Mavzu:Media va axborot savodxonligi –raqamlashuv davrining asosiy
talabi.
Media va axborot savodxonligi – bu ijodiy faoliyatida barcha zarur
vostalardan foydalangan holda axborot va media mahsulotlaridan samarali olish,
tahlil qilish tanqidiy baholash, talqin qilish, foydalanish,yaratish va tarqatish
imkonini beradigan bilim, ko‘nikma, munosabat, malaka va amaliyotlar majmuidir.
Bugungi kunda dunyo ommaviy axborot vostalarida axborotni tanlash va to`g`ri
baholash qobilyati dolzarb bo`lib qolmoqda. Media savodxonligi, media ta`limi,
media madaniyat, soxta va tashviqot axborotlariga qarshilik ko`rsatish – bu kalit
so`zlarning barchasi ikki kunlik seminar trennig mohiyatini aks ettiradi.
“O`zbekiston ta`lim tizimiga media savodxonlik nima va uni maktabda qnday
o`qitiish kerak?” mavzusidagi ushbu seminar trennig O`zbekiston Zamonaviy
jurnalistikani rivojlantirish markazi, DW Akademiyasi va Germaniya tomoni
hamkorligida tashkil etildi. Trennig jarayonida ishtirokchilar o`z tajrbalari bilan fikr
almashib, “Adolat tili”, content, Vebler sxemasi kabi yangiliklarga, turli ma`lumot,
usul va metodikalarga ega bo`lishdi. Xo`sh media savodxonlik nima? Nega bugun
uning ahamiyati tobora ortib bormoqda? Axborot oqimining bir necha barobar
tezlanishi, ijobiy ma`lumotlar bilan zaruratini qo`yadi. An`anaviy tarzda media
savodxonlik shaxsning aabiy sarlarni tahlil eta olish va sifatli matnlarni yaratishdan
iborat bo`lgan. Media savodxon inson o`ziga bu axborotni kim va nima maqsadda
yaratgan? Ushbu xabar nima uchun zarur? Degan savolni bera olish va to`g`ri xulosa
chiqarishi, unga nisbatan tanqidy yondashishi lozim. Mazkur savollar nafaqat siz
oilangiz davrasida televizor ko`rayotgan, mashinada radio eshitayotgan yoki
internetdagi xabarlarni ko`rayotgan paytda berilishi, balki har qanday axbortni
qabuul qilayotgan va unga baho berayotganda ham kerak. Bugungi axboriy muhitni
tushunishda media savodxonlik muhim ahamiyat kasb etadi. Xo`sh, media
savodxonlik nima uchun kerak?
-Huquqiy demokratik jamiyatimizning to`laqonli, faol fuqarosi sifatida
amalga oshirilayotgan islohotlar mazmun- mohiyatini tushunish;
-OAV orqali uzatilayotgan va qabul qilinayotgan kundalik axborotni saralash
ko`nikmalarini shakllantirish;
-insonning visual obrazlar ta`siri ostida ijobiy yoki salbiy tomonga
o`zgartirishlarni tahlil eta olish va visual xabarlar ostida beriladigan ko`rinmas
ma1lumotlarni “o`qiy olish”;
-OAV orqali beriladian matn kommunikatsiyalar mohiyatini tahlil etish;
Axborot qayerdan, kim tomonidan va nima maqsadlarda uzatilyapti, kimning
manfaatlarini o`zida aks ettirayapti, degan savollarga javob topa olish zarurdir.
Media savodxonlik tushunchasi borasida turli fikrlar mavjud bo`lib, AQSHning
Jamiyat xususida xalqaro ensklopediyasida qayd etilishicha, “Media savodxonlik-
inson jamiyatdagi fuqaro sifatidagi mas`uliyatini his qilgan holda faol savodli
bo`lishi, media matnlarni qabul qila oloshi, yaratishi, tahlil eta olishi va baholashi,
zamonaviy median ijtimoiy-madaniy va siyosiy mazmunini tushuna olishi
demakdir”. Media savodxonlikning maqsadi har bir medianing ustuvorliklari va
kamchiliklarini tushungan holda ular tomonidan tarqatilayotgan axborotni saralay
bilish va zarurini qabul qilish ko`nikmalarini shakllantirish bo`lsa, asosiy vazifasi
insonlar tomonidan iste`mol qilinadigan har qanday axborotning manipulyativ
kuchuni anglagan holda undan chegaralanishdir. SHuningdek, odamlarga OAV
hamda
fuqarolik
juranlistik
rolini
tushunishga
yordam
berishidir.
Fikrimizcha, media savodxonlik media ta`limining uzviy bog`liq qismidir. Shu bilan
birgalikda uning ko`rinishlari ko`paymoqda. Bugungi kunda medianing tahlil
etilishi natijasida tilimizga kirib kelayotgan tushunchalar, ya`ni media savodxonlik,
media ta`lim, median o`rganish va boshqalar bir biri bilan bog`liq bo`lsada, media
axborotni qabul qilish, saralash, tahlil etish, baholashda media savodxonlik
tushunchasi bilan birgalikda media ta`lim, median o`rganish, media madaniyat
tushunchalari ham qo`llanilyapti.
Masalan: Media ta`lim
-media o`quv dasturida integrallashgan, fanlar asosida o`rganilishi;
-“mediamavzu”ni aniq bir fan doirasida tahlil etilishi;
-uning shakli, texnologiyalari, axborotni uzatish usullarini o`rganishni;
-media agentliklarini, ularning ijtimoiy, siyosiy va madaniy rolini
o`rganilishni;
-talabaning OAV bilan ishlashini;
-medianing til va san`at orqali auditoryaga ta`sirini o`rganadi.
-mediani nazariy jihatdan o`rganishni;
-mediani qiyosiy jihatdan tahlil etishni;
-uning konseptual tarkibini;
-media matnni tahlil etish va uning yaratilish metodikasini;
-ommaviy kommunikatsiyasi, kino san`ati va madaniyatshunoslik fanlarining
o`zaro bog`liqligini;
-OAVning ta`sirini o`rganadi.
Media savodxonlik median o`rganish bo`lib, media ta`limning quyidagi
natijalariga asoslanadi va o`z oldiga:
-medianing shaxs va jamiyatga ta`sirini tushunish;
-ommaviy kommunikatsiya jarayonini anglash;
Media matnlani tushunish va ularni tahlil etish;
-media matnlarnii yaratish va ularni tahlil etish;
-media matnlarni baholashga va ularni saralash vazifalrini qo`yadi.
Bugungi kunda media, ya`ni ommaviy axborot vostalari, kino, teatr,san`tining
turlari, madaniyat sarchashmalri, internet orqali uzatilayotgan har qanday ma`lumot
insongagina o`zining ma`lum bir ta`sirini o`tkazib, uning dunyoqarashini
o`zgartirish sabab bo`lmoqda. Yuqorida,media tanqid va median o`rganishga
bo`lgan intilishning asosiy maqsadi ham axborotning yaratilishi, uning tarqalish
jarayonini tushunib yetish, tijorat, siyosiy, iqtisodiy, ma`naviy va madaniy
maqsadlarda tarqatilayotgan axborotning mohiyatini anglagn holda uni baholay
olishdir.
Ayni paytda media ta`lim asoslarini har bir ta`lim muassasiga o`quv dasturiga
kiritish,o`quvchilar yoshlarga maktablarda ta`lim jaroyonida uning asoslarini
interaktiv, turli o`yinlar shaklida tushuntirish, o`sib kelayotgan avlod tomonidan
shiddatli axborot oqimidan zarurini tanlash va unga tanqidiy yondoshgan holda
baholay olish imkonini beradi.
Asosiy xulosa shuki, biz hammamiz media olamida yashaymiz va har kuni
media savodxonlik muammolariga duch kelamiz. Yoshlarga bunday qiyin sharoitda
o`zini tutish qoidalari va o`z-o`zini himoya eta olishini o`rgatish juda muhimdir.
Dostları ilə paylaş: |