Mavzu; Minerallar va tog’ jinslari. Ularning fizik tasnifi. Endogen jarayonlar. Tektonik va neotektonik harakatlar



Yüklə 0,97 Mb.
səhifə4/4
tarix26.11.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#135421
1   2   3   4
Geologiyadan 3-mustaqil ish A.Malika

Tektonika

  • Tektonik harakatlar - Yer qaʼrida sodir boʻlgan jarayonlar natijasida vujudga kelgan Yer poʻsti harakatlari; Yer poʻsti va asosan Yer mantiyasidati kuchlar taʼsirida sodir boʻlib, poʻstni tashkil etgan jinslarni deformatsiyaga olib keladi. Tektonik harakatlar, odatda, deformatsiyaga uchragan togʻ jinslarining kimyoviy tarkibi, fazaviy holati (mineral tarkibi) va ichki strukturasining oʻzgarishi bilan bogʻliq. Tektonik harakatlar bir vaqtning oʻzida juda katta maydonni oʻz ichiga oladi. Geodezik oʻlchashlarning koʻrsatishicha, butun Yer yuzasi uzluksiz harakatda boʻladi, lekin Tektonik harakatlar tezligi katta emas: yiliga 0,01 mm dan 0,1 mm gacha yetadi. Bu harakatlar juda uzoq geologik vaqt (oʻnlab — yuzlab mln. yil) davom etib, toʻplanishi natijasida Yer poʻstining ayrim qismlarida yirik siljishlar roʻy beradi. Amerikalik geolog G. Jilbert (1890) T.gʻ. ni epeyrogenik (Yer yuzida katta maydonlarning uzoq vaqt koʻtarilishi va choʻkishi) vaorogenik (muayyan zonalarda burmalar hosil boʻlib, togʻ tizmalarining shakllanishi) harakatlarga boʻlishni taklif etdi, nemis geologi X. Shtille (1919) bu tasnifni rivojlantirdi. Uning asosiy kamchiligi oʻzaro farq qiluvchi 2 xil jarayon — burma va uzilma hosil boʻlishi bilan togʻ hosil boʻlishini yagona orogenez tushunchasi bilan izoxlanishidir. Shu tufayli boshqa tasniflar taklif etilgan. Rus geologlari A. P. Karpinskiy, M. M. Tetyayev Tektonik harakatlarni tebranma burmali va uzilmali harakatlarga ajratdilar.

Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin