Mavzu: Oʻqish dasturi tahlili 1-sinf oʻqish kitobi tahlili Reja: I. Kirish II. Asosiy qism



Yüklə 1,42 Mb.
səhifə1/5
tarix14.12.2022
ölçüsü1,42 Mb.
#120988
  1   2   3   4   5
2 g


Mavzu: Oʻqish dasturi tahlili 1-sinf oʻqish kitobi tahlili


Reja:
I. Kirish
II. Asosiy qism:

  1. 1-sinf oʻqish darsligi tahlili

  2. Oʻqish darslarining taʼlim-tarbiyaviy xususiyatlari

  3. Umumlashtiruvchi darsning oʻziga xos xususiyatlari,maqsadi va taʼlim tarbiyaviy imkoniyatlari

IV. Xulosa
V. Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish
O’qish darslari zamirida bolalarning aqliy, axloqiy tarbiyalariga, muomala odoblariga, nutqlarning ravon, nafis, ifodali bo’lishiga, o’quvchilar ruhiy faoliyatini rivojlantirishga xizmat qiladi. O’quvchilarning ruhan tetik, qalban jasur, jismonan sog’lom bo’lib o’sishlariga erishiladi.
O’qish darslarini Davlat talablari asosida hayotiy tajribalarga, kuzatishlarga suyanib, hayotga bog’lab o’tishi uning ta’sirchanligi ongli idrok etishlarini ta’minlaydi. O’qish va nutq o’stirishning ta’limiy - tarbiyaviy maqsadlari, sinflar bo’yicha o’qish mazmunini o’qish ko’nikmalarining og’zaki va yozma nutqlarini rivojlantirish usullarini, o’qish mashg’ulotlarining yozma nutq bilan bog’lanish kabi masalalar aniq kiritilgan.
O’qish darslar davomida o’quvchilar so’zdagi harflarni bir-biriga bog’lab yozish, so’z va gaplarni kichik hamda bosh harflarni alifbe kitobida berilgan tartibda yozishga o’rgatiladi.
O’qish inson hayotida muhim ahamiyatga ega. O’qish orqali inson borliq, jamiyat haqida bilimga ega bo’ladi, o’qishni bilmagan odamning ko’zi ojiz kishidan farqi yo’q. Boshlang’ich sinfda o’qish faoliyati barcha fan darslarida amalga oshiriladi. Lekin o’qishga o’rgatishning yo’l-yo’riqlarini o’qish metodikasi ishlab chiqadi. O’qish metodikasining kichik yoshdagi o’quvchilarning umumiy rivojlanishi, psixologiyasi, xususiy metodika sohasidagi yutuqlar bog’liq fanlar yutug’i asosida shakllanib boradi.Masalan, eski maktablarda o’qish quruq yod olish metodida o’rganilgan bo’lsa, hozirgi maktablarda o’qish izohli o’qish metodida olib boriladi. Yod olish metodida matndagi so’zlarga izoh berishga, mazmunini tushuntirishga, o’qilganni qayta hikoyalashga, umuman olganda, o’qishning ongli bo’lishiga mutlaqo e’tibor berilmagan. Ularda ko’proq to’g’ri talaffuzga, qiroat bilan o’qishga, ifodali o’qishga katta e’tibor berilgan.



Yüklə 1,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin