Mavzu: Ona tili darslarida Uyushiq bo‘lakli gaplarni o‘quvchilarga o‘rgatish



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/12
tarix01.01.2022
ölçüsü0,7 Mb.
#110365
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
ona tili darslarida uyushiq bolakli gaplarni oquvchilarga orgatish

 1. Asfalt ko‘chadan avtobuslar va yengil mashinalar o‘tib turadi. 

 2. Ona sahar paytigacha o‘tirib chiqdi, lekin toliqmadi.  

 3. G‘o‘za shoxlari oqish, pushti rang gullar bilan bezangan.  

 4. Sardor qo‘rqmas va kamtar, kamgap va qaysar bir bola edi.  

Gaplarni  o‘qib,  uyushiq  bo‘laklarni  toping.  Ular  qaysi  so‘roqlarga  javob 

bo‘layotganini, gapning qaysi bo‘lagiga bog‘langanini ayting. 

Gapning  qaysi  bo‘laklari  uyushgan?  Nima  uchun  ular  uyushiq  bo‘laklar 

deyiladi? 

Qaysi  uyushiq  bo‘laklar  orasiga  vergul  qo’yilmagan?  qaysilarida  vergul 

qo’yilgan? Nima uchun? qaysi gapda bo‘laklar juft holda qo‘llangan? 

Bu  topshiriqlar  asosida  o‘tkazilgan  tahlil  natijasida  gapning  uyushiq 

bo‘laklari haqida quyi  sinflarda  o‘tilganlar  takrorlanib,  xulosa  qilinadi:  gapda  bir 

xil so‘roqda javob bo‘lgan, gapning bir bo‘lagiga bog‘langan birdan ortiq bo‘laklar 

uyushiq bo‘laklar   deyiladi. Gapning   egasi,  kesimi,   ikkinchi darajali bo‘laklari 

—  to‘ldiruvchi,  aniqlovchi  va  hol  uyushib  kela  oladi.  Uyushiq  bo‘laklar  o‘zaro 

teng bog‘lovchilar yoki bog‘lovchilarsiz sanash ohangi yordamida bog‘lanib, bir-

biridan  pauza  bilan  ajratilib,  sanash  ohangi  bilan  aytiladi.  Bunday  ohangga  rioya 

qilinmagan ayrim o‘rinlarda uyushiq bo‘laklar hosil bo‘lmasligi mumkin: 

 Bog‘imizga anjir, shaftoli, nok, jiyda ko‘chatlari o‘tqizdik. 

 Bog‘imizga anjir shaftoli, nok, jiyda ko‘chatlari o‘tqizdik. 



 

 

Va  bog‘lovchisi  qo‘llangan  uyushiq  bo‘laklar  orasiga  vergul  qo‘yilmaydi. 



Uyushiq  bo‘laklar  o‘zaro  ammo,  lekin,  biroq  bog‘lovchilari  yordami  bilan 

bog‘lansa,  bu  bog‘lovchilardan  oldin  vergul  qo‘yiladi.  Bog‘lovchisiz  bog‘langan 

uyushiq bo‘laklar orasiga vergul quyiladi.  

Uyushiq bo‘laklar juft holda ham qo‘llanadi. Juft holda  qo’llangan uyushiq 

bo‘laklarning  ohangi  o’ziga  xos:  har  bir  juft  uyushiq  bo‘lakning  birinchi  so‘zida 

ovoz kutariladi, keyingisida esa pasayadi, har bir juft uyushiq bo‘lak keyingisidan 

pauza orqali ajratiladi. 

Masalan:  Odamning  eng  shirin,  lazzatli  va  halol  taomi  o`z  mehnati,  qo`l 



kuchi bilan topgan rizqidir.  

Mazkur  gapda  eng  shirin,  lazzatli  va  halol  hamda  o`z  mehnati,  qo`l  kuchi 

bilan  guruh  so`zshakllari  uyushib  kelgan.  Bunda  birinchi  guruhdagi  so`zshakllar 

bir  xil  so`roqqa  -  qanday?  degan  so`rog`iga  javob  bo`lib,  sifatlovchi  vazifasini 

bajargani holda, taomi umumiy bo`lagiga – egaga bog`langan; ikkinchi guruhdagi 

so`zshakllar ham bir xil so`roqqa - qanday? so`rog`iga javob bo`lib hol vazifasida 

kelib,  topgan  umumiy  bo`lagiga  –  sifatlovchiga  bog`langan.  Har  bir  guruhdagi 

so`zshakllar o`zaro teng aloqaga kirishgan. 

Bunday  teng  aloqadagi  so`zshakllar  soni  ikkidan  va  undan  ortiq  bo`lib, 

keyingi  paytlarda  ular  tilshunoslikda    “uyushiq  qator”,  “tenglanishli  qator”  deb 

yuritilmoqda.  Tenglanishli  qatorda  ikkidan  tortib  o`n,  hatto  undan  ko`p  so`zshakl 

qatnashishi  mumkin:  Saroytoshning  ikki  tomonida  qad  ko`targan  dara  sohillari, 



undagi archazorlar, soy bo`yida o`sguvchi yulg`unzoru bizning uyimiz yaqinidagi 

eski  chashma,  chashma  atrofida  ko`karib  yotadigan  nilufarlar,  yana  qishloqning 

tor,  egri-bugri  ko`chalari,  muyulishda  do`mpaygan  go`ng  to`dalari,  atrofdan 

eshitilib turadigan kakliklar sayrog`i, oqshom tushganida uylar ayvonida yonuvchi 

chiroqlar,  chiroqlar  tevaragida  qur  tutib  suhbatga  berilgan  odamlar  –  bularning 


Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin