Mavzu: Kapalaklar- lipidoptera Kapalaklar



Yüklə 80,79 Kb.
səhifə27/28
tarix16.05.2022
ölçüsü80,79 Kb.
#115938
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
70 talik biologiya mavzulari

Hasharotlar (Insecta) - boʻgʻimoyoqli umurtqasiz hayvonlar sinfi. Yer sharida 1,5 mln.ga yaqin turi maʼlum. Turlarining koʻpligi va shakllarining xilma-xilligi jihatidan biosferada 1-oʻrinni egallaydi. H. sinfi oyoqdumlilar, qoʻshdumlilar, qoʻngʻizlar, tuyaboʻyinlar, toʻrqanotlilar, kapalaklar, burgalar, termitlar, qandalalar kabi 34 turkumga boʻlinadi. Tanasining uzunligi 0,2 mm — 33 sm, odatda tashqi skeletni tashkil qiluvchi zich kutikula bilan qoplangan. Tanasi bosh, koʻkrak va qorin qismlardan iborat. Boshida bir juft murakkab koʻz va koʻzchalari, bir juft moʻylovlari (hid tuyish va sezgi orga-ni) hamda ogʻiz apparati joylashgan. Ogʻiz apparati yuqori lab, yuqori va pastki juft jagʻlardan tashkil topgan. Kemiruvchi ogʻiz apparati barcha toʻgʻriqanotlilar, qoʻngʻizlar, chumolilar va boshqalarga xos. Soʻruvchi H.da esa xartum bor. Gulshira bilan oziqlanuvchi asalaritr xartumida kemiruvchilarning asosiy belgilari saqlangan, kapalaklarda xartum spiralsimon buraladigan naydan iborat; pashshalarda u faqat soʻrishga emas, balki qattiq ozuqani qirishga ham moslashgan. Qandalalar, oʻsimlik bitlari, tripslar, koksidlar, qon soʻruvchi chivinlar va boshqa sanchib soʻruvchi ogʻiz apparati yordamida oʻsimliklarning hujayra shirasi hamda hayvon qonini soʻrib oziqlanadi. Koʻkrak qismi old, oʻrta va orqa koʻkraklarga boʻlinadi

Mavzu: Asalarichilik, ipakchilik, o’simliklarni changlanishida hasharotlarning roli. Hasharotlar populyatsiyasini xolatini baholash usullari. Texnotsenoz – sun’iy populyatsiyalar xayot tarzi.

Hasharotlar tana bo’limlari, bosh tuzilishi, mo’ylovlari, og’iz apparatlari va xillari, ko’krak qismining tuzilishi, oyoqlari va qanotlari, qorin qismining tuzilishi, qorin o’simtalari.
2. Nafas olish. Nafas olish organining xillari va ularning tuzilishi. Traxeya, traxeola va stigmalar. Umumiy va asosiy gaz almashinuvi.
3. Ovqat xazm qilish sistemasi. Xazm qilish fermentlari. Xazm qilish jarayoni. Oziqaga talab. Oziq antraktlarini roli va repilentlar.
4. Ayirish organi. Malьpigi naychalari tuzilishi va vazifasi. Ekskretlarning shakllanishi, ayirishning regulyatsiyasi.
5. Qon aylanish sistemasi, gemolimfa, yurakning tuzilishi va vazifasi. Gemotsit va gemolimfaning tanada aylanishi. Oziq moddalarining tashilishida geotsitlarning roli, organizmni himoyalash va immunitet.
6. Nerv sistemasi, bosh miya va qorin nerv zanjiri. Hasharotlarda shartli reflektorlarning faoliyati.
7. Muskul sistemasi. Muskul tolalarining joylashishi va vazifasi. Sinxron va asinxron muskullar.
8. Sezgi organlari. Retseptorlarning umumiy tuzilishi va vazifasi.
9. Hasharotlarning ko’payish organlarining tuzilishi va jinsiy sistemasi. Jinsiy xujayralarining shakllanishi. Garmonlarning ko’payishdagi roli, jinsiy feromonlar.
10. Hasharotlarning tashqi muhit bilan o’zaro aloqalari. Muhitning abiotik omillarini hasharotlarga ta’siri. Xarorat, namlik va yorug’likning hasharotlarga ta’siri.
11. Biotik omillarning hasharotlar xayotidagi roli. Oziqa–muhit omili. Hasharotlarning o’simliklar bilan bog’liqligi. O’simliklar xayotida hasharotlarning roli.
12. Hasharotlarning o’zaro va boshqa organizmlar bilan ekologik bog’liqligi. Turlararo va turlar ichidagi bog’liqlik.



Yüklə 80,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin