Mavzu: Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasi Reja


Jismoniy tarbiya darsini tashkillashtirish va oʻtkazish



Yüklə 355,85 Kb.
səhifə14/71
tarix05.01.2023
ölçüsü355,85 Kb.
#122000
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   71
ilovepdf merged (2)

Jismoniy tarbiya darsini tashkillashtirish va oʻtkazish.


Jismoniy tarbiya darsining samarasi koʻpincha oʻqituvchining tuzgan rejasini hayotiyligi, shugʻullanuvchilar faoliyatini tashkillashtirish uchun tanlagan uslubiyati va uslublari mavjud jihozlar va sport anjomlaridan, texnik vositalardan, sport inshoatlaridan effektli foydalana olish, harorat, iqlim sharoiti, oʻquvchilarning tayyorgarlgi, ularning yoshi, individual xususiyatlarini hisobga olib effektli foydalana olish bilan bogʻliq.
Dars uyushtirilishining terminlanishi quyidagilarni:

    1. Tibbiy va gigiena sharoitini yaratish va unga rioya qilishni; 2) Moddiy- texnik jihatdan ta’minlashni; 3) Darsda oʻquvchilar faoliyatini tashkillashtirish

uslubiyatlarini toʻgʻri tanlash orqali qoʻyilgan vazifani effektli hal qilishni nazarda tutadi.
Darsni oʻtkazishning tibbiy-gigienik sharoitini yaratish deganda jismoniy mashqlar bilan shugʻullanish jarayonida yuzaga keladigan, sogʻlomlashtirish vazifasidan kelib chiqadigan bir butun kompleks tadbirlarni tushuniladi.
Shunga koʻra mashgʻulotlarni oʻtkazish joyining qatiyyan belgilangan tibbiy-gigienik normalarga muvofiqligiga erishish; Sport zali uchun havo tharorati (eng ma’quli) 14-160S da ushlanishi; Tanaffuslarda ochiq maydonlarga suv sepilishi; Sport zallarining esa oynalari ochilib shamollatilishi lozim. Aniqlanishicha, inson oʻpkasida, tinch turgan holda havo ventilyatsiyasi almashishi daqiqasiga 4 dan 6 l atrofida, yuqori intensivlikda bajarilayotgan mashqlarda (yugurish, sport oʻyinlari) organizmni havo yutishi 10 va undan ortiq darajadan oshishi mumkin. Shuning uchun mashgʻulot joylarini toza havo bilan ta’minlashning ahamiyati muhim.
Ayniqsa, zaldagi jihozlar, anjomlar, matlar (gilamlar) polning tozaligi doimiy diqqat va e’tiborni talab qiladi. Har bir darsdan soʻng zal polini xoʻllangan pol latta bilan namlangan latta bilan esa jihozlar, matlarni artib chiqish zaruriyati mavjud. Mashgʻulotlar tugagandan soʻng esa shugʻullanilgan joy tozalovni talab qiladi. Chunki tozalanmagan zal shugʻullanuvchi sogʻligiga katta putr yetkazadi, tanani, sport formalarini kirlanishiga sabab boʻladi.

Yüklə 355,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin