Yaratilgan va tahrirlangan matn ma'lumotlar hisoblanadi. Ma'lumotlar zarur bo'lgani uchun saqlanishi kerak. Ma'lumotlar fayl ko'rinishida saqlanadi. Fayl o'z nomiga, adresiga va kengaytirgichiga ega bo'lishi kerak. Foydalanuvchi faylga nom va adres (qaysi joyda joylashganligini)ni beradi. Fayl kengaytirgichini esa Windows OS avtomatik ravishda o'zi qo'yadi.
Matnni diskka birinchi marta saqlash uchun Файл – Сохранить buyrug'i beriladi va Сохранение файла muloqat oynasida hujjatni qaysi nom bilan, qaysi papkaga, qaysi tipda saqlash ko'rsatiladi, so'ng Сохранить tugmasi bosiladi. Agar hujjat ilgari saqlangan bo'lsa, Файл – Сохранить buyrug'i beriladi va bu holda hujjat ilgarigi saqlangan joyga o'sha nom bilan saqlanadi. Agar hujjatni nusxasini yangi nom bilan saqlash kerak bo'lsa, Файл – Сохранитькак buyrug'i beriladi va hujjat boshqa nom bilan saqlanadi. Hujjat saqlangandan so'ng uni A: diskka yozmoqchi bo'lsak, Проводникprogrammasi ishga tushiriladi, hamda saqlangan hujjat (ya'ni fayl) belgilanadi. Fayl belgisi ustida o'ng tugma bosiladi. Ochilgan kontekst menyudan отправитьpunkti tanlanib, bu punktdan disk A: punkti tanlanadi va sichqonchaning chap tugmasi bosiladi.
Matnni qog'ozga chop etish uchun printerdan foydalaniladi. Printer oldindan parallel (LTP) yoki USB portlar orqali kompyuterga ulangan bo'lishi shart. Ko'pincha parallel port orqali ulanadi, chunki bu ulanishda axborotlar uzatilishi tez ro'y beradi.
Matnni chop etishga yuborishdan avval hujjat ko'rinishini ekranda ko'rish mumkin. Bu quyidagi buyruq orqali amalga oshiriladi: Файл- Предварительныйпросмотрyoki uskunalar panelidan Предварительныйпросмотр tugmasini orqali bajariladi. Bu holatda hujjatni tahrirlab bo'lmaydi va uskunalar panelidagi boshqaruv tugmalari faqat hujjat ko'rinishini o'zgartiradi.