ishlar boshlangan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 25-sentabrdagi “Milliy geografik axborot tizimini yaratish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora - tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2045-sonli qarori asosida O‘zbekiston Respublikasining barcha hududlarida joriy qilinadigan, asosiy iqtisodiyot tarmoqlari va faoliyat sohalari axborotini qamrab oladigan hamda quyidagilarni o‘z ichiga oluvchi funksional avtomatlashtirilgan kompleks axborot tizimi - Milliy geografik axborot tizimini yaratish va rivojlantirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Milliy geografik axborot tizimi (MGAT) yagona tizimga integratsiyalanadigan, vazirlik va idoralar tomonidan ularning vakolatlari va vakolatlarning tarmoqlar bo‘yicha taqsimlanishidan kelib chiqib yaratiladigan axborot resurslari kompleksini o‘zida aks ettiradi.
Geoaxborot tizimining umumiy tushunchalari
Geografik axborot tizimi yer yuzidagi obyektlar, jumladan, binolar, shaharlar, yo‘llar, daryolar, davlatlarni kompyuter orqali tasvirlashga yordam beradi. Hozirda bu tizimni insoniyat faoliyati va dunyoda bo‘layotgan o‘zgarishlar, voqea-hodisalarni tasvirlash, tahlil qilish, muammoli vaziyatlarni aniqlash va ularni tushunish uchun qo‘llab kelmoqdalar. Kartalar orqali tasvirlab berilgan tahliliy muammolar insonga har xil sonlar, diagrammalardan ko‘ra vizual ravishda samaraliroq tushunishga yordam bermoqda. Buning sababi, hozirda GAT orqali vizual ko‘rinishda biror-bir muammoni tasvirlashda juda ko‘plab usullardan foydalanilmoqda. Bu usullar jumlasiga turli ranglar, uch o‘lchamli ko‘rinishlar, vektorli tasvirlash kiradi va bu, o‘z navbatida, matnlar yoki sonlar orqali tushunish qiyin bo‘lgan jihatlarni ochib beradi. Shuning uchun ushbu tizim texnologik tizimlar turkumidan bo‘lsa-da, ijtimoiy, iqtisodiy va sog‘liqni saqlash sohalarida ham keng qo‘llanila boshladi. Hozirgi kunda geoaxborot tizimining ilmiy asoslari keng ko‘lamda o‘rganilmoqda va endilikda kartalar orqali tasvirlash geografik bilimlar sohasida isbotlangan usullardan biriga aylandi. Agar biron-bir sohaga oid muammolarni tushunishga va ularning yechimini izlashga kirishadigan bo‘lsak, endilikda darhol o‘sha muammoning raqamli kartasini ishlab chiqishimiz , muammoning ko‘lamini baholash orqali yechimlar izlashimiz va shunga yarasha qarorlar qabul qilishimiz mumkin bo‘ladi.
Geoaxborot tizimida qo ‘ llaniladigan atamalar
Ushbu o‘quv qo‘llanmada GATda qo‘llaniladigan ba’zi atamalar keltirib o‘tiladi va foydalanuvchiga tushunarli bo‘lishi uchun quyida ularning ma’nolari va qisqartmalari to‘g‘risida bir qator ma’lumotlar beramiz.
Karta (ingl. map, chart; grek. chartes - varaq ma’nosini bildiradi) yer yuzi va uning ayrim katta qismining sferik yuzasiga tushirilgan proyeksiyasining qog‘ozdagi kichraytirilgan tasviridir. Karta ma’lum kartografik proyeksiya yoki zonal tizimdagi to‘g‘ri burchakli koordinatada tuziladi.

Yüklə 267,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin