Mavzu: Guruhiy dinamik tushunchasi. Reja



Yüklə 51,21 Kb.
səhifə2/3
tarix14.12.2023
ölçüsü51,21 Kb.
#140721
1   2   3
Guruhiy dinamik tushunchasi

Guruhiy dinamika. Odatda har qanday guruh ichida shunday kuchlar mavjudki, ular jamoa faoliyati samaradorligiga ijobiy yoki salbiy ta’sir etadi. Mana shunday kuchlar yiѓindisi va uning ta’sirida guruh ichidagi muhitning o‘zgarib borishi, guruhiy dinamika deb ataladi. Guruhiy dinamikaga oid jarayonlarni eksperimental ravishda o‘rgangan psixolog Kurt Levin bo‘lib, uning fikriga ko‘ra, guruh o‘z amaliyoti davomida qator o‘zgarishlar va rivojlanish bosqichlarini boshdan kechiradi. Bu o‘zgarishlarni yuzaga keltiruvchi omillar esa guruh ichidagi turli jarayonlar va ularning mutanosib tarzdagi o‘zaro munosabatidir.
Guruhiy dinamika guruh ichida yashayotgan kuchlarning o‘zaro ta’siri deb tushunilishi mumkin. Har qanday guruhda ikki asosiy kuch mavjud:
1) shu guruh oldiga qo‘yilgan maqsad va 2) shu guruh a’zolarining ehtiyojlari. Har qanday guruhiy dinamikaning asosida mana shu ikki omil o‘rtasidagi o‘zaro munosabat yotadi.
Guruhning maqsadi, mazkur guruh a’zolari ehtiyojiga mos kelmasligi ham mumkin. Aynan shu holat guruhiy dinamikaniing manbai hisoblanadi.
Guruhiy dinamika faqat shu guruh ichidagi hodisalar bilan cheklanib qolmaydi. Guruhiy dinamikaga ta’sir ko‘rsatuvchi tashqi – ijtimoiy, iqtisodiy omillarni ham sanab o‘tish joiz. Aslida bu omillar guruhiy jarayonlarni, ya’ni muqarrar o‘zgarishlarni sekinlashtirishi yoki tezlashtirishi mumkin. Bu omillarga qarshi tura olish ma’lum ma’noda guruh a’zolariga va tabiiyki, rahbarga boѓliq. Guruhiy hodisa muqarrarligini anglash, unga ta’sir etuvchi omillarni bir-biridan farqlash, guruhiy jarayonni kerakli yo‘nalishda olib borish, ya’ni uni boshqarish imkoniyatini beradi.
Guruhiy dinamika – guruh a’zolari o‘rtasida o‘zaro idrok, his-tuyѓu va muloqot jarayonining ma’lum tartibda rivojlanishidir. Rahbarning guruhiy dinamikaga oid hodisalarni bilishi, ularni boshqarish va maqbul yo‘lga yo‘naltirish imkonini beradi. Natijada jamoa oldidagi vazifalar yanada samarali bajarilishiga qulaylik tuѓdiradi.
Quyida guruhiy dinamikani tashkil etuvchi asosiy hodisalarga to‘xtalib o‘tamiz. Bu ro‘yxatdagi birlamchi tushuncha guruh maqsadi bo‘lib, odatda har qanday jamoa faoliyati biron-bir maqsadga yo‘naladi. Taniqli olim R. Shindler guruhdagi xodimlar mavqeidan kelib chiquvchi rollarni ifodalab, ularga quyidagicha izoh berib o‘tadi:

  • Alfa – guruh yetakchisi, o‘zgalarni faollikka va maqsad sari undaydi, ularga ishonch va qat’iylik baxsh etadi.

  • Beta – guruhdagi ikkinchi shaxs – ekspert, ya’ni guruh baholovchisi, sovuqqon, mulohazali, alfaga nisbatan tadbirli, guruhga xos norma va qoidalar himoyachisi.

  • Gamma – passiv moslashuvchi, o‘zini oshkora qilmaslikka urinadi. Bunday odamlar odatda to‘rt toifaga bo‘linadi: 1) alfaga sodiq va unga hamsoya shaxs; 2) loqayd xodim, bundaylar alfa uchun qulay kimsa; 3) o‘z mavqeidan norozi, ammo bo‘ysunishga majbur; 4) o‘z fikriga ega, lekin rahbarga til tekizmasdan guruhdagi mavjud tartibni tanqid ostiga oluvchi shaxs.

  • Omega – guruh nafrati va noroziligi qaratilgan xodim.

  • R – muxolif, alfaga qarshi chiquvchi xodim

Odatda ushbu sanab o‘tilgan rollarni deyarli har bir guruhda uchratish mumkin. Agar guruh a’zolari ko‘pchilikni tashkil etmasa, ba’zida xodimning o‘zi ham bir necha rolni ijro etishi mumkin, ammo oqibatda guruhda anchagina zo‘riqish holati kuzatiladi.
Guruhning samarali faoliyati uchun zarur rollar tasnifi va ularni shakllantirish tadbirlari haqida «komandalar»ga baѓishlangan bo‘limda batafsil ma’lumot beramiz.
Guruh a’zolari o‘z rollarini qanchalik sidqidildan bajarishlari, jamoadagi ijtimoiy nazoratga ham boѓliqdir. Ijtimoiy nazoratning samarasi va mezonlari ushbu guruhda qabul qilingan normalardan kelib chiqadi.
Guruhiy dinamika ta’rifini yaratuvchi tushunchalardan yana biri - jamoadagi liderlik hodisasidir. Ayni paytda liderlik ikki ma’noda talqin etiladi. Birinchidan, guruh tuzilmasidagi liderning holati va uning guruhiy jarayonlarga ta’siri bo‘lsa, ikkinchidan, lider shaxsi, uning boshqaruv vazifalarini yechishdagi o‘rni va tashkilot maqsadiga erishishda o‘z bo‘yniga oladigan mas’uliyatdir. Birinchi ma’no ko‘proq guruhiy jarayonlarga qaratilgan bo‘lsa, ikkinchisi umumpsixologik, shaxsga oid mazmunni kasb etadi.
Jamoa vazifalarining bajarilish muvaffaqiyati ko‘p jihatdan, guruh a’zolarining o‘zaro yakdillligiga, ahillik va birdamligiga boѓliq. Ushbu shart samarali faoliyat ko‘rsatuvchi komandalarning xarakterini belgilaydi. Shu munosabat bilan rahbar jamoa a’zolarini o‘zaro ahillikka, ularda sheriklik hissini uyѓotishga intilishi lozim. Guruhiy dinamikani ta’riflovchi jihatlardan yana biri, guruhning rivojlanish bosqichlaridan kelib chiqadi.
Guruhlardagi o‘zaro munosabatlar yuqoridan pastga yoki aksincha bo‘lib,guruh a’zolarining konkret mavqelari, boshliq bilan bo‘ysunuvchilar o‘rtasidagi munosabatlarni o‘z ichiga oladi. Bu borada “lider” va “boshliq” tushunchalari o‘rtasidagi farqlar haqida gapirish lozim. B.D.Parigin bu ikki tushunchani farqlab shunday yozadi:
1) lider asosan guruhdagi shaxslararo munosabatlarni boshqarsa, rahbar – shu guruhdagi rasmiy munosabatlarni boshqaradi;
2) liderlik kichik guruhlargagina xos bo‘lgan hodisa bo‘lsa, rahbarlikning haq-huquqlari katta guruhlar doirasida ham sodir bo‘lishi, amalga oshirilishi mumkin;
3) agar liderlik stixiyali, betartib jarayon bo‘lsa, rahbarlik maqsadga qaratilgan jamiyatda ishlab chiqilgan normalar tartiblar asosida saylovlar oqibatida sodir bo‘ladigan hodisadir;
4) liderlik rahbarlikka nisbatan vaqtinchalik hodisa bo‘lib guruh a’zolaring kutishlari, ularning kayfiyatlari, faoliyat yo‘nalishiga qarab, uzoqroq muddatda yoki qiqa muddatda ro‘y beradi.
5) rahbarning liderdan farqi yana shundaki, u liderda yo‘q bo‘lgan jazolash va rag‘batlantirish tizimiga ega bo‘lib, shu asosda xodimlariga o‘z ta’sirini o‘tkazish mumkin;
6) lider guruhda u yoki bu qarorlar, ko‘rsatmalar tashabbuslarni o‘z ixtiyoricha bevosita chiqarishi mumkin, rahbarda esa bu yo‘nalishda ko‘plab ko‘rsatmalar, rejalar, normalar, buyruqlar mavjudki, rahbar ular doirasidan chiqib ketishi, o‘zboshimchalik qilishi qiyin.
7) liderning faoliyati faqat kichik guruhlar doirasida amalga oshirilsa, rahbar shu guruhdagi, kengroq ijtimoiy doiradagi, jamiyatdagi vakili bo‘lganligi uchun, uning vakolatlari ham keng, faoliyat imkoniyatlari ham ortiqdir.
Lider hech qachon yolg‘iz bo‘lmaydi, u doimo guruh a’zolari davrasida qaraladi, shu guruh a’zolarini u yoki bu harakatlarga chorlaydi. Chunki lider shu guruh a’zolarining psixologiyasi, ularning kayfiyatlari, intilishlari, qiziqishlari va hokazolarini hammadan yaxshi biladi, ularning ichida eng tashabbuskoridir. Agar sinf doirasida qaraladigan bo‘lsa, turli xil lider borligini aniqlash mumkin. Masalan, guruh a’zolari ichida eng bilag‘oni, aql o‘rgatuvchi, topqir intellektual lider, bolalar ichida hazilkash, dilgir, xushchaqchaq, ko‘ngil so‘rovchi, o‘zgalarni tushuna oladigan – emotsional lider, guruhni ish faoliyatga chorlay oladigan, dadil, qat’iyatli, irodali – irodaviy liderlar bo‘lishi mumkin. Ular ayni vaziyatlarda vaziyat talabiga ko‘ra paydo bo‘ladilar hamda bolalar ongida o‘z sifatlariga ko‘ra obro‘ qozonadilar. Lider sifatlari ichida yaxshi va yomonlar ham bo‘lishi mumkin, lekin guruh liderga erishganda, uni ibrat sifatida tanqidsiz qabul qiladi va shuning uchun ham barcha ishlariga ergashib, ko‘rsatmalariga amal qiladi. Maktabda bolalar ichida xulqi maktab normalariga to‘g‘ri kelmaydigan liderlarning borligi, ular ma’lum guruh ichida so‘zsiz obro‘ga ega ekanligi ham shu bilan tushuntiriladi. Masalan, lider “ketdik” deb ko‘rsatma bersa, unga ergashganlarning darsni ham tashlab keta olishi shu bilan tushuntiriladi. Shuning uchun ham sinf rahbari o‘z sinfidagi rasmiy liderlar bilan ishlash bilan cheklanmaydi, balki norasmiy liderlarni ham aniqlay bilishi, ular bilan hamkorlikda ishlashi zarur. To‘g‘ri, ba’zi hollarida rasmiy va norasmiy lider bir shaxs bo‘lishi mumkin. Bu juda qulay, lekin liderlik vaziyatga bog‘liq bo‘lgani uchun ham ularning o‘zgarib turishini hisobga oladigan bo‘lsak, o‘qituvchining boshqarish mahorati yoki sa’ati uning norasmiy liderlar bilan samarali ishlash usulidir.
Shunday qilib, har qanday lider obro‘ga ega. Obro‘lilik shaxsning shunday xususiyatiki, u boshqa shaxslarga ham hissiy-emotsional, ham irodaviy ta’sir ko‘rsata olish qobiliyatiga egadir. Norasmiy obro‘lilik, ya’ni shaxslararo munosabatlar mahsuli sifatida orttirilgan obro‘ samaralidir. Odamlar ko‘ngliga yo‘l topish, ularni turli vaziyatlarda tushuna olish, ishonch va shunga o‘xshashlar obro‘ orttirish me’zonlaridandir.
Xar bir shaxs o‘z faoliyatini turli guruxlar sharoitida yeki turli guruxlar ta’sirida amalga oshiradi. Chunki jamiyatdan chetda kolgan yeki insonlar guruxiga umuman kushilmaydigan individning uzi yuk, kishi jamiyatda yashar ekan, u doimo turli insonlar bilan mulokotda,uzaro ta’sirda buladi, bu mulokot jarayenlari esa doimo kishilar guruxida ruy beradi.Shuning uchun xam guruxlar muammosi, uni urganish va guruxlarni shakllanishiga oid ilmiy xulosalar chikarish insoniy psixologiyaning asosiy mavzularidan va muammolaridan biridir.
Psixologik ma’noda gurux- bu umumiy belgilar, umumiy faoliyat, mulokot xamda umumiy maksad asosida birlashgan kishilar uyushmasidir. Demak, odamlar guruxi tashkil topishi uchun albatta kandaydir umumiy maksad yeki tilaklar, umumiy belgilar bulishi shart. Masalan talabalar guruxi uchun umumiy narsalar kup (ukuv faoliyati, bilim olish, yeshlarga xos birlik, uspirin yeshlarlarga ma’lum ukuv yurtida ta’lim olish istagi va xokozo). Kuchada biror tasodif ruy berganligi uchun tuplangan kishilar uchun xam umumiy bulgan narsa borki bu kizikuvchanlik bulib, utgan xodisaga guvoxlik unga umumiy munosabatdir.
Guruxni aloxida shaxslar tashkil etadi, lekin xar bir gurux psixologiyasi uni tashkil etuvchi aloxida shaxslar psixologiyasidan fark kiladi va uziga xos konuniyatlarga buysunadi. Aynan shu konuniyatlarni bilish esa turli tipli guruxlarni tashkil etuvchilarni tarbiyalashning asosiy mezonidir
Guruxlarning turlari kup, shuning uchun xam ularni turli olimlar turlicha klassifikatsiya kiladilar. Bizning nazarimizda, T.M.Andreyevaning «Ijtimoiy psixologiya» darsligida klassifikatsiya guruxlarning asosiy turlarini uz ichiga kamrab olgan. Ular xar kanday kishilar guruxini avvalo, shartli va real guruxlarga buladi. Real guruxlar anik tadkikot maksadlarida tuplangan laboratoriya tipidagi xamda tabiiy guruxlarga bulinadi. Konkret faoliyat va odamlarning tabiiy extiyejlari asosida tashkil buladigan bunday tabiiy guruxlarning uzi kishilarning soniga karab katta, kichik guruxlarga bulinadi. Katta guruxlar uni tashkil etuvchilarning maksadlari, fazoviy joylashishlari, psixologik xususiyatlariga karab uyushgan va uyushmagan turlarga, kichiklari esa uz navbatida endi shakllanayetgan, diffuz xamda tarakkiyetning yuksak pogonasiga kutarila olgan jamoa turlariga bulinadi. Guruxlarning ijtimoiy psixologiya uchun ayniksa muxim xisoblangan turlariga ta’rif berish va ularning psixologik konuniyatlarini urganishni maksad kilib kuygan xolda bevosita katta guruxlarningijtimoiy psixologik konuniyatlarini urganishga utamiz.
Katta guruxlar psixologiyasiga xos xususiyatlar va ularning ilmiy tadkik kilish prinsiplari. Katta guruxlar kishilarning shunday birlashmasiki, ulardagi odamlar soni avvalo kupchilikni tashkil etib, sinfiy, ilmiy, irkiy, professional belgilar, ularning shu guruxga mansubligini ta’minlaydi. Katta guruxlarni tashkil etuvchilar kupsonli bulganligi va ular xulk-atvorini belgilovchi mexanizmlarni uziga xosligi tufayli bulsa kerak ijtimoiy psixologiyada olimlar kupincha kichik guruxlarda ish olib borishni afzal kuradi. Lekin katta kishilar uyushmasining psixologiyasini bilish juda katta tarbiyaviy va siyesiy mavkuraviy axamiyatga ega. Bu soxadagi tadkikotlarning kamligi bir tomondan, aytib utilganidek, kupchilikni kamrab olishda kiyinchiliklar bulsa, ikkinchidan tomondan katta guruxlar psixologiyasini urganishga karatilgan metodik ishlar zaxirasining kamligidir. Masalan: Ishchilar yeki ziyelilar sinfi psixologiyasini urganish kerak, deylik. Avvalo usha ishchilarning soni kup, kolaversa ishchilarning uzi turli ishlab chikarish sharoitlarida yashayetgan turli millatga mansub kishilardir, ularning barchasini kamrab oladigan yagona ishonchli metodikani topish masalasi tadkikotchi oldida juda katta muammolarni kuyadi. Shuning uchun xam xar bir katta guruxga taalukli bulgan asosiy, yetakchi sifatni topish va shu asosda uning psixologiyasini urganish xozirgacha ijtimoiy psixologiyadagi asosiy metodologik yullanma bulib kelmokda. Kolaversa katta guruxlar jamiyatning tarixiy tarakkiyoti mobaynida shakllangan guruxlar bulgani uchun xam xar kanday guruxni urganishdan oldin, xox bu sinflar bulsin, xox millatlar yoki xalklar psixologiyasi bulsin, ular xayot tarzi, unga xos bulgan odatlar, u yoki bu guruxga taalukli bulgan kishilar amalga oshiriladigan mulokot tiplari, uzaro munosabatlarda ustun bulgan psixologik omillar, kizikishlar, kadriyatlar, extiyojlar va boshkalar nazarda tutiladi.
Ana shularning umumiyligi tufayli xar bir shaxsda, ya’ni u yoki bu katta guruxga mansub bulgan shaxsda tipik xislatlar shakllanadi. Masalan: 90-yillar yeshlariga xos bulgan tipik sifatlar ana shu yoshlar urtasida keng tarkalgan urf-odatlar, moda, suzlashish xususiyatlari, kadriyatlar, kizikishlar va boshkalar tufayli shakllanadi. Shuning uchun xam 20 yoshli kishining psixologiyasini tulik ravishda urganish uchun undagi bilish jarayenlarining uziga xosligi, shaxsi, xarakteri va boshka individual psixologik xususiyatlaridan tashkari yana unga uxshash yeshlarda ustun bulgan psixologik xislatlarning kanchalik namoyen bulishini, u mansub bulgan va asosan vaktini utkazadigan guruxlar psixologiyasini milliy sifatlargina xam nazarda tutish va ularni urganish zarur. Bu degani xar bir shaxs ongida uning aloxida orttirgan shaxsiy tajribasiga alokador psixologik tizimlardan tashkari uning kaysi millat, elat, sinfga mansubligidan singdirilgan psixik tizimlar xam mavjuddir va uni ilmiy tadkikotchi inkor etmasligi kerak.
Ijtimoiy psixologiyada katta guruxlar ichida etnik guruxlar psixologiyasi ya’ni etnopsixologiya buyicha kuprok tadkikotlar utkazildi. Ayniksa xozirgi davrda xar bir jumxuriyatlar aloxida, mustakil davlat mavkeini olgan, lekin boshka tomondan karaganda xamdustlik mamlakatlari ittifoki sharoitida millatlar urtasida muttasil alokalar mavjudligidan kelib chikib, ilmiy psixologiya masalalari kun tartibida avvalgidan xam muxim masala sifatida kuyilmokda. Shuning uchun xam katta guruxlar ichida milliy guruxlarga kuprok e’tibor berish lozim deb topdik, bunday e’tiborning yana bir boisi – Uzbekistonda bu soxada ayrim tadkikotlarni utkazilganligi, lekin ular kup xolatlarda milliy psixologiya doirasida olib chikilmaganligidadir.
Milliy psixologiya nima va uni kanday kilib urganish mumkin? Bu xozirda, ya’ni mustakil Uzbekiston sharoitida kupgina tadkikotchilarni kiziktirayotgan masalasidir. Chunki davr etnopsixologiyadan shunday empirik ma’lumotlar kutmokdaki, u fakatgina milliy ongga taalukli bulgan xozirgi va utmishdagi xolatni emas, balki millatning ertangi kunini, uning ongi kaysi tomonga uzgarishini, millatlararo sodir buladigan jarayonlarni bashorat kilmogi lozim. Buning uchun unga kuchli etnopsixologik nazariya va ishonchli metodlar kerak, Uzbekiston olimlari oxirgi paytlarda masalaning xuddi ana shu tomoniga katta e’tibor bermokdalar. Chunki sobik Ittifok sharoitining uzi ana shunday kuchli nazariyaning bulishi uchun anchagina tuganok bulgan, empirik tadkikotlar esa, avval ta’kidlanganidek tor guruxlar doirasidan, avvalo oilalar doirasidan chikmagan edi.
Etnopsixologiya – bu psixologiyaning shunday tarmogiki, u ayrim millatlar psixologiyasidan tashkari turli xalklar psixologiyasini, kichik milliy guruxlarini xam urganadi. Ma’lumki bu boradagi birinchi milliy tadkikotlarni V.Vundt boshlab bergan edi. Uning tadkikotlaridan «xalk» tushunchasi aslida etnik uyushma ma’nosida tushuntirilgan edi. Uning fikricha etnik guruxlar psixologiyasini urganish uchun ularning tilini odatlarini va ana shu xalklarda keng tarkalgan afsonalar va boshka ong tizimlarini urganish kerak. Shunisi dikkatga sazovorki, Vundtdan keyingi davrda utkazilgan muxim tadkikotlardan biri bizning ulkamizda utkazilgan bulib, uni psixolog A. R. Luriya amalga oshirgan edi. Bu eksperimental tadkikot bulib, uni utkazishdan asosiy maksad L. S. Vigatskiyning madaniy- tarixiy yondashuv goyasini tekshirish edi. Luriya bochiligidagi olimlar guruxi revolyutsiya galaba kozongan Uzbekiston sharoitida turmush tarzining uzgarishi bilan uzbek xalki psixologiyasining xam uzgarganligini isbot kildilar. Asosiy maksad – bilim jarayonining uzgarganligini isbot kilish bulsa xam tadkikotchilar uz-uzini anglash va uz xulk-atvorini analiz kilish borasida xam uyda utiradigan ayollar, endigina savod olish maksadida savodxonlik kurslarida ukiyotgan ayollar xamda pedogogika bilim yurtlarida ta’lim olayetgan kizlar urtasida fark bor-yukligini tekshirishdi.
Tadkikot asosan uz-uzini analiz kilish metodi yordamida utkazilgan bulib ayollarga turli savollar orkali uz shaxsiga xos xususiyatlarini, uzidagi yetakchi sifatlarini aniklash va ba’zi psixologik xolatlarga baxo berish topshirigi berildi. Lekin javoblarning sifati tulikligi ayollarning bilim saviyasiga va ijtimoiy alokalar tizimida tutgan urniga boglik bulib chikdi. Uyda utirgan ayollar kup xollarda kuyilgan savolni xam anglamasligi ma’lum buldi. Luriya shu narsaga ikror buldiki, uzbeklardagi ong asosan boshka odamlar fikriga boglik ekanligi, tobelik psixologiyasi kuchliligini anikladi. Masalan: ayollarga uzidagi yomon sifatlarni aytish topshirigi berilganda, ular yomon kushnilarni kursatishar va umuman uz-uzini baxolashdan kura boshkalarni baxolash ularga sifat xarakteristikalari berish ancha oson tuyulardi.
Yukorida ta’kidlaganimizdek A. R. Luriyaning asosiy maksadi milliy psixologik xususiyatlarni urganishda tarixiy prinsipga tayanish lozimligini isbotlash, xamda milliy psixologiyani xayot tarziga, shaxsni jamiyatda kishilar munosabatlari tizimida tutgan urniga bevosita boglikligini isbot kilish edi. Lekin tadkikotning axamiyati shunda ediki, unda birinchi marta milliy psixologiyani urganishga yordam beruvchi metodlar va metodik prinsiplar sinab kurilgandi. Tugri bu tadkikotda tuplangan ma’lumotlar va ilmiy xulosalar bilan bugungi kunda kelishib bulmaydi, kolaversa, bu konsepsiyaning uzi necha bor kayta ishlovni talab kildi, lekin milliy psixologiya buyicha utkazilgan kross – tadkikot sifatida uning axamiyati kattadir. Kullangan piktogramma – «suz portretlari»ni, uz-uzini analiz kilish metodlarini xozirgi zamonaviy tadkikotlarda xam fakat yangicha metodologik prinsiplarda kullash mumkin.
Oxirgi yillarda chet el va sobik Ittifok olimlarining tadkikotlarini umumlashtirib, etnopsixologik ishlarga yagona ilmiy yondashuvni topish xarakatlari sezilmokda. Bu soxada mashxur rus etnogrofi va psixologi Y. Bromley olib borgan ishlar, uning laboratoriyasida tuplangan ma’lumotlar misol bulishi mumkin. Y.V.Bromley etnik guruxlar psixologiyasida ikki tomonni fark kiladi. A) psixik asos-etnik xarakter, temperament, milliy an’analar va odatlardan iborat barkaror kismi:
B) xissiyot soxasi, etnik yoki milliy xis kechinmalarni uz ichiga olgan dinamik kism. Lekin tadkikotchilar nima uchundir milliy psixologiya masalalari bilan shugullanishganda, milliy kirralar yoki sifatlarni aniklash bilan shugullanadilarda, u yoki bu millatlargagina xos bulgan kirralarni topishga urinadilar, lekin fan texnika rivojlangan, millatlar uygunligi, millatlarning doimiy uzaro xamkorligi va mulokoti sharoitida, aralash nikoxlar keng tarkalgan sharoitda fakat u yoki bu millatga xos bulgan kirralar xakida gapirish juda kiyin. Masalan: Uzbeklar urtasida utkazilgan kichik tadkikot natijasida shu narsa ma’lum buldiki, guyoki mexmondustlik, kamtarlik, samimiylik kabi ijobiy sifatlar uzbek xalkigagina xos emish. Tugri bu sifatlar albatta uzbeklarda bor. Lekin aynan shu sifatlar boshka millat vakillarida yuk deyishga chikkanimiz yuk.
Xuddi xar bir shaxs ongida turlicha steriotiplar – ya’ni urnashib kolgan obrazlar bulganidek, xar bir oila yakin oshna ogaynilar va uziga uxshash shaxslar bilan mulokot jarayonida u yoki bu millat vakilida xam uz millatiga xos bulgan sifatlar xakida, steriotiplar paydo bulib, uning ongida urnashib boradi. Bunday steriotiplar uz millatiga va boshka xalklarga nisbatan bulib, boshkalar xakidagi tasovvurlar ancha sodda, yuzaki, mazmunan tor buladi. Shunday tasavvurlar asosida boshka millatlarga nisbatan yoktirish (simpatiya) yoki yoktirmaslik (antipotiya) va befarklik munosabatlari shakllanadi. Uz millati xakidagi tasavvur va steriotiplar esa milliy «etnotsintrizm» xissini shakllantiradiki, shu xis tufayli shu milliy gurux vakillarida boshka millatlarga nisbatan irrotsional munosabatlar paydo bulishi, bu esa milliy antogonizm va milliy adovatlarni keltirib chikarishi mumkin. Bu borada ijtimoiy psixologlar va mavkurachilar oldida turgan muammolardan biri.
Millat vakillarida milliy gururning kay darajada bulishini aniklash muammosi turadi. Chunki kupincha milliy gurur tufayli ayrim shaxslarda boshka millatlarni mensimaslik, ulardagi gurur yoki milliy xislarni tan olmaslik xollari kuzatilmokda. Umuman bizning fikrimizcha, milliy adovatlar asosida yotgan etnotsintrizm va milliy gururning salbiy kurinishlari boshka millatlarning tarixini, ularning an’analarini, tili va xokazolarini bilmaslikdan kelib chikadi. Milliy psixologiya buyicha utkazilishi lozim bulgan tadkikotlarning maksadlaridan biri xam boshka millat psixologiyasini bilib, uni boshka millatlarga yetkazishi tufayli, xar bir millat vakiliga xurmat-izzat xissini kuchaytirishdir. Chunki uzini xurmat kilmagan odam boshkani xurmat kilmaydi buning uchun esa, uz psixologiyasini xam, uzgalar psixologiyasini xam bilishi kerak. Shundagina shaxslararo ziddiyatlarga barxam berilishi mumkin. Bu narsa millatlar psixologiyasiga xam xosdir ya’ni fan jamiyatga shunday etnografik va etnopsixologik ma’lumotlar majmuini yaratib berishi lozimki, undagi ma’lumotlar asosida katta gurux xisoblangan millatlar psixologiyasini xam boshkarish mumkin bulsin.

Yüklə 51,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin