Bu usulda og’zaki nutqni transkriptsiyaga yozib olish, yozib olingan matnlarni izohlash, dialektal xususiyatlarni o’rganish, dialektal lug’atlar tuzish monografiyalar yaratish va shu kabilardan iborat
Bu usulda og’zaki nutqni transkriptsiyaga yozib olish, yozib olingan matnlarni izohlash, dialektal xususiyatlarni o’rganish, dialektal lug’atlar tuzish monografiyalar yaratish va shu kabilardan iborat.
O’zbek dialektologiyasida yirik monografik asarlarning paydo bo’lganligi monografik tadqiqot mevasi bo’lib, endilikda shevalarimizni qiyosiy –tarixiy, tipologik tadqiqotining hozirgi zamon aniq va izchil usuli (metodi) til hodisalarining tarqalish chegaralarini aniqlab beruvchi lingvistik geografiya va areologiya asosida ilmiy tekshirishni taqazo qiladi hamda o’zbek xalq shevalari atlasini yaratish masalasini navbatdagi vazifa qilib kun tartibiga qo’yadi.
Monografik usul asosida shevalarni o’rganishda ko’proq dala sharoitida - qishloqlarda yurib ish olib boriladi. Lingvogeografiya unga qaraganda aniq xususiyatga ega. Chunki lingvogeografiya materiallari bilan labaratoriyalar va kabinetlarda shug’ullaniladi. Shu nuqtai nazardan qaraganda morfologik usul bilan shevalar o’rganilib bo’lingach, lingvogeografik tadqiqot uning materiallarini ilmiy labaratoriyalarda tadqiq etishdan, uning davomchisidek, undan o’sib chiqqan deb faraz qilinadi.

Lingvistik geografiyaning asosiy o’rganish ob’ekti – til hodisalari: 1.Izoglassalar, izofonema va izomorfema. 2.Lingvistik atlaslar. 3.Mos hodisalar. 4.Areallar. 5.Lingvografik kartalar va kartalashtirish. 6.Til lanshafti. 7.Aralash zonalar. 8.Innovatsiya markazi. 9. Iradaiatsiya va boshqalar.