Muhokama uchun savollar:
Behbudiyning oilasi haqida nimalar bilasiz?
Behbudiy dunyoqarishining o’zgarishiga nimalar sabab bo’ldi?
Uning chet ellarga bo’lgan sayohatlari nimasi bilan o’zaro farq qiladi?
Behbudiyning Ismoilbek Gasprali bilan munosabati haqidagi mulohazalaringiz?
2– asosiy masala bo’yicha dars maqsadi:
O’zbek adabiyotida drama janrining shakllanishi xususida mulohaza yuritib, «Padarkush» dramasini tahlil qilish
Identiv o’quv maqsadlari:
Drama janrining o’zbek adabiyotidagi shakllanish zaminlari to’g’risida gapiradi.
«Padarkush» dramasinig yaratilish tarixi haqida mulohaza bildiradi.
Dramada ko’tarilgan masalalarga baho berib, qahramonlariga tavsif beradi.
2– asosiy masalaning bayoni:
Behbudiy – ilk o’zbek teatr nazariyachisi va birinchi amaliyotchisidir. Uning «Padarkush» asari, o’zi aytganidek, qayg’ulik pardada yozilgan.
«Padarkush» 1912 yili «Turon» gazetasida elon qilindi. Asar 1913 yili Samarqandda B.Gazarov va K.Sayanov bosmaxonasida alohida kitob holida bosildi.
Asarda o’sha davr Turkiston xalqi uchun eng dolzarb masala – marifatli bo’lish, yoshlarni o’qitish masalasi ko’tarilgan edi.
Pesa Behbudiyning yuragidagi dardni, orzu-armonini, idealini yuzaga chiqara olgan. Zero, pesadagi Ziyoli ko’p jihatdan Behbudiyning o’ziga o’xshab ketadi. Ziyoli faqat zamonaning ilg’or ilm-hunarini mukammal egallash orqali baxtsizlikdan qutulish va milliy mustaqillikka erishish mumkin, deb biladi, hamma narsani taraqqiy qilgan Ovrupo mezoni bilan o’lchaydi.
Asarda Behbudiy chorizm istibdodiga ishoralar qiladi va jaholat, axloqsizlik, qotillik illatining ildizini Rossiyaga olib borib taqaydi.
Dramaturg Toshmurod, Nor, Tangriqul, Davlat, Artun va Liza taqdirida Turkistonga kirib kelgan illatlarni ko’rsatib, xalqni ogoh bo’lishga, uyg’onishga, ko’zini ochishga va inqirozning oldini olishga davat etadi.
Muhokama uchun savollar:
2.1. Asar nima uchun «Padarkush» deb nomlangan?
2.2.Dramaning yaratilishi haqida nimalar bilasiz?
2.3.«Padarkush»da jadidchilik harakatining tasiri mavjudmi?
2.4. Liza obrazi orqali qanday muammolar ko’tarilgan?
Mavzu: Abdulla Avloniy
№
|
Bajariladigan ish mazmuni
|
Amalga oshiruvchi mas’ul
|
Izoh
|
1
|
2
|
3
|
4
|
1-bosqich
| Dars maqsadi: Abdulla Avloniyning adabiy merosi haqida tushuncha berish, shuningdek, ijodidan namunalar tahlil qilish.
|
Dostları ilə paylaş: |