Minerallarni bir-biridan ajratishda nomini aniqlashda minerallarning fizik xususiyatlaridan, ximik analiz qilish yo‘lidan va rentgen analiz qilish yo‘llaridan foydalaniladi. Bu usullardan ximik analiz qilish va rentgen analiz qilish juda ko‘p mablax talab qiladi. Bo‘lardan minerallarni osonroq, bir qarashda aniqlash - fizik xususiyatlarini bilishdan iboratdir. Minerallarning fizik xususiyatlari quyidagilardan iborat: 1. Optik xususiyatlari: 1) Shaffofligi, a) Shaffof, b) Shaffof emas, v) Yarim Shaffof. 2) Rangi 3) Chizigining rangi 4) Yaltirashi: a) Shishadek, b) olmosdek, v) metalsimon, g) ipaksimon, d) matosimon 2.Mexanik xususiyatlari: 1) Qattiqligi 2) Ulanish tekisligi va sinish yuzalari - a) O‘ta mukammal (slyudalar va xloriyalar), b) Mukammal (Kal‘tsit, galenit, tosh tuzi), v) O‘rtacha (dala shpati, magniy-kal‘tsiy, silikat), g) Nomukammal (opatit, kassityerit, S), d) O‘ta mukammal bo‘lmagan (qorund, oltin, platina) 3) Mo‘rtligi, pachaklanuvchanligi, quyishqoqligi (ikkinchi darajali). 1) Solishtirma og‘irligi. 2) Magnit tortishi 3) Radifaolligi 4. Morfologik xususiyatlari: 1) Kristallarining qiyofasi 2) Qo‘shaloq kristallari 3) Kristal yonlaridagi chiziqlari. 1.Minerallarning rangi: Tabiatda minerallar juda xilma–xildir.Minerallarni qo‘lga olar ekanmiz, ularning rangi bir qarashdayoq beixtiyor diqqatimizni o‘ziga tortadi. Shuning uchun xam minerallarning rangi eng muxim diagnostika belgilardan biridir. Tabiatda uchraydigan minerallardan nomi uning rangiga qarab berilgan. Masalan: Lazurit, azurit (Frantso‘zcha "azur" - lazur‘), xlorid (grekcha "xloros" - yashil), rubin (lotincha "ruber" - qizil), rodonit (grekcha "rodon" - pushti), krokroit (grekcha "krakos" - shafron, ya‘ni bu yerda – sarg‘ich – qizil rangi e‘tiborga olingan). auripigment (lotincha "aurum" - oltin). xrizolit, xrizoberile (grekcha "xrizos" - oltin). 2. Minerallarning o‘zidan kuyosh nurini o‘tkazish qobiliyati ularning Shaffofligi deb ataladi. Minerallar o‘ziga tushayotgan nurning bir qismini o‘zidan o‘tkazib yuboradi, bir qismini esa kaytaradi, buning natijasida minerallarning yuzasi yaltiraydi. Bu yaltiroklik minerallarning rangiga bog‘liq bo‘lmasdan, mineralning yuzasidan kaytgan nurning miqdoriga bog‘liqdir. Mineralning yuzasi kanchalik sillik va o‘zidan kanchalik ko‘p nurni kaytarsa, shunchalik kuchli yaltiraydi. Minerallarning yaltirokligi xar xil bo‘lib, ba‘zilariniki masalan, kvarts, kal‘tsit, angidrit, rogovaya obmanka, dala shpati va slyudaniki shishaning yaltirokligiga uxshaydi