Mavzu: Ijro-intizomi hujjatlarini yuritish tartibi mistaqil ish



Yüklə 1,87 Mb.
tarix25.11.2023
ölçüsü1,87 Mb.
#134595
Ijro-intizomi hujjatlarini yuritish tartibi mistaqil ish2


Mavzu: Ijro-intizomi hujjatlarini yuritish tartibi mistaqil ish
Reja:
1. Ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish?
2. Ijro ishini qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi qaror?
3.Ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to ‘g‘risidagi qaror ustidan shikoyat berish yoki protest keltirish?
4.Foydalanilgan adabiyotlar

1.Sud ijrochisi ijro harakatlarini amalga oshirishga ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atganidan keyingina kirishadi. Ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish ijro ishi yuritishning mustaqil bosqichi bo‘lib, uning vazifasi sud organlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda majburlov choralarini qoMlashning qonuniyligini ta'minlashdir. Ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish bosqichi quyidagi harakatlarni qamrab oladi: undiruvchiga yoki uning vakiliga ijro hujiatini topshirish, uni sud ijrochisiga ijro uchun taqdim etish va ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish yoki ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atishni rad etish to‘g‘risida qaror chiqarish. Ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi masalani hal etish sud ijrochisining vakolatiga kiradi.


Sud ijrochisi ijro hujjatini, ijroga topshirish muddati o‘tmagan va mazkur hujjat qonun tomonidan unga qo‘yiladigan talablarga muvofiq bo‘lsa, ijro uchun qabul qilib olishi va ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atishi shart. Agar qonun hujjatlarida ijro hujjatlarining ayrim turlariga majburiy ilovalar nazarda tutilgan bo‘lsa, ular sud ijrochisiga ijro hujjati bilan birga taqdim etilishi kerak. Shunday qilib, ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish uchun quyidagilar zarur: 1. Ijro hujjatining undimvchi tomonidan sud ijrochisiga taqdim etilishi; 2. Ijro hujjatining sud ijrochisi tomonidan qabul qilinishi va ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror chiqarish. Ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish sud ijrochisiga ijro hujjatini taqdim etish va sud ijrochisi tomonidan ijroishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror chiqarishdan iboratdir. Ijro hujjatini ijroga topshirish undimvchining erkiga bog‘liq bo‘lib, ijro hujjatini majburiy ijroga taqdim etish yoki taqdim etmaslik masalasini undiruvchining o‘zi hal qilish huquqigaega.
Ammo ayrim hollarda ijro hujjati sud ijrochisiga kelib tushishi undimvchining erkiga bog‘liq bo‘lmay, sud yoki ijro hujjatini bergan boshqa organ uni majburiy ijro etish uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri sud ijrochilari bo‘limiga yuborishi mumkin.2.Sud ijrochisi ijro hujjatini sud yoki boshqa oigandan yoxud undiruvchidan (agar ijro hujjatini ijroga topshirish muddati o‘tmagan va mazkur hujjat 0‘zbekiston Respublikasi «Sud hujjatlari va boshqa ojganlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida»gi Qonunining 8-moddasida nazardatutilgan talablarga muvofiq bo‘lsa) ijro uchun qabul qilib olishi va ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atishi shart. Undiruvchi tomonidan ijro hujjatlarini ijroga topshirish muddatlariga rioya qilinishini ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish masalasini hal etishda sud ijrochisi tomonidan tekshirib chiqilishi lozim bo‘lgan eng birinchi shartdir. Agarda ijro hujjatini ijroga topshirish muddati o‘tmagan va mazkur hujjat 0 ‘zbekiston Respublikasi «Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida»gi Qonunining 8-moddasida nazarda tutilgan talablarga muvofiq bo‘lsa, sud ijrochisi ijro hujjatini olgan kundan e'tiboran uch kundan kechiktirmay ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror chiqaradi.
Sud ijrochisi ijro ishini yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi qarorda ijro hujjatidagi talablarni ixtiyoriy ravishda bajarish uchun ijro ishi yuritish qo‘zg‘atilgan kundan e’tiboran ko‘pi bilan besh kun muddat belgilaydi va qarzdorga belgilangan muddat tugagandan keyin ijro hujjatidagi talablar, undan ijro yig‘imi, qarzdorga sud ijrochisi tomonidan solinadigan jarimalar, shuningdek, ijro xarajatlari undirilgan holda majburiy ijro etilishi to‘g‘risida ma'lum qiladi. Ijro ishini qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi qarorda quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:1) qaror chiqarilgan sana va joyi; 2) qaror chiqargan shaxsning lavozimi, familiyasi, ismi, sharifi; 3) qaror qaysi ijro ishini yuritish yuzasidan
chiqarilganligi; 4) qaror orqali hal qilinadigan masala; 5) sud ijrochisi qaror qabul qilishda amal qilgan qonun va boshqa qonun hujjatlariga havola qilingan asoslar; 6) ko‘rilayotgan masala bo‘yicha xulosa; 7) qaror yuzasidan shikoyat berish yoki protest keltirish tartibi va muddati. Jazo tariqasida jarima tayinlash to‘g‘risidagi hukmga asosan berilgan ijro varaqasiga asoslanib ijro ishi qo‘zg‘atilganda ixtiyoriy ijro etish uchun muddat hukm qonuniy kuchga kirgan kunidan boshlab bir oy belgilanadi. Ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi qaror nusxasi u chiqarilgan kunning ertasidan kechiktirmay undimvchiga, qarzdorga, shuningdek, hujjati ijro etilishi lozim bo‘lgan sud yoki boshqa organga yuboriladi. 3.Sud ijrochisi undiruvchining arizasiga binoan yoki o‘z tashabbusi bilan mulkiy undiruv bo‘yicha ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror chiqarish bilan bir vaqtda qarzdorning moi-mulkini ro‘yxatga olib, ularni xatlashga haqli bo‘lib, bu haqda mazkur qarorda ko‘rsatib o‘tadi. Ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to ‘g‘risidagi qaror ustidan shikoyat berish yoki protest keltirish mumkin. Ijro hujjatini ijro etish jarayonida ijro hujjatidagi talablarning aniq emasligi yoki qarama qarshiliklarga ega ekanligi aniqlanishi mumkin. Bunday holatlarga misol sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin: ijroning uslubi va tartibi aniq ko‘rsatilmagan; undiruvchiga olib berilishi lozim bo‘lgan predmetlarning o‘ziga xos belgilari ko‘rsatilmagan; sud bir necha shaxsning mulkka egalik huquqini tan olib, lekin mulk egalarining har birining mulkdagi hissasi miqdorini ko‘rsatmagan va boshqalar. Ijroga topshirilgan ijro hujjatidagi talablar noaniq bo‘lgan taqdirda sud ijrochisi ijro hujjatini berish uchun asos bo‘lgan sud hujjati yoki boshqa organ hujjatini, shuningdek,
qonunga ko‘ra ijro hujjati hisoblanadigan hujjatni tushuntirib berishni so‘rab ijro hujjatini bergan sud yoki boshqa organga ariza bilan murojaat qilishga haqli. Ijro hujjatini bergan sud yoki boshqa organ sud ijrochisining murojaati kelib tushgan kundan e’tiboran o‘n kunlik muddat ichida uni ko‘rib chiqadi va ijro hujjatini berish uchun asos bo‘lgan o‘ziqabul qilgan sud hujjati yoki boshqa organ hujjatining, shuningdek, qonunga ko‘ra ijro hujjati hisoblanadigan hujjatning mazmunini o‘zgartirmagan holda unga tushuntirish beradi. Sud ijro hujjatiga tushuntirish berish to‘g‘risida ajrim chiqaradi, ijro hujjatini bergan boshqa organ esa qaror chiqaradi.
Ijro ishi yuritish bir sud ijrochisidan boshqa sud ijrochisiga olib berilganda, ijro ishini qabul qilgan sud ijrochisi uni olgach, uch kundan kechiktirmasdan ishni o‘z ish yuritishiga qabul qilish haqida qarorchiqaradi. Qarorning nusxasi u chiqarilgan kunning ertasidan kechiktirmay undimvchiga, qarzdorga va ijro hujjatini bergan sud yoki boshqa organga yuboriladi. Tuman (shahar) sud ijrochilari bo‘limida bir qarzdorga nisbatan ikki yoki undan ortiq ijro ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lsa, ular bir ijro ishiga birlashtirilishi lozim.
Katta sud ijrochisining topshirig‘iga ko‘ra, ijro kutubxonasi ishlarini o‘z ish yuritishiga qabul qilgan sud ijrochisi ularni birlashtirish haqida qaror chiqaradi. Agar ijro hujjati ijroga topshirish muddati o'tkazilib yuborilgan bo‘lsa yoki 0 ‘zbekiston Respublikasi «Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida»gi Qonunining 5—8-moddalarida nazarda tutilgan talablarga muvofiq bo‘lmasa, sud ijrochisi ijro hujjatini olgan kundan e ’tiboran uch kunlik muddat ichida ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atmasdan qaytarib yuboradi. Ijro hujjatini qaytarib yuborish to‘g‘risida qaror chiqariladi, uning nusxasi qaror chiqarilgan kunning ertasidan kechiktirmay, undiruvchiga, ijro hujyatini bergan sud yoki boshqa organga yuboriladi. Ijro hujjatini qaytarib yuborish to‘g‘risidagi qarorda sud ijrochisi «Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida»gi Qonunining 5—8-moddalarida nazardatutilgan qaysi talablarbuzilganligini ko'rsatadi. Ijro hujjatining yo‘l qo‘yilgan nuqsonlarni bartaraf qilish uchun qaytarib yuborilishi bunday nuqsonlar bartaraf qilinganidan keyin ijro hujjatini sud ijrochisiga ikkinchi marta umumiy tartibda yuborish uchun to‘sqinlik qilmaydi. Ijro hujjatini qaytarib yuborish to ‘g‘risidagi qaror ustidan sudga shikoyat berish yoki protest keltirishmumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar1.Tuxtasheva U.A. Ijro ishi yuritish: Darslik. 2-nashr. —Toshkent:TDYI, 2009. 2. Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risidagi qonun.

Yüklə 1,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin