Вид bo’limining Строка формул bo’limi formulalar bilan ishlash satrini ekranda hosil qiladi yoki aksincha.
Вставка bo’limi katak, satr, ustun va varaq ustida amallar bajarish uchun mo’ljallangan bo’lib, ularning mazmuni quyidagicha:
Ячейки – jadvalga yangi katak qo’shish;
Строки – jadvalga yangi satr qo’shish;
Столбцы – varaqqa yangi ustunlar qo’shish;
Лист – ishchi kitobga yangi varaq qo’shish;
Диаграмма- diagrammalar tashkil etish;
Разрыв страницы – sahifani ajratish;
Функция – funksiyalarni tanlash;
Имя – ishchi kitobga nom berish;
Примечание – izohlar hosil qilish;
Рисунок - tasvirlarni hosil qilish, chiqarish;
Карта – xaritalar hosil qilish.
Формат bo’limi Excel dasturida formatlashni asosan katak, satr, ustunlarning ustida bajaradi. Bo’lim bandlarida satrlarning balandligi, ustunlarning eni, katak chiziqlarini hosil qilish va yo’qotish, yangi varaq hosil qilish, unga nom berish vazifalari amalga oshiriladi. Стиль bandida satr yoki ustun nomi belgilanishi, katakda ma‘lumotlarning berilishi va tuldirish usullari aniqlanadi. Katakda yozuvlarning alifbosi va o’lchamini belgilash mumkin.
Сервис bo’limi Office muhitidagi amaliy dasturlarnikiga o'xshash.
Данные bo’limi bandlari kataklardagi qiymatlar ustida amallar bajarishga mo’ljallangan:
Сортировка – qiymatlarni tartiblash;
Фильтр – biror belgi yoki shart bo’yicha saralash;