O`qish darslarini o`rgatish davrida o`quvchilarni unli va undosh tovushlarni to`g`ri talaffuz qilish va o`qishga o‟rgatish darslarini tashkil etish bo`yicha olib borilgan tajriba-sinov ishlari mazmuni va ularning natijalari
Kurs ishi mavzusi yuzasidan dastlab metodik adabiyotlar, boshlang`ich sinf davlat ta`lim standarti, O`qish darslarini o`rgatish dasturi va “Alifbe” darsligi o`rganildi. O`qish darslarini o`rgatish davrida o`quvchilarni unli va undosh tovushlarni to`g`ri talaffuz qilish va o`qishga o‟rgatish, bu jarayonda pedagogik texnologiyalardan foydalanishning ahvoli aniqlandi.
Kurs ishiimizga doir dars namunalari Farg‟ona viloyati Yozyovon tumanidagi 26-maktabda tajriba-sinovdan o`tkazildi. Tajribada 1- sinflardan jami 95 o`quvchi ishtirok etdi. Tajriba natijalarini quyidagi ko`rsatkichda ifoda etdik:
Biz taklif etgan texnologiyalar asosida mashg`ulotlar tashkil qilindi. Bu davrda quyidagi tajriba-sinov ishlari amalga oshirildi:
O`qituvchi va o`quvchilar faoliyati doimiy kuzatildi.
Dars ishlab chiqilgan tavsiyalar asosida tashkil qilindi.
Maxsus tavsiyalar asosida o`tkazilgan pedagogik tajribaning natijalari quyida keltirilgan va tahlil qilingan. Pedagogik tajriba boshlanishidan oldin tanlab olingan sinov sinflardagi o`quvchilarning o`qishi bilan oddiy sinflardagi o`quvchilarning o`qishi o`rtasida katta farq yuzaga keldi. Bular to`g`ri o`qib, o`qiganlari yuzasidan savollarga bergan javoblarida sezildi. Eksperiment sinflardagi o`quvchilarning maxsus mashqlar o`tkazilmagan paytdagi o`qish sur`atlari asosida olgan baholarini keltiramiz.
N
|
Maktab
|
Sinfi
|
O`quvchi lar soni
|
O`zlashtirish darajasi
|
Sifat o`zlashti
-rish
|
`5` `4` `3` `2`
|
1
|
18-maktab
|
1“A“
|
33
|
6
|
14
|
13
|
|
60%
|
2
|
25-maktab
|
1“A“
|
32
|
7
|
12
|
13
|
-
|
59 %
|
3
|
13-maktab
|
1“A“
|
30
|
7
|
14
|
9
|
|
70 %
|
Tajriba-sinov uchun tanlangan sinflarda o`quvchilarning o`qish ko`nikmalarini o`zlashtirish darajasi, darsga ishtiroki, darsdan tashqari o`qigan asarlari, qiziqishi aniqlab olindi. Bu yuqoridagi savollar asosida amalga oshirildi.
O`quv yili boshidan o`qituvchilarga har bir bolaning o`qishini sinchiklab o`rganish, alifbe darslarida biz bergan tavsiyalar yordamida mashg`ulotlarni tashkil etish topshirildi. Har bir bola bilan individual ishlash amalga oshirildi. O`quv yili oxirida tajriba-sinov ishlaridan so`ng o`quvchilarning o`qish ko`nikmalari aniqlandi va ular jadvalda quyidagi ko`rinishga ega bo`ldi.
N
|
Maktablar
|
Sinfi
|
O`quvchi lar soni
|
O`zlashtirish darajasi
|
Sifat o`zlas hti-
rish
|
`5
`
|
`4
`
|
`3`
|
`2`
|
1
|
18-maktab
|
1 “A“
|
33
|
13
|
14
|
6
|
-
|
81,8
%
|
2
|
26-maktab
|
1“A“
|
32
|
14
|
13
|
5
|
-
|
84%
|
3
|
13-maktab
|
1 “A“
|
30
|
11
|
15
|
4
|
-
|
86,6
%
|
O`quv yili davomida alifbe darslari texnologiyalar asosida talab darajasida tashkil etildi. O`quvchilarning ishtiroki, faoliyati o`rganib borildi.
O`quvchilarning o`qishga munosabati o`zgardi. O`quv yili oxirida badiiy asar o`qishga qiziquvchilar soni 79 taga yetdi.
Quyida biz tajriba-sinovdan o`tkazgan dars ishlanmalarimizni keltiramiz:
Dostları ilə paylaş: |