Mavzu: Menejmentni tashkil qilishning Italiya tajribasi



Yüklə 22,69 Kb.
tarix26.11.2023
ölçüsü22,69 Kb.
#136232
ittttt


MAVZU: Menejmentni tashkil qilishning Italiya tajribasi

Reja 


1. Italiya iqtisodiyoti. 

2. Sanoat. 

3. Qishloq xo’jaligi. 

4. Turizm. 

5. Xo’jalik boshqaruvidagi islohotlar. 

6. Davlat mablag’larini sog’lomlashtirish. 

7. Sog’liq, sog’liqni saqlash, nafaqa pensiya ta’minoti. 

8. Mehnat bozori. 

9. Yer islohoti. 

10. Shimol va Janub o’rtasidagi iqtisodiy keskinliklar. 

Italiya iqtisodiyoti 

Italiya Respublikasi Yevropaning janubida, Apennin yarimorolida, Sitsiliya, 

Sardiniya va kichik orollar qo‘ynida joylashgan. Hududi – 301 ming kv. km. Aholi 

soni 58 mln. dan ortiqni tashkil etadi, ularning 98 foizi esa italyanlardir. Poytaxti – 

Rim. Asosiy dini katolik. 

Davlat tuzumi-parlament. Davlat boshlig‘i-prezident. Qonun chiqaruvchi 

hokimiyat senat va palata deputatlaridan iborat parlamentdir. 

Italiya NATO bloki a’zosi. U G‘arbiy Yevropa integratsiyasining faol a’zosi. 

Aynan 1957 yilda Yevropa iqtisodiy hamjamiyatini tuzish haqida bitim 

imzolangan. U agrar – industriya sohada keng taraqqiy etgan davlat. Dunyo yalpi 

ichki mahsuloti (YAIM) da uning ulushi uch foizga teng. Aholi jon boshiga YAIM 

qariyb 20 minng dolarga to‘g‘ri keladi. Mamlakat mahsuloti hajmini dunyo sanoati 

mollari bilan solishtirganda 3,2 foizni (dunyoda 6-o‘rin) tashkil etadi. Har xil 

ko‘rsatkichlar bo‘yicha olib qaraganda, quyidagi manzara hosil bo‘ladi: sanoat va 

qurilish-35 %, turli xizmatlar – 6%, qishloq xo‘jaligi -4%. 

Qishloq xo‘jalik tarmog‘ida qariyib 18 mln. aholi band bo‘lib, o‘rtacha 

fermerlar maydoni Yevropa Ittifokining boshqa mamlakatlaridagidan ancha kam 

ya’ni 7 gektar. Italiya yer osti boyliklariga unchalik boy davlat emas. Bu yerda 

asosan kam miqdorda ko‘mir, neft, rux, qo‘rg‘oshin, oltingugurt, simob, boksid va 

marmar qazib olinadi. 

Italiya iqtisodiyotining o‘ziga xos tomoni aksariyat mulkning yirik 

monopolistlar ixtiyorida ekanidir. Masalan, uchta yirik xususiy monopolist firma-

«Montedison», «FIAT», «Pirelli» davlat iqtisodiy tuzilmasining asosini tashkil 

etadi. Mamlakatdagi IRI, ENI, EFIM, ENEL singari iqtisodiy tashkilotlar 

Italiyadagi ana shu-«FIAT», «Falk», «Montedison», «Zanussi», «Sina-Vikoza», 

«Olivetti» kabi salohiyatli firmalar iqtisodiyotning ichki va tashqi aloqalardagi 

kapital muammolarini nazorat qiladi. 

Sanoat 


Italiya iqtisodiyotining barqarorligini ta’minlovchi soha. U mamlakat yalpi 

ichki mahsulotida 35 foizdan ziyod ulushga ega. Mamlakat ishchilarining teng 

yarmi shu sohada faoliyat yuritadi. Italiya sanoati tizimining muhim ko‘rinishi 

sanoatdagi mavjud barcha yo‘nalishlardagi zahiralarni katta miqdorda ishlab 

chiqarish va kam miqdorda foydali qazilmalarni qazishda aks etadi. Hozirda neft, 

neftkimyo, kimyo, metallurgiya, elektroenergetika, avtomobil, mashinasozlikning 


bir necha sohalari, stanoksozlik, tabiiy va sintetik tola mahsulotlarini qayta ishlash 

bo‘yicha Italiya sanoati yuqori suratda taraqqiy etmoqda. 

Zamonaviy texnologiyalar ishlab chiqish bo‘yicha Italiya dunyoda yetakchi 

mamlakatlar sirasiga kiradi. Ya’ni bu borada u AQSH va Yaponiyadan keyingi 3 

o‘rinni egallaydi. 

Qishloq xo‘jaligi 

Mamlakatning bu sohasi uchun ahamiyatli tomoni, faoliyat yuritishdagi 

kapitalistik tuzimiga xos eskicha usulining davom etib kelayotganidir. Davlatning 

janub va shimoli bu sohada asosiy kuch sanaladi. Qishloq xo‘jaligi xom 

ashyosining ko‘p qismi mamlakatning o‘zida qayta ishlanadi. Urug‘chilik rivoji 

esa alohida e’tiborga ega. G‘alla, makka, lavlagi, shuningdek, meva va uzum 

yetishtirishda yuqori madaniyatga erishilgan. Qishloq xo‘jaligini yangi 

texnologiyalar bilan ta’minlash va unumdorlikga erishish bo‘yicha Italiya Yevropa 

Ittifoqi mamlakatlari ichida yetakchi hisoblanadi. Ish yuritish fermer xo‘jaliklari 

shaklida tashkil etilgan. 

Italiya iqtisodiyoti mamlakatdagi mavjud kichik va o‘rta biznes taraqqiyoti 

bilan harakterlanadi. Bu xalq iste’moli mollari, yengil sanoat va ko‘pchilik 

kabilarida bozor konyunkturasiga tez moslashadigan soha har bir kichik 

tadbirkorlik firmasida o‘rtacha 100 kishi ishlaydi va ular bir yoki ikki xil mahsulot 

tayyorlashadi. Ixtisoslashgan kichik korxonalar «monopolistik birlashma»ga 

uyushgan. Bu uyushma-konglomerat o‘z zimmasiga ijtimoiy ta’lim va xalq 

iste’moli mahsulotlarini to‘liq yetkazishdek ma’suliyatni o‘z zimmasiga olgan. 

Turizm 


Italiya turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha jug‘rofiy-iqtisodiy imkoniyatga 

ega. Har yili bu yerga 30 miliondan ortiq sayyoh tashrif buyiradi. 

Xo‘jalik boshqaruvidagi islohat 

Mamlakatda bu borada kechgan islohatlarning asosiy yo‘nalishi korporativ 

boshqaruvni yo‘lga qo‘yishda o‘z aksini topgan. Italiyada yirik kapital aholi 

qo‘lida ekani bilan harakterlanadi. Shu bois mamlakat bu mablag‘larni moliyaviy 

xolding kompaniyalari orqali nazorat tizimini yo‘lga qo‘ygan. 

EI mamlakatlari ichida Italiya bozori boshqaruvchilik vazifasini o‘taydi. 

Istiqbolsiz va byudjetidan qarzi yuqori bo‘lgan davlat tasarrufidagi mulklarni 

xususiylashtirish o‘z samaralarini bermoqda. Hozirda bu jarayon natijasida 30 ta 

davlat sektori korxonalari, jumladan «Telekom» (1,5 mln. aksiyadorga ega), 

energetika guruhlari sug‘urta kompaniyalari xususiy maqomga ega bo‘ldi. 

Endilikda temir yo‘l tarmog‘ida ham korporativ bashqaruvni yo‘lga qo‘yish 

islohatlari bormoqda. 

Davlat mablag‘larini sog‘lomlashtirish 

Qayta qurish har qanday mamlakatda xo‘jalik boshqaruvini yangilash bilan 

birga ma’muriy boshqaruvda ham islohatlar jarayoni kechishini talab etadi. Bu esa 

Italiya byudjet federalizmi modelini muvaffaqiyatli amalga oshirilishida va bu 

orqali hududiy va mahalliy hokimiyat boshqaruviga ham talay huquqlarni berdi. 

Bu huquqlar mamlakatda ham iqtisodiy, ham ma’muriy boshqaruv borasida 

Italiyani YEI davlatlari orasida mavqeini oshirmoqda. Bu islohatlar samarasi 

ularoq mamlakat iqtisodiyoti Yevropa valyuta tizimiga a’zo davlatlar orasida 

byudjet to‘lovlari tanqisligi 7% dan 3% ga tushdi. 

Soliq, sog‘liqni saqlash, nafaqa pensiya ta’minoti 

Italiya iqtisodiyotida soliq, sog‘liqni saqlash, nafaqa pensiya ta’minoti 

tizimlarida kechgan islohatlar o‘z samarasini bermoqda. Mamlakatda kechayotgan 

soliq borasidagi o‘zgarishlar natijasida soliq to‘lovlari soddalashtirildi, investitsiya 

faoliyati kengayishiga zamin yaratdi. Soliqlar hajmi 53,2% dan 37% ga tushirildi. 

Aksiya, qimmatli qog‘ozlar operatsiyalari uchun soliq uchdan ikki qismga 

pasaytirildi. Tadbirkorlarning sog‘liqni saqlash jamg‘armasiga to‘lanadigan 

badallari olib tashlandi. 

Maastrixt bitimiga ko‘ra Italiya hokimiyat sarf-harajatlari uchun yalpi 

daromaddan 1,4 % gacha badal to‘lovlari to‘lanishini joriy etgandi. U bozordagi 

mavqeini oshirdi. Inflyatsiya darajasi yillik 1,5 % ga kamaydi. Hozirgi kunda 

mamlakatni birgina muammo o‘ylantirmoqda: ichki iqtisodiyotda pul-moliya 

ko‘rsatkichlari dinamikasini barqaror holda ushlab turaoladimi? 

Mehnat bozori 

Mamlakat janubida ishga yaroqli aholining 18 % i ishsizlik darajasida turibdi, 

bu esa iqtisodiy balansga o‘z ta’sirini ko‘rsatmay qolmaydi. Shu nuqtai nazardan 

hokimiyat mehnat bozorini tashkil etishga oid qonunchilikda ko‘zda tutilgan 

jihatlarga alohida e’tibor qaratdi. Yangi ish o‘rinlari yaratish uchun kichik va o‘rta 

biznes korxonalari tashkil etishga keng imkoniyatlar yaratdi. Mehnat bozori 

islohati 1992 yilda boshlandi va bosqichma-bosqich amalga oshirilishi natijasida 

ishsizlikka birmuncha barham berildi. Hatto chetda ishlash migratsiya va tashqi 

savdoda keng faoliyat yuritishga zamin yaratildi. Bunday sharoitlar uchun 1996 

yilda boshqa davlatlar bilan kontraktlar tuzildi. Ish bilan ta’minlangan tadbirkorlik 

firmalar uch yillik ish haki solig‘idan ozod qilindi. 

Yer islohoti 

Yer islohatini amalga oshirish bilan bog‘liq sa’y-harakatlar mamlakatda yer 

zahiralaridan keng ko‘lamda foydalanish imkonini berdi. Bu quyidagi yo‘nalishda 

o‘z aksini topgan: birinchidan, yer 30 yil muddatga yillik 3,5 % lik to‘lov bilan 

ijaraga berilgan. Ikkinchidan, yirik mulkdorlarga foydalanish imkoni bo‘lmagan 

ortiqcha yerlar berilib, kompensatsiya imkoniyati bilan 25 yil muddatga 

mo‘ljallangan 5 foizlik qimmatli qog‘ozlar joriy etilgan. Bundan ko‘zlangan 

maqsad unumsiz yerlarni manfaatdorlik evaziga madaniylashtirishdir. Islohatlar 

samarasi o‘laroq kooperativlar qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish va qayta 

ishlashda imtiyozlar va qo‘shimcha pul, texnik jihatlar bilan ta’minlandilar. 

Shimol va Janub o‘rtasidagi iqtisodiy keskinliklar 

Hozirda ham mavjud bo‘lgan «Shimol-Janub» muammosi aslida XIX asrning 

ikkinchi yarmiga borib taqaladi. Chunki Italiya 1361 yilgacha bitta knyazlikdan 

tarkib topgan, mamlakatning shimol va markazi kapitalistik, janubi esa feodalizm 

tuzumi ostida edi. 1860 yilda shimoliy Italiya qiroli Pemont qo‘lga kiritgan 

Garibaldi inqilobidan keyin Burbonov dinastiyasi, janubdagi Sitsiliya qirolligi va 

Neopol hamda Palermoni o‘z tarkibiga qo‘shib oldi. Mana, 100 yildan oshiq vaqt 

o‘tibdiki, «Shimol-Janub» muammosi hokimiyat uchun aktual masala bo‘lib 

turibdi. Hozirda shimolda iqtisodiyotning barcha sohasida rivojlanish bo‘lgani, 

aksincha janubda bu borada yetarlicha muammo mavjudligi sabablari ko‘p. Bu o‘z 

navbatida Italiya siyosiy hayotiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. 

XX asr o‘rtalarida bir oz muddat Shimol va Janub o‘rtasida birlashuv barham 

berilgandi. O‘shanda mahsulot ishlab chiqarishda, masalan ip-gazlama mollari 

tayyorlashda ikki tomon natijalarida qariyib tafovut sezilmagan. (G‘arb-Shimolda-

yillik 16 mln. metr, janubda -13 mln. metr) o‘shanda janubiy Italiya sanoatining 

ayrim turlari ishlab chiqarish bo‘yicha shimolni ortda qoldirishni ham uddalagan. 

Biz yuqorida hozirda shimol va janub borasidagi taraqqiyotning ikki xilligida 

bir necha sabablar borligini aytgandik. Bular quyidagilarda o‘z aksini topgan: 

1. XX asr boshlarida kechgan kapitalizmga o‘tish jarayoni qishloq xo‘jaligi 

sohasida feodal tuzumiga singib ketgan janubliklar hayotida ziddiyatlarni keltirib 

chiqardi. Ya’ni, yirik yer egalari-feodolizm tasarruflaridagi yerlarni bo‘linib 

ketishiga tish-tirnog‘i bilan qarshilik qildilar va o‘z maqsadlariga erishdilar. Bu 

paytga kelib shimolda kapitalistik jamiyatga o‘tish tez sur’atlar bilan amalga oshdi. 


2. Yangicha tuzumni o‘zlashtirgan shimoliy Italiyada korxonalar soni ortgani 

sayin ishchi kuchiga, xomashyoga talab ko‘paya bordi. Natijada janub xomashyo 

yetishtirib beradigan va o‘zaro mehnatni tashkil etadigan hududga aylandi. O‘tgan 

asrning 50-yillariga kelib, shimoliy Italiyada yuksalish janubliklardan bir necha 

hissa ortib ketdi. 

3. Ikkinchi jahon urushi Janub iqtisodiyotini yanada orqaga surdi. Italiya 

urushda ko‘p narsa yo‘qotdi. Milliy boyliklarning aksariyati yo‘q qilindi-aholi va 

jamoat inshootlari, ko‘priklar, portlar buzilib ketdi. Dengiz floti umuman inkirozga 

yuz tutdi. Yuzaga kelgan iqtisodiy bo‘hronga barham berish, iqtisodiyotni oyoqqa 

turg‘izish uchun asosiy kuch qishloq xo‘jaligi istiqbolli bo‘lib qoldi. Oqibatda 

janub yerlarida ko‘p hosil olinib, uni shimolda qayta ishlab, foyda olish, qurilish va 

bunyodkorlik ishlariga sarf etildi. Bu esa janubiy Italiyaning ijtimoiy-iqtisodiy 

turmushiga salbiy ta’sirini o‘tkazdi. 

4. Ikki tomon iqtisodiyotidagi tafovutlardan yana biri-janubning shimolga 

qaraganda past darajada rivojlanganligidir. Bu yer port, temir yo‘l, boshqa 

telekommunikatsiya tizimlari shimoldan farqli ravishda kam imkoniyatga ega. 

Yerlari ham unumsiz, quruq yer. Bu yerda ortiqcha mehnat va ko‘p harajat evaziga 

hosil olinadi. 

5. Aholining joylashishi va zichligi, shuningdek, janubda aholi soni ortishi 

shimolga qaraganda yillik 1,5 foiz yuqoriligi ham sabablardan biri hisoblanadi. 

Shunday qilib «Shimol-Janub» muammosi yechimiga urushdan keyin, 1950-

1960 yillarda faol kirishildi. Bu harakat «Vanino rejasi» deb ataldi va u quyidagi 

yo‘nalishda muammoni hal etishga kirishdi: 

janub rayonlariga qo‘shimcha kuvvatlar kiritishdi, shaxsiy kapitallarni hudud 



rivojlanishiga jalb etildi; 

davlat korxonalari daromad mablag‘lari mavjud sohalar taraqqiyotiga jalb 



etildi va shu maqsadda «Janub kassasi» tashkil topdi. Shimoldagi kichik 

korxonalar bu kassani mablag‘ bilan ta’minlovchilari bo‘ldi. 

Ammo «Vanino rejasi» Italiya iqtisodiyotini o‘sishi va janubning 

rivojlanishini ta’minlay oladi. Qaytanga bu urinish YEI davlatlari ichida 

mamlakatni ancha obrusizlantiradi va hududiy nomutanosiblikni yuzaga keltirdi. 

Masalan, 1980 yilda Janubning yalpi daromadi Shimolniki bilan solishtirganda 59 

% ni tashkil etgan bo‘lsa, 1990 yilda bu ko‘rsatkich 50 % ga tushib qoldi. 

Shimolda ishsizlik 1990 yillarda 10 % bo‘lgan bo‘lsa, Janubda 18 % ga yetdi. 

Iqtisodchilar ta’biricha, davlat Yevropa integratsiyalashuvi sari yurib, bu ikki 

iqtisodiy hududning munosabatlarini cheklasa Shimoliy Italiya Yevropa bozorida 

o‘z mavqeiga ega bo‘ladi, ammo Janubiy Italiyada iqtisodiy tanglik yuzaga keladi. 

Shimol va Janub o‘rtasidagi iqtisodiy keskinlik keltirib chiqarayotgan 

munosabatlarni yaxshilash uchun qator muammolar ko‘ndalang turibdi. Aniqrog‘i, 

1. Aloqalar mustahkamlashishi uchun Janubda keskin taraqqiyot yuzaga 

keltirilishi kerak. Hech bo‘lmaganda davlat boshqaruvi bu yerda yirik korxonalar 

barpo etilishini talab qilishi va o‘z nazoratiga olishi lozim. 

2. Janubdagi ishsizlik va migratsiya muammosi hukumat bu muammolar 

bo‘yicha qat’iy dasturga ega emas. Shu bois Janublik oilalar hatto oilaviy bo‘lib 

chetda ishlayapti. Hali bu muammo Italiya hukumati uchun yetarli tashvish 

tug‘diradi. 

3. Janubda kichik korxonalar kamligi muammosi. Shimolning yirik 

kompaniyalari har kanday YEI ga a’zo davlatlar firmalari bilan hamkorlikka 

kirisha oladi va ular bilan raqobatlasha oladi. Janub korxonalari esa bu korxonalar 

bilan tenglasha olmaydi. «Vanino rejasi» ga ko‘ra tashkil etilgan davlat korxonalari 

hatto ichki bozorga ham to‘la kirib borolmagan. Shuningdek, Italiya va xorijning 

aksariyat kompaniyalari bu hududga kapital va investitsiyalarini infratuzilma 

haminqadar, ishonchli hamkorlar kam, jinoiy vaziyat qaror topgan qo‘poruvchilik 

harakati mavjudligi bois Janubga xorij kapitali kirmaydi, G‘arbiy Yevropa, AQSH 

va boshqa davlatlardan keladigan sayyohlaridan tushadigan mablag‘lari esa ko‘p 

hollarda mafiya qo‘liga o‘tadi. 

4. Janubiy Italiya qishloq xo‘jaligi muammosi. Yuqorida ta’kidlaganidek, 

janub yerlarida ish haligacha eski feodallik tuzumi usulida yuritiladi. Bu esa 

sohada yetarli natija bermayotir. Xususiy boylar ko‘paymokda. Italiya 1970 yilda 

qishloq xo‘jaligida chuqur islohatlar boshlagan, ya’ni yerlarni yirik kooperativlar 

ixtiyoriga bo‘lgandi. Bu islohat juda sekin davom etmoqda. 

5. Mafiya va uyushgan jinoiy guruhlarga qarshi kurashish muammosi. Mana, 

mamlakat qirq yildan buyon Janubda qo‘nim topgan Sitsiliya mafiyasiga qarshi 

kurashadi. Ammo natijasi guyoki qumga sepilgan suvdek. Bu uyushgan jinoyat 

guruhi harakati Janub iqtisodiyotining taraqqiy etmayotgani ta’sirini ko‘rsatmokda. 

Umuman, Italiya uchun muammo bo‘lgan «Shimol-Janub» Yevropa Ittifoqi 

mamlakatlari iqtisodiyotiga ham yetarli tashvish keltirmokda. Shu bois YEI ga 

a’zo davlatlar bu hududdagi tanglikni bartaraf etish uchun industriya, kapital 

mablag‘lar, ilmiy-texnik resurslar kiritishga shay. 

Italiyaning jo‘g‘rofiy joylashishi yaqin Sharq, Shimoliy Afrika, Janubiy va 

Markaziy Yevropa mamlakatlari bilan iqtisodiy aloqallar qilishga qulay. Uning 

taraqqiyoti bevosita tashqi aloqallarni yaxshilash bilan bog‘liq. Ammo, bu yerda 

tabiiy resurslarning yetishmasligi bu muddaoning keng ko‘lamda joriy etilishiga 

imkon bermaydi. Eksportsiz esa iqtisodiyotda ko‘zlangan maqsadga erishib 

bo‘lmaydi. Shu nuqtai nazardan mamlakatda so‘nggi o‘n yillikda eksport o‘sishi 

quyidagicha ko‘rinishga ega bo‘ldi: 

1992 yil sentyabrda milliy valyuta – liraning qadrsizlanishi kuzatildi. 

Oqibatda xorijda Italiya mahsuloti narxi keskin pasaydi, raqobatbardoshligi 

kamaydi (Italiya banki bo‘yicha baho-18 % ni tashkil etdi). Ammo bu savdo 

balansini yaxshilashga zamin yaratdi. Mahsulot arzonligi bois eksport va xizmat 

ko‘rsatish ko‘rsatkichlari 10 % gacha o‘sdi, import esa 1,3 % ga kamaydi; 

Butunjahon savdo tashkiloti (BJST) doirasida mamlakat 1994 yil bahorida 

poshlina uchun bojlarni pasaytirdi. Natijada yalpi ichki mahsulot (YAIM) 

tayyorlashda so‘nggi sakkiz yil ichida 2 % lik o‘sish kuzatildi; 

1993 yilda transmilliy korporatsiya (TMK)lar bu yerdan barcha sohalardagi 

mahsulotlarni erkin sotib olishlari uchun eshiklar ochib qo‘yildi. Haridorlarni 

ko‘proq farmatsevtika, kosmetika va zamonaviy texnologiyalar sanoati qiziqtirdi. 

Natijada eksport ulushida AQSH, Shvesariya, Angliya, Fransiya va nemis 

firmalarining o‘rni salmoqli tus oldi. 

Eksport salohiyatida kredit va sug‘urta tizimida joriy etilgan imtiyozlar 

alohida mazmun kasb etdi. Bu sohalarni soddalashtirish va amaliyotga doimiy 

tadbiq etib borish maqsadida 1978 yilda tashkil etilgan kreditlarni sug‘urtalash 

milliy institutida ixtisoslashgan eksport kreditlarini sug‘urtalash (CAZE) bo‘limi 

ochildi. Bu bo‘lim faoliyatini davlat moliya vazirligi o‘z nazoratiga oldi. Uning 

asosiy funksiyasi uzoq, o‘rta va qisqa muddatli eksport kreditlarinini sug‘artalash, 

eksport mukofatlarini taqsimlashdan iborat bo‘ldi. CAZE hozirda ham 150 ta 

mamlakatning eksport kreditlarini sug‘urtalagan. 

Ayni kunda bu bo‘lim Italiyadan olib ketilayotgan zamonaviy texnologiyalar, 

litsenziya va patentlar, shuningdek, investitsiya va xomashyolarni harid 

qilinishidagi mablag‘larni ham sug‘urta qilmoqda. Bu ilgaridek, uchinchi 

davlatning vositachilik faoliyatiga chek qo‘ydi, endilikda bu bo‘lim nufuzi ham 

oshgan. 


Italiya tajribasida eksport krediti ikki xil firmalar va banklar krediti 

yo‘nalishlariga ega. Firma kreditlari xorijlik ishbilarmonlar uchun vositachilik 

harajatlarini yo‘q qilgan holda taqdim etilgan kreditning 75-80 foizini davlat 

kafolati bo‘yicha saqlashni, bank krediti esa tuzilgan shartnoma bo‘yicha 80-85 

foizigacha davlat kafolatini berishni o‘z zimmasiga olgan: 

eksportni rag‘batlantirish uchun eksport qiluvchilar to‘lovlaridan ozod qilindi; 



muddatda ko‘rsatganidan ertaroq import qilishgan va mahsulotni qayta ishlab 

eksportga chiqargan mijozlar bojxona poshlinalarini to‘lamaydigan bo‘lishdi; 

davlat byudjetiga qaytarilmagan katta hajmdagi mablag‘ mamlakat sanoat 



korxonalarini modernizatsiya qilish, eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish 

va raqobatbardosh tovarlar salmog‘ini oshirishga yo‘naltirildi. 

Shunday qilib, Italiya siyosati milliy eksportni rag‘batlantirish orqali 

mamlakatning asosiy hududlarida tom ma’nodagi iqtisodiy siyosatni vujudga 

keltirdi. 

Foydalanilgan adbiyotlar ro’yhati: 

1. Zaynutdinov Sh. N. va boshqalar. Menejment asoslari. Т., Moliya, 2001. 

2. Sharifxo’jayev M, Abdullayev Yo. Menejment. Т.: O’qituvchi. 2002. 

3. Kattakishiyev B, Mamayusupov I. Strategik menejment.-T.:”Fan va 

texnologiya”, 2008. 

4. Qosimov G’.M. Menejment.-T.:”O’zbekiston”, 2002. 

5. Rasulov M. R. Bozor iqtisodiyoti asoslari.-T.:”O’zbekiston”, 1999. 

6. G’ulomov S.S. Menejment asoslari –T.:”Sharq”, 2002. 

7. Sharifxo`jayev M, Abdullayev Y. Menejment. – T.: “O’qituvchi”, 2002. 

8. Zaynutdinov SH.N. va boshqalar. Menejment asoslari.-T.:”Moliya”, 2001. 

Foydalanilgan internet saytlari: 

1.

www.uz.wikipedia.org 



2.

www.alldata.uz 

3.

www.hozir.org 



4.

www.fayllar.org 

5.

www.library.ziyonet.uz 



6. www.ecsoman.edu.ru - Rossiya Federatsiya oliy o’quv yurtlarida o’qitilayotgan 

fanlar bo’yicha o’quv-uslubiy komplekslar; 

7. http://sunny.ccas.ru/library.html – Jahon kutubxonalari serveri; 

8. www.cfin.ru - jamoaviy (korporativ) menejment; 

9. www.salesmanagment.ru – sotuvni boshqarish; 

10. www.gaap.ru - Хalqaro standartlar. 




http://hozir.org
Yüklə 22,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin