Taklifnoma Assalomu alaykum hurmatli ota – ona! Sizdan 11-fevral shanba kuni soat 1400 da maktabimizda o’tkaziladigan ota –onalar yig’ilishiga kelishingizni iltimos qilaman. Siz farzandingizni juda yaxshi ko’rasiz va albatta kelasiz deb ishonch bildiraman. Sinf rahbari: ___________________ Ota-onalar yig’ilishiga sinfxonasi toza va ozoda holda tayyorlangan bo’lishi kerak! Sinfga o’quvchilar ishlaridan namuna sifatida ko’rgazma tashkil qilish, sinf hayotidan lavhalar ko’rsatish kerak.
“Bilimlar sinovi”, ko’rik – tanlovlarida va sport musobaqalarida g’olib bo’lgan o’quvchilarning ota-onalariga tashakkurnoma beriladi.
Ota-onalar yig’ilishini o’tkazish o’qituvchining mahoratiga bog’liq.
Ota – onalar yig’ilishini o’tkazish qoidasi
ota-onalar uchun yig’ilish mavzusi dolzarb bo’lishi kerak;
yig’ilish ota-onalar vaqtini hisobga olgan holda o’tkazilishi kerak;
yig’ilish o’tkazish vaqti aniq bo’lishi kerak;
sinf rahbarning ota-onalar bilan o’zaro muloqati samimiy va mustahkam bo’lishi kerak;
ota-onalar yig’ilishida foydali maslahatlar berilishi kerak;
ota-onalarga qo’pol munosabatda bo’lish kerak emas!.