Mavzu: Ota-onalar majlisini tashkil qilish va o’tkazish metodikasi Reja:
I. Kirish.
II. Asosiy qism:
1. Majlis o’tkazishda o’qituvchining pedagogik mahorati.
2.Ota-onalar majlislarini o’tkazish.
3. Majlis davomida ota-onalar uchun so’rovnomalar va takliflar.
III. Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.
Kirish
“Daraxtning kamolga yetgani mevasi
bilan bo’lganidek, baxt – saodatning
mukammal bo’lishi yaxshi xulqda
namoyon bo’ladi”
(Abu Nasr Farobiy) Oila – tarbiya o’chog’i, u jamiyatning bir bo’lagi, Vatan ichidagi mo’jaz Vatan. Oilada sog’lom muhit barqaror, ma’naviyat mustahkam bo’lsa, yurtimiz yanada farovon, mustaqilligimiz boqiy bo’ladi. Inson oilasi bag’rida ertangi, undan keyingi, bir umrlik faoliyati uchun kuch – quvvat to’playdi. Ayniqsa, xalqimiz barcha ezgu, orzu-umidlarini farzandlari, oilasi bilan bog’laydi.
O’zidagi barcha fazilatlarni, ming asrlik milliy qadriyatlarni oila muhitida farzandlariga singdirishga harakat qiladi. Shuning uchun oilani – millat qo’rg’oni, ma’naviyat qo’rg’oni deydilar.
Ota-onalar o’z farzandiga nafaqat moddiy e’tibor, balki ma’naviy tarbiya ham bermog’i, ularning qalb go’zalligiga erishmog’i uchun turli usullardan foydalana bilmog’i kerak.
Bolalarga insoniy fazilatlar, asosan, sinf rahbari orqali singdiriladi.
O’qituvchi – sinf rahbari – o’quvchi – ota-onalarning o’zaro hamkorligi orqali esa bu jarayon maromiga yetkaziladi. Kurs ishining maqsadi: Maktab hamda jamoatchilikning oila ma’naviyatini
yuksaltirishdagi o’rnini o’rganish.
Kurs ishining ob’ekti: Maktab hamda jamoatchilikning oila ma’naviyatini yuksaltirish jarayoni.
Kurs ishining predmeti: Maktab hamda jamoatchilikning oila ma’naviyatini
yuksaltirish mazmuni.
Kurs ishining vazifalari: 1. Mavzuga oid tarixiy, pedagogik, pisixologik, uslubiy manbalarni tahlil
qilish.
2. Maktab hamda jamoatchilikning oila ma’naviyatini yuksaltirishdagi o’rnini
o’rganish.
3. Maktab hamda jamoatchilikning oila ma’naviyatini yuksaltirish yo’llari