Rivojlantiruvchi: tanqidiy fikrlash qobiliyatini oshirish.Nima yaxshi-yu, nima yomonliginifarqlashga o`rgatish. F.k.2. o‘qilgan asar mazmuniga doir savol va topshiriqlarga javob bera oladi;
Darsning turi: Yangi bilim beruvchi dars.
Darsning metodi:Ifodali o’qish, aqliy hujum, suhbat, izlanish metodi.
Darsning jihozi:Rebuslar to‘plami, savolli kartochkalar, tarqatma materiallar
Darsning borishi.
T/R
|
Bo’limlar
|
Vaqti
|
1
|
Tashkiliy qism
|
3 daqiqa
|
2
|
O`tgan mavzuni mustahkamlash
|
5 daqiqa
|
3
|
Yangi mavzu bayoni
|
15 daqiqa
|
4
|
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
10 daqiqa
|
5
|
O`quvchilarni rag`batlantirish. Darsni yakunlash.
|
10 daqiqa
|
6
|
Uyga vazifa
|
2 daqiqa
|
Jami
|
45 daqiqa
|
I.Tashkiliy qism. Salomlashish, davomatni aniqlash, o’quvchilarni darsga tayyorgarligini tekshirish.
II. O’tgan darsda berilgan uyga vazifani tekshirish va o’quvchilarni baholash.
O'qituvchi darsni tashkillashtirib oladi. O'tgan darsda uyga berilgan topshiriqning bajarilishi tekshiriladi. O'qituvchi topshiriqlarni to'g'ri bajargan o'quvchilarni rag'batlantiradi va o'tilgan mavzuga oid savollar beradi.
III. Yangi mavzuning bayoni: Kirish suhbati: Yaxshi yashamoq uchun yaxshi ishlamoq zarur, shu zaminda dadil turmoq uchun ko‘p bilmoqlik darkor. Bilimdan qudratliroq kuch yo‘q; bilim bilan qurollangan odam yengilmasdir. Inson qanchalik ko‘p bilsa, u shu qadar kuchli. Siviliatsiya tarixini olti so‘z bilan ifodalash mumkin: qancha ko‘p bilsang, shuncha ko‘p qodirsan. Bilimga intilish tuyg‘usidan ko‘ra tabiiyroq tuyg‘u bo‘lmasa kerak.... Ma’naviy hayotda ham amaliy hayotdagidek, kimki bilimga tayansagina to‘xtovsiz kamol topadi va yutuqlarga erishaveradi. Bilim, faqat bilimgina insonni ozod va ulug‘vor qiladi. Narsalar qanday bo‘lmog‘i lozimligini bilish aqlli odamga xosdir; narsalarning haqiqatda qandayligini bilish tajribali odamga xos; narsalarni yanada takomillashtirishni bi-lish buyuk odamga xos. Sizni ulug‘likka undaydigan hech bir narsaga e’tiborsiz bo‘lmang. Bizning ishimiz — o‘qish va o‘qish, imkoni boricha ko‘proq bilimga ega bo‘lish uchun intilishdir, chunki jiddiy ijtimoiy yo‘nalishlar — bilim bor yerda, insoniyatning istiqbol baxti ham faqat bilimdadir. Aqlli, bilimli odamlar kerak; insoniyat porloq hayotga yaqinlasha borgan sayin,bunday odamlar aksariyatni tashkil etmaguniga qadar, ularning soni ko‘payib boraveradi. Har kim otasi va bobosi ko‘rgan va bilganiga qaraganda ko‘proq ko‘rish va bilishga intilmog‘i lozim.
Ilmning omonati.(Rivoyat)
Qadim zamonda usta temirchi bo`lib, bu hunarni ipidan ignasigacha bilar ekan. Bundan tashqari u gullarni juda sevar va ustaxonasining oldida g`aroyib gullarni parvarish qilr ekan. Temirchi qarib kuchdan qola boshlaganda, shogird olishni e`lon qilibdi. Uning oldida uchta yigit kelib, shogirdlikka tushmoqchi ekanliklarini aytishibdi. Temirchi yigitlardan bittasini tanlab olish uchun ularni sinab ko`rmoqchi bo`libdi. Har biriga kichkina xaltachalarda o`zi parvarish qilayotgan gullarning urug`laridan beribdi va: “Men muhum ish bilan uzoq safarga ketyapman. Qaytgunimcha mana shu urug`larni ehtiyot qilib saqlanglar. Urug`larni saqlab, menga qaytargan yigitga temirchilik hunarini o`rgataman”, - debdi.
Birinchi yigit urug`larni uyiga olib borib, temir sandiqqa solib qo`yibdi. U urug`larni mana shunday saqlamoqchi bo`libdi. Ikkinchi yigit gulchining do`koniga borib, urug`larni sotibdi va temirchi qaytganida xuddi shunday urug`larni sotib olishni do`kondorga tayinlabdi. Uchinchi yigit esa urug`larni hovlisiga va uyi atrofiga ekib, ulardan o`sib chiqqan gullarni parvarishlay boshlabdi.
Oradan ancha vaqt o`tib, temirchi safardan qaytibdi. U uchala yigitni huzuriga chaqiribdi.
Birinchi yigit temir sandiqda turgan urug`larni olib boribdi. Temirchi ularni ko`rib: “Sen ularni o`ldiribsan, endi ular hech narsaga yaramaydi. Demmak, sen hunarga ham shunday munosabatda bo`lasan”, - debdi.
Ikkinchi yigit gul do`konidan sotib olgan urug`larini olib kelib ko`rsatibdi. Temirchi ularni ko`rib: “Bular men senga bergan urug`lar emas, sen ularni sotib yuborib, bugun boshqa urug` olib kelibsan”, - debdi.
Uchunchi yigit ekkan gullarning urug`larini yig`ib olib boribdi. Temirchi ularni ko`rib: “Mana shular men bergan urug`lar, sen ularni hatto ko`paytirib kelibsan. Demak, sening o`rgangan hunaringdan hamma bahramand bo`ladi”, - deb shogirdlikka shu yigitni qabul qilibdi. “Tarbiya kitobi”dan.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.
llm deb o'qimoq, yozmoqni yaxshi bilmoq, har bir kerakli narsalarni o'rganmoqni aytilur, llm - dunyoning izzati ilm inson uchun g'oyat oliy va muqaddas bir fazilatdir. Zero, ilm bizga o'z ahvolimizni, harakatimizni oyna kabi ko'rsatadi. Zehnimizni, fikrimizni o'tkir qitadi, Ilmsiz inson mevasiz daraxt kabidir.Ilimning foydasi shu qadar ko`pdirki, ta`г if qilgan bilan ado qilib bo`lmaydi. Bizlarni ilm jaholat qorong'ilig'idan qutqaradi. Madaniyat, insontyat, ma'rifat dunyosiga chiqaradi. Yomon fe'llardan, buzuq ishlardan qaytaradi, yaxshi xulq va odob sohibi qiladi. Xulosa qilib aytganda, butun hayotimiz, salomatligimiz, baxtimiz, gayratimiz ilmga bog'liqdir.
1.Temirchi usta shogirdlaridan qaysi yo`l bilan tanlab olindi?
2.Siz ikki yigitning tutgan yo`liga qanday baho berasiz? Hunar haqida maqollar ayting
Bilim haqidagi maqollar orqali dars mustahkamlanadi:
***Bilagi zo‘r birni yiqar, *** Bilim – aql chirog‘i.
Bilimi zo‘r – mingni.
***Bilgan o‘zar, ***Bilimlining bilimi yuqar,
Bilmagan to‘zar. Bilimsizning nimasi yuqar.
***Bilim baxt keltirar ***Bilmaganni so‘rab o‘rgangan olim,.
Bilishga tirishmagan ayb. Orlanib so‘ramagan o‘ziga zolim.
V.O`quvchilarni rag`batlantirish. Darsni yakunlashDarsdagi faol ishtirokiga qarab, o’quvchilar rag’batlantiriladi va dars yakunida
ballar umumlashtirilib yakuniy ballar e’lon qilinadi.
VI. Uyga vazifa. Matnni mazmunini aytib bering.
Dostları ilə paylaş: |