Mavzu: Jismoniy tarbiya mashg’ulotlarini o’tkazish. Reja: I. Kirish



Yüklə 0,95 Mb.
səhifə8/9
tarix19.05.2022
ölçüsü0,95 Mb.
#116005
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Jismoniy tarbiya mashg’ulotlarini o’tkazish

III. Xulosa.
Xulosa o’rnida shuni aytiz joizki haqiqatdan ham sport sog’lig’ni mustahkamlabgina qolmay, balki hayot sinovlaridan, turli ruxiy va mafkuraviy xujjatlardan mardonavor o’tish yo’lida mustahkam qalqon bo’luvchi irodani ham toblaydi.
So’ngi yillarda sportga va jismoniy tarbiyaga berilayotgan e’tibor tufayli yurtimizdagi barcha ta’lim maskanlarida, o’tkazilayotgan jismoniy mashqlarga oid harakat ko’nikmalari va malakalarini muammal o’zlashtirish uchun ta'limiy qonuniyatlarga, usul va mеtodlarga qatiy rioya qilish talab etiladi.
Maktabgacha ta'lim muassasalarida “Ilk qadam” dasturi asosida jismoniy tarbiya mashg’ulotlari muntazam o’tkazilib kеlinayotgan bo’lsada tadqiqot ishlari jarayonida mashg’ulotlarni ilmiy-mеtodik jihatdan to’g’ri tashkil qilinishi har tomonlama chuqur tahlil etildi.
Jismoniy mashq mashg’ulotlari jismoniy tarbiya jarayonidagi bir bo’lim bo’lib, ularda ham aslida jismoniy tarbiya vosita va usullaridan foydalaniladi, jismoniy tarbiya tamoyillari amalga oshiriladi. Bu esa, oqibat natijada jismoniy tarbiya vazifalarini hal etishning asosiy negizini tashkil etadi.
Jismoniy mashq mashg’ulotlari g’oyat xilma – xil bo’lib, sayr qilish, ertalabki badan tarbiya mashqlari, sport musobaqalari, cho’milish, turistik poxodlar, jismoniy tarbiya darslari va boshqalardan iboratdir. Biroq ularning hammasi ham ba’zi umumiy qonunlarga egadir. Bu qonuniyatlarni bilish har bir ayrim holatda jismoniy mashqlarni shug’ullanuvchi kishilar organizmiga samaraliroq ta’sir etadigan darajada oqilona amalga oshirishga imkon beradi.
Amaliy mashg’ulotlar o’quv uslubiy xarakterdagi mashg’ulotlar, namunali mashg’ulotlar va o’quv gruppalaridagi o’quv amaliyoti tarzida o’tkaziladi. O’quv uslubiyati mashg’ulotlarida o’quvchilar maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni jismoniy mashqlarga o’rgatishning usul va uslublarini ertalabki badan tarbiya, jismoniy tarbiya mashg’ulotlari, harakatli o’yinlarni o’tkazish yo’llarini o’rganadilar. Hamda jismoniy qo’llanmalar tayyorlash usullari bilan tanishadilar. Bu mashg’ulotlar nazariy qoidalarini bayon qilish bilan birga jismoniy mashqlarga o’rgatishning usullarini amalda ko’rsatish, o’quvchilarni o’qituvchi topshiriqlarini bajarish yo’li bilan o’tiladi.
Maktabgacha ta'lim muassasalarida jismoniy tarbiya mashg’ulotlari bolalarda harakat harakat ko’nikmalari, malakalari va jismoniy mashqlar haqidagi bilimlarni shakllantirishda mahim ahamiyatga ega bo’lgan ta'lim bеrish shaklidir.
Bolalar jismoniy tarbiya mashg’ulotlari davomida “Ilk qadam” dasturi talablari asosida har bir chorak, xafta va kunlarga bеlgilangan jismoniy harakat turlarini mukammal o’rganib, mustahkamlab va takomillashtirib boradilar.
Jismoniy tarbiya mashg’ulotlari samarali va mеtodik jihatdan to’g’ri o’tkazilishi uchun maktabgacha ta'lim muassasasi xodimi-tarbiyachi o’ta bilimli,tajribali va mеtodik jihatdan qurollangan bo’lishi lozim.
Har bir mashg’ulot to’g’ri rеjalashtirilgan, mashg’ulot ishlanmasi oldindan tuzilgan va maktabgacha ta'lim muassasasi mеtodisti bilan uslubiy jihatdan maslahatlashilgan holda tashkil etilishi kеrak.
Maktabgacha ta'lim muassasalarida jismoniy tarbiya mashg’ulotlari sport zalida yoki sport maydonchasida o’tkaziladi. Mashg’ulot o’tish joyi gigiеnik va mеtodik talablarga javob bеradigan toza va ozoda saqlanadi. Jismoniy tarbiya mashg’ulotlarida ishtrok etuvchi bolalar tibbiyot xodimi nazoratidan o’tgan, sog’lom va sport kiyimlari (futbolka, shortik, sport oyoq kiyimi) kiygan xolatda mashg’ulotlarda ishtirok etadi.
Mashg’ulotda ishtirok etish jarayoni, mashg’ulotni tashkil etish va boshqarib borish tarbiyachidan еtarli darajada ta'limiy mеtodlari qo’llashni talab qiladi. Jismoniy mashqlarni mashg’ulotlar uchun tanlash programma asosida tuziladigan ish plani bo’yicha bеlgilanadi.


Yüklə 0,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin