7-Mavzu Makroiqtisodiyotning yuzaga kelishi klassik maktab vakil-fayllar.org
Merkantilistlardan farqli ravishda (ular iqtisodiyotning faqat muomala sohasinigina tahlil etganlar), klassik maktab namoyandalari feodalizm o'rniga kelgan nisbatan progressiv kapitalistik munosabatlarning ichki iqtisodiyaloqalarini o'rgandilar va o'z tadqiqotlarini asosan ishlab chiqarish sohasiga ko'chirdilar. Klassik iqtisodiy maktab deganda V.Pettidan boshlanadigan iqtisodiy tadqiqotlar tan olinadi, bu ta'limot ishlab chiqarishdagi bozor munosabatlarining ichki aloqadorligini o'rganadi va tahlil etadi. V.Petti klassik maktab otasi va statistikaning kashfiyotchisidir. Angliyada v.Petti, Fransiyada P.Buagilber shu maktabning boshlovchilari bo'lsa, Fransiyada shu maktabning bir yo'nalishi bo'lgan fIziokratlar vujudga keldi (F.Kene, A.Tyurgo) va u A.Smit, D.Rikardolar bilan yakunlanadi. Bu davr kapitalistik munosabatlar rivojiga yo'I ochib berdi. R.XeylbronervaL. Turoulaming fIkricha «<3KoHoMuKa aJlJl 8Cex»), ishlab chiqarish omillari vujudga keldi: mehnat, yer va kapital tovarga aylantirildi, bungacha ular tovar bo'lmagan. Hozirgi davr till bilan aytganda, bozor tizimi, bozor jamiyati barpo etila boshlandi.
Yangi ta'limotning klassik (mumtoz) deb atalishiga sabab shuki, hozirgi iqtisodiyotning asosida yotuvchi ko'pgina nazariya va metodologik qoidalarning haqiqiy ilmiy xarakteri bilan izohlanadi. Mana shu maktab namoyandalarining xizmatlari tufayli iqtisodiy nazariya ilmiy fan darajasiga ko'tarildi. Erkin xususiy tadbirkorlikning ahamiyati isbotlab berildi. P.Samuelson fikricha, yangi ta'limot to'la laisser faire (ya'ni tadbirkorlik faoliyatiga davlatning mutlaq aralashmasligi) sharoitiga o'tishga va voqea1aming boshqacha rivojiga ohb keladi va faqat XIX asming oxirlarida deyarli barcha mamlakatlarda davlat iqtisodiy funksiyalarining doimiy kengayishi ro'y berdi. Bu ta'limot namoyandalari Angliyada V.Pettidan to D.Rikardogacha, Fransiyada P.Buagilberdan S.Sismondigacha (XIX asrning o'rtalarigacha) yangi jamiyatning haqiqiy ishlab chiqarish munosabatlarini tadqiq etdilar. Ularning fikricha, erkin xo'jalik faoliyatida shu davrdagi tuzum mukammal deb qaraladi.
Ya.S. Yadgarov klassik maktab rivojlanishida (ma'lum shart bilan) 4 bosqichni ajratadi: I-bosqich XVII asr oxiri - XVIII asr boshiga to'g'ri keladi. Bu bosqichda merkantilizm ta'limotining xatolari yoritib beriladi va uning asoschilari V.Petti va P.Buagilber bir-biridan bexabar qiymatning mehnat nazariyasini ilgari surdilar va har qanday qiymatning manbayi va o'lchovi sifatida tovar mahsulot yoki boshqa boylikni yaratish uchun sarflangan mehnat miqdori hisoblanadi. Boylik va farovonlik muomala sohasida emas, ishlab chiqarish sohasida yaratilishi ko'rsatiladi.
Bu bosqich XVIII asr o'rtalarida va 2-yarmida fransiyalik F.Kene va A Tyurgolar tomonidan ilgari surilgan fiziokratizm bilan yakunlanadi. Sofmahsulot (milliy daromad) manbayini qidirish orqali asosiy e'tiborni mehnat bilan yerga qaratdilar. Merkantilizm tanqid qilinib, tahlilda ishlab chiqarish asossiz ravishda muomala sohasidan to'la ajratib qo 'yilgan.
2- bosqich. XVIII asr oxiri va XIX asr boshiga to'g'ri kelib, A.Smit asadaridagi iqtisodiy g' oyalarda aks etgan.
3- bosqich. XIX asrning l-yarmiga to'g'ri kelib, fransiyalik J.B. Sey va F. Bastiya, inglizlar D. Rikardo, T. Maltus va N. Senior, amerikalik G. Keri va boshqalar asarlaridagi g'oyalar bilan bog'liq.
4- bosqich. XIX asrning 2-yarmiga to'g'ri keladi va J.S. Mill g'oyalarida o'z nihoyasiga yetadi. K.Marksga ham shu bosqich vakili sifatida qaraladi lekin, fIkrimizcha, bu unchalik to'g'ri emas. Bu bosqichlarning xususiyatlari tegishli boblarda yoritiladi.3kohomuka>