Mavzu: Mustaqillik yillarida O'zbekistonda milliy urf-odatlar, qadriyatlar va an'analarning qayta tiklanishi



Yüklə 87,9 Kb.
səhifə3/4
tarix02.12.2023
ölçüsü87,9 Kb.
#137079
1   2   3   4
Mustaqillik yillarida O\'zbekistonda milliy urf-odatlar, qadriyatlar va an\'analarning qayta tiklanishi.

3. Madaniyat va san'at sohasining rivojlanishi. Xalqaro ko‘rik-tanlovlarning o‘tkazilishi. Milliy sport turlarining rivojlantirilishi. Beshta tashabbus va uning yuksak ma'naviy madaniyatni ta'minlashdagi o‘rni. O’zbekiston hududida xalqning ulug’vor va shonli tarixiga oid 2000 dan ortiq yodgorliklar ta’mirlandi. O’zbek xalqining ming yillar davomida shakllangan, mustamlakachilik davrida oyoq-osti qilingan, insonparvar urf-odatlari va an’analari, madaniy qadriyatlari ehtiyotlab tiklandi va yangi ma’no-mazmun bilan boyitildi.
Maqomchilar, to’y-marosim qo’shiqlari, shoir-baxshilar va folklor-etnografik dastalarning o’nlab ko’rik-tanlovlari o’tkazildi. Pianinochi va skripkachilarning simfonik va kamer musiqalari, zamonaviy estrada guruhlarining festival va tanlovlari bo’lib o’tmoqda. 1997 yildan e’tiboran “Sharq taronalari”, Prezident Sh.Mirziyoyev qaroriga binoan 2018 yildan e’tiboran “Maqom”, “Baxshichilik” Xalqaro festivallari o’tkazib kelinmoqda.
Mamlakatimizda o’zbek tilining xalq va davlat turmushidagi o’rni va ahamiyati qayta tiklandi. Davlat tili haqidagi qonunda o’zbek tili o’zbek xalqining ma’naviy mulki ekanligi, uning ravnaqi, qo’llanilishi va muhofazasi davlat tomonidan ta’minlanishi belgilab qo’yildi. Oliy davlat hokimiyati, mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlarida, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda ish yuritish asosan o’zbek tilida olib borilmoqda.
Respublikamizning ma’muriy-hududiy birliklari, ko’chalari, geografik o’rinlarning nomlariga yagona milliy shakl berildi va o’zbek tilida yozib qo’yildi. Natijada o’zbek xalqining milliy qadr-qimmati qayta tiklandi va mustahkamlandi. Shuningdek, O’zbekistonda istiqomat qilayotgan barcha millat va elatlarning tillari, qadr-qimmati ham o’z o’rniga qo’yildi.
Mamlakatimizda mustaqillik yillarida yoshlarni ma'naviy yetuk va jismonan sog‘lom, vatanparvar va fidoyi etib tarbiyalash, ularni ma'nan yetuk, barkamol, intellektual salohiyatli, komil shaxs sifatida shakllantirish maqsadida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Mamlakatimizda mustaqillik yillarida aholi keng qatlamini, ayniqsa, yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishga jalb qilish maqsadida yaxlit infratuzilma yaratildi, zamonaviy talablarga javob beradigan ko‘plab ob'ektlar barpo etilib, ulardan samarali foydalanish yo‘lga qo‘yildi. O‘zbekiston yirik xalqaro musobaqalar, xususan, boks, taekvondo, erkin kurash, qilichbozlik va boshqa sport turlari bo‘yicha jahon va Osiyo chempionatlari o‘tkaziladigan mamlakatga aylandi.
Prezidentimiz tashabbusi bilan 2002 yilda Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etilishi sog‘lom avlodni jismoniy jihatdan baquvvat qilib tarbiyalashda muhim qadam bo‘ldi. O‘tgan davr mobaynida ushbu jamg‘arma mablag‘lari hisobidan 1701 sport inshooti barpo etildi, ularda zamonaviy talablarga javob beradigan mustahkam moddiy-texnik va kadrlar bazasi jamlandi. Bular, shak-shubhasiz, sport bilan shug‘ullanishni ommalashtirishga, bolalar salomatligini mustahkamlashga, xalqaro arenalarda yoshlarimizning yuqori natijalarni qo‘lga kiritishiga, Vatanimiz nufuzini oshirishga xizmat qilmoqda. Qolaversa, mutlaq sog‘lom bolalar soni 2014 yilda 64,5 foizga yetdi. Vaholonki, 2005 yilda bu ko‘rsatkich 52,7 foizni tashkil qilar edi.
Shuni alohida ta'kidlash joizki, “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonun mustaqil davlatchiligimizda qabul qilingan ilk hujjatlardan hisoblanadi. O‘zbekiston 1993 yilda Xalqaro olimpiya qo‘mitasi, qator sport federatsiyalariga a'zo bo‘ldi. Terma jamoamiz Olimpiada o‘yinlari, jahon chemionatlarida mustaqil O‘zbekiston Respublikasi bayrog‘i ostida qatnasha boshladi.
O‘tgan yillar davomida yurtimiz sporti jadal rivojlandi. Bugungi kunda vakillarimiz eng nufuzli musobaqalarda mamlakatimiz sha'nini munosib himoya qilib kelishmoqda. Ularning tayyorgarlik va mahorati sezilarli darajada oshdi. Sport amalda ommaviy harakatga aylandi. Hozirgi kunda ikki million nafardan ortiq yigit-qizlarimiz sport bilan muntazam shug‘ullanmoqda.
Darhaqiqat, o‘tgan davr mobaynida hayotimizda juda ko‘p ijobiy o‘zgarishlar yuz berdi. O‘z navbatida, sohada malaka va talablar oshib borayotgani hamda tizimda kadrlar siyosatini yuritish amaldagi qonunchilikni takomillashtirish zaruratini tug‘dirdi. Yangi tahrirdagi “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonun jismoniy tarbiya va sport sohasidagi munosabatlarni tartibga solishning sifat jihatdan mutlaqo yangi huquqiy asoslarini yaratadi.
Bugungi kunda barcha hududlarda zamonaviy sport inshootlari qurilishi bilan bir qatorda, zarur sport inventarlari va jihozlarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilmoqda. Yangi tahrirdagi “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonunda bu masalaga alohida e'tibor qaratilgani nihoyatda muhimdir.
So‘nggi yillarda davlat va xalqaro standartlarga javob beradigan sport anjomlari, inventarlari va kiyimlarini ishlab chiqarish keng rivojlanmoqda. Mahalliy korxonalar salohiyati hisobga olingan holda sport tovarlari katalogi tuzib chiqilgan.
O‘zbekistonda ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturi asosida mahalliy xom ashyodan bolalar sporti inshootlarini jihozlashda foydalaniladigan 120 dan ortiq turda inventarlar va yuzdan ziyod turda sport buyumlari ishlab chiqarilmoqda.
Respublikada oxirgi yillarda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, imkoniyatlari cheklangan shaxslarning jismoniy reabilitatsiyasi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish hamda mamlakatning xalqaro sport maydonlarida munosib ishtirok etishini ta'minlash borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, jismoniy tarbiya va sport sohasida aholi sog‘lig‘ini mustahkamlashga ko‘maklashadigan aniq dasturlarni amaliyotga joriy etish, yoshlarni sportga keng jalb qilish va ular orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish, sport turlari bo‘yicha yuqori natijalarni ta'minlaydigan mahoratli sportchilar bilan milliy terma jamoalarni shakllantirish va trenerlar uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish zarurati mavjud.
Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning 2020 yil 24 yanvardagi farmoniga muvofiq, mamlakatda yuksak madaniyatga ega bo‘lgan har tomonlama yetuk hamda jismonan sog‘lom insonni shakllantirish maqsadida aholining jismoniy tarbiya va sport sohasida malaka va bilimlarini orttirishga qaratilgan ustuvor yo‘nalishlarni belgilash, iqtidorli sportchilarni tanlab olish (seleksiya) jarayoniga innovatsion shakllar va usullarni joriy etish maqsadida jismoniy tarbiya va sport tizimini isloh qilishning 2025 yilgacha asosiy yo‘nalishlari etib belgilanib, jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanayotgan aholining umumiy sonini 30 foizgacha, sport tashkilot va muassasalarida shug‘ullanayot-gan yoshlarning umumiy sonini 20 foizgacha oshirish, davlat sport ta'limi muassasalarida trener va mutaxassislarning sifat tarkibi, xususan, oliy ma'lumotli xodimlar sonini bosqichma-bosqich 80 foizgacha yetkazish kаbi dolzarb masalalar belgilangan.
Yurtimizda yoshlar masalasi, ularning barkamol shaxs sifatida kelajakda har tomonlama yetuk, raqobatbardosh malakaga ega kadrlar qilib tarbiyalash masalasi davlat siyosati darajasida qaralib, chuqur islohotlar olib borilmoqda. Ayniqsa, keyingi yillarda mamlakatimiz rivojlangan xorijiy davlatlarning sportni rivojlantirishga qaratilgan taktikalari har tomonlama o‘rganilib, o‘zimizga xos va o‘zimizga mos ravishda ishlab chiqilib, hayotga tatbiq etila boshlandi. Respublikamiz tarixida ana shunday strategik ahamiyatga ega bo‘lgan tarixiy hujjat “O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish chora–tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni e'lon qilindi.
Ta'kidlash lozimki, Mustaqillik yillarida yurtimizda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda mamlakatning xalqaro sport maydonlarida munosib ishtirok etishini ta'minlash borasida samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Lekin, jismoniy tarbiya va sport sohasida aholi sog‘lig‘ini mustahkamlashga ko‘maklashadigan aniq dasturlarning yetishmasligi, Oliy ta'lim muassasalarida yoshlarni sportga keng jalb qilish va ular orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish, sport turlari bo‘yicha yuqori natijalarni ta'minlaydigan mahoratli sportchilar bilan milliy terma jamoalarni shakllantirish va trenerlar uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish masalalarida kamchiliklarning ham borligi hyech kimga sir emasdi.
Muhtaram Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan mazkur Farmon, avvalo, yuqorida ta'kidlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf qilishga qaratilganligi bilan, shuningdek, yurtimizda yuksak madaniyatga ega bo‘lgan har tomonlama yetuk hamda jismonan sog‘lom insonni shakllantirish maqsadida aholining jismoniy tarbiya va sport sohasida malaka va bilimlarini orttirishga qaratilgan ustuvor yo‘nalishlarni belgilashga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.
Eng asosiysi, mazkur strategik hujjatga muvofiq, jismoniy tarbiya va sport tizimini 2025 yilgacha isloh qilishning asosiy yo‘nalishlari belgilab berildi va bu bo‘yicha Konsepsiya hamda Yo‘l xaritasi ishlab chiqildi.
Quvonarli jihati shundaki, jamiyatimizda aholini sog‘lom turmush tarzi tamoyillariga o‘rgatishga yo‘naltirilgan bir qator choralar belgilanganki, unga muvofiq jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanayotgan aholining umumiy sonini yillar kesimida 30 foizgacha, sport tashkilot va muassasalarida shug‘ullanayotgan yoshlarning umumiy sonini 20 foizgacha oshirish ko‘zda tutilgan. Shuningdek, davlat sport ta'limi muassasalarida trener va mutaxassislarning sifat tarkibi, xususan, oliy ma'lumotli xodimlar sonini bosqichma-bosqich 80 foizgacha yetkazishga alohida e'tibor qaratilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tizimidagi sport maktablari o‘quvchi-sportchilari o‘rtasida “Bolalar sport o‘yinlari”ni o‘tkazish orqali iqtidorli sportchilarni aniqlash va yoshlar terma jamoalariga zaxira yaratish hamda oliy ta'lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Talabalar sport o‘yinlari”ni tashkil etish natijasida talabalarni sport bilan muntazam shug‘ullanishga erishish tizimining mexanizmi yaratildi.
Aholining keng qatlamlari, jumladan, umumta'lim maktabi o‘quvchilari, professional va oliy ta'lim muassasalari o‘quvchi va talabalari o‘rtasida jismoniy tarbiyani ommalashtirish, ular orasida iqtidorlilarini aniqlash maqsadida “Umumta'lim maktab sporti” festivali, “Jismoniy tayyorgarligi rivojlangan muassasa” ko‘rik-tanlovini bosqichma-bosqich (tuman, shahar, hudud, respublika) o‘tkazish tizimini ishlab chiqib, tayyorgarlik darajasi rivojlangan eng yaxshi umumta'lim maktabi, professional va oliy ta'lim muassasasi nominatsiyasini joriy etilishi esa oliy ta'lim bilan umumiy o‘rta maxsus ta'lim muassasalarining uzviyligini ta'minlovchi yangicha mexanizm sifatida alohida ta'kidlash lozim.
Oldinlari kuzatilmagan yana bir o‘ziga xoslik shundaki, yurtimiz yoshlari uchun yana bir imkoniyat yaratildi, ya'ni, olimpiya va paralimpiya sport turlari bo‘yicha Olimpiya va Paralimpiya hamda Osiyo va Paraosiyo o‘yinlari, jahon, Osiyo va respublika chempionatlarida oxirgi uch yilda g‘olib va sovrindor (1-3 o‘rin) bo‘lgan sportchi-yoshlarni oliy ta'lim muassasalariga (tibbiyot yo‘nalishidan tashqari) uch yil muddat davomida amal qiluvchi sertifikat asosida qo‘shimcha davlat granti asosida imtihon sinovlarisiz qabul qilish tizimi yaratildi.

Yüklə 87,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin