Ko’p xonali sonlar mavzusida arifmеtik amallarni o’rganish
Bu mavzuni o'rganishda o'qituvchining asosiy vazifasi o'quvchilarning arifmetik amallar (qo‘shish va ayirish, ko'paytirish va bo’lish ) orasidagi o'zaro boglanishlarni umumlashtirish, sistem alashtirishdan yozma hisoblashlarning ongli va puxta ko'nikmalarini hosil qilishdan iborat. K o'p xonali sonlarni qo'shish va ayirish bir vaqtda o'rganilib, nazariy asoslari yig'indiga yig’indini qo'shish va yig’indidan yigindini ayirish qoidalaridan iborat. Darslikda qo'shish va ayirish hollari qiyinligi ortib boradigan tartibda kiritiladi :
uzunlik, massa, vaqt va boshqa birliklarda ifodalangan sonlarni qo'shish va ayirish qaraladi.
O’quvchilarni hir nechta sonni qo’shishda qo'shiluvchilarni guruppa usuli ( yig’indining guruppalash xossasi) bilan tanishtirish kerak. Masalan: 23+17+48+52=140 (23+17) +(48+52)=40+100=140 23+(17+48+52)=23+117= 140 K o'p xonali ismsiz sonlarni qoshish va ayirish bilan bog’iq holda uzunlik, massa, vaqt va baho olchovlari bilan ifodalangan ismli sonlarni qo'shish va ayirish ustida ishlash amalga oshiriladi. Masalan: 42 m 65 sm +26 m 63 sm =69 m 48 sm Ko‘p xonali sonlarni ko'paytirish va bo'lish bir biridan farq qiluvchi uch bosqichga ajraladi: I bosqich. Bir xonali songa ko’paytirish va bo'lish; II bosqich. Xona sonlariga ko'paytirish va bo'lish; III bosqich. Ikki xonali va uch xonali sonlarga ko'paytirish va bo’lish . AMALLAR BAJARISH TART1BI Sonlardan tuzilib amal ishoralari bilan birlashtirilgan yozuv sonli ifoda deyilishini bilasiz. Sonli ifodada qavslar bolishi yoki bolmasligi mumkin.