Fuqarolik huquqiy va axloqiy me'yorlarga ongli rioya etish, ma'lum huquqlardan foydalanish hamda burchlarni bajarishga mas'ullik bilan yondoshuv, mehnat jarayoni va jamoadagi faollik, ma'naviy yetuklik asosida muayyan davlatga mansublikdir. Demak, «fuqarolik o‘z davlatiga nisbatan huquq va burchlar bilan bog‘langan, huquqiy va axloqiy me'yorlarga ongli rioya etishni, mehnat va jamoada faollikni, ma'naviy yetuklikni nazarda tutadi».
Fuqarolik huquqiy va axloqiy me'yorlarga ongli rioya etish, ma'lum huquqlardan foydalanish hamda burchlarni bajarishga mas'ullik bilan yondoshuv, mehnat jarayoni va jamoadagi faollik, ma'naviy yetuklik asosida muayyan davlatga mansublikdir. Demak, «fuqarolik o‘z davlatiga nisbatan huquq va burchlar bilan bog‘langan, huquqiy va axloqiy me'yorlarga ongli rioya etishni, mehnat va jamoada faollikni, ma'naviy yetuklikni nazarda tutadi».
Fuqarolikning asosiy tarkibiy qismlari quyidagilardir:
muayyan davlat (jamiyat) a'zosi ekanligini his etish, shaxs taqdiri davlat va jamiyat hayoti bilan uzviy, chambarchas bog‘lik ekanligini tushunib yetish;
xalq, davlat oldidagi fuqarolik huquq va burchlarini qonunchilik asosida bilish, ularga so‘zsiz, qat'iy amal qilish;
o‘z xalqi, davlati o‘tmishiga hurmat tuyg‘usini qaror toptirish, shaxsiy manfattlaridan Respublika (Vatan) manfaatlarini ustun qo‘ya bilish, xalq va Vatan ravnaqi, istiqboli uchun kurashishga tayyorlik, yurt tinchligini himoya qilish, asrab-avaylash;
davlat ramzlariga nisbatan cheksiz muhabbatni qaror toptirish, ularning muhofazasi uchun tayyorlik, davlat ramzlarining millat, xalq or-nomusi, sha'ni, qadr-qimmati ekanligini anglash;
ijtimoiy-siyosiy onglilik, ijtimoiy faollik, davlatning ichki va xalqaro siyosati qoidalarini tushunish va idrok qilish;
milliy va umuminsoniy axloq hamda huquq me'yorlarini buzilishiga nisbatan murosasiz kurashish.
3.O‘quvchilarni fuqarolik ruhida, tarbiyalashda davlat ramzlarining ahamiyati.
Davlat ramzlari muayyan millat, elatning etnopsixologik xususiyatlari, qarashlari, orzu-umidlari, intilishlari hamda maqsadi, hududiy, ijtimoiy-g‘oyaviy birlik mohiyatini anglatishga xizmat qiluvchi tasviriy belgilar majmuidir.
Muayyan davlatning bayrog‘i, gerbi (tamg‘asi) hamda madhiyasi davlat ramzlari majmuini ifodalaydi.
Davlat ramzlari o‘zlarida chuqur siyosiy va ijtimoiy-g‘oyaviy mazmunni ifoda etadi.
Davlat ramzlari (bayroq, gerb)da tasvirlangan ranglar, tasvirlar muayyan xalq, millat o‘tmishi,
qadim an'analari, xalqning turmush tarzi, orzu-umidlari, maqsadi,
hayotiy intilishlarini ifoda etishga xizmat qiladi.
Davlat madhiyasida esa xalq, millat, davlat va jamiyatning yagona maqsadi, birligi g‘oyalari tarannum etiladi.
Davlat ramzlari davlatning mavjudligini ko‘rsatuvchi belgilar sanaladi.
Ramzlar – bu shartli belgilar bo‘lib,
ular qadim davrlardayoq turli xalqlarda u yoki bu hodisa, olam, mavjudot, odamlar tasvirini, ularning qarashlarini ifodalagan.