Mavzu: Mallyuskalar ( mallusca) tipi



Yüklə 170,5 Kb.
səhifə3/6
tarix12.01.2023
ölçüsü170,5 Kb.
#122173
1   2   3   4   5   6
MOLLYUSKA (1)

Nafas olish sistemasi

  • Qalqonlarning 4 juftdan 80 juftgacha patsimon jabralari bo’ladi. Jabralar tanasining ikki yonida mantiya egatchasi icgida joylashgan.
  • Qorinoyoqlilar jabralar yoki o’pka bilan nafas oladi. Xaqiqiy jabralar ktenidiy tipidagi juft organlar bo’lib, patsimon shaklda va tanasining ikki yonida joylashgan.
  • Plastinkajabralilar nafas olishi odatda ikki kitinidiy tipidagi jabralardan iborat bo’lib, mantiya bo’shlig’ida oyog’ining ikki yonida joylashgan.
  • Boshoyoqlilar sinfining nafas olish sistemasi haqiqiy ktenidiylardan iborat. Ikki tomonlama patsimon kteniydiylar 2 yoki 4 juft bo’ladi, mantiya bo’shlig’ida joylashadi

Qon aylanish sitemasi

  • Qalqondorlarning yuragi tanasining keyingi qismida ichakning ustida joylashgan bo’lib, markaziy qorincha va ikkita yon bo’lmachalardan iborat. Qon yurak bo’lmachalaridan bir yoki ikki juft qlapan teshiklari orqali qorinchaga tushadi.
  • Monoplakoforalarning qon aylanish sitemasi yurak va qon tomirlardan iborat. Yuragi 1 juft qorincha 2 juft yurakoldi bo’lmasidan iborat.
  • Qorinoyoqlilarning yuragi har xil tuzilgan. Tuban vakillarining yuragi qorincha va ikkita bo’lmadan iborat bo’lib, boshidan orqaroqda joylashadi. Yuksak tuzilgan qorinoyoqlilarning yuragi faqat ong bo’lmasi saqlanib qoladi, chap bo’lmasi esa butunlay yo’qolib ketadi. Shuning bilan birga yurakning o’rni ham o’zgaradi.
  • Plastinkajabralilar qon aylanish sitemasi yurak va qon tomirlardan iborat. Yuragi tanasining orqa tomonida bo’lib, yurakoldi haltasi ( perikardiy)da joylashgan. Odatda yuragi 1 ta qorincha va 2 ta bo’lmachadan iborat.

Ayirish sitemasi

  • Qalqondorlar ayirish sitemasi ichakning ikki yonida bittadan bukilgan naychalar joylashgan. Har qaysi naydan tananing yon tomoniga juda ko’p naylar ketadi.
  • Monoplakoforalar ayirish sistemasi 6 juft buyraklardan iborat. Ulardan 2 jufti perikardiy bo’shlig’ida, qolgan 4 jufti dorzal selomik bo’shliqlardan boshlanadi.
  • Qorinoyoqlilar ayirish sistemasi dastlab 1 juft uzun tasma shaklidagi buyraklardan iborat bo’lgan. Lekin ko’pincha buyraklardan bittasi reduksiyaga uchraydi. Buyraklarning bir uchi selomga, ikkinchi uchi mantiya bo’shlig’iga ochiladi.
  • Plastinkajabralilarning ayirish istemasi metanefridiylarga o’xshash tuzilgan. Bir juft buyraklar tanasining keyingi ikki yonida joylashgan. Ularning bir uchi perikardiyga, ikkinchisi mantiyaga ochilgan
  • Boshoyoqlilarning ayirish sistemasi 2 yoki 4 ta buyrakdan iborat. Ularning bir uchi selom perikardiyga, ikkinchisi mantiya bo’shlig’iga ochilgan

Yüklə 170,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin