Xulosa
YUqorida aytganimizdan xulosa qilib aytish mumkinki, Temur va temuriylar
davrida Movarounnaxrda o’zbeklarning asosini muqim yashovchi turkiy tilli aholi
tashkil qilgan.
O’zbek elatining"tarkibida yarim o’troklikda kun kechiruvchi etnik
guruhlarning ham bo’lganligini yuqorida aytgan edik. Bular XIV—XV asrlar
davomida ham etnik nomlarini va urug’-aymoqlarga bo’linish tartibini saqlab
qolish bilan birga xo’jaliklariga va
modtsiy madaniyatlariga oqd ayrim xususiyatlarini ham saqlab qolgan edilar.
O’zbek xalqining tarkibiga mo’ng’ul tilli aholining ham turkiylashgan
guruhlari kirgan. Ma’lumki mo’ng’ullarning asosiy qismi shu asrlarda
Mo’ng’ulistonda yashar edilar.
CHingizxon bosqinlaridan keyin ularning ayrim guruhlari CHig’atoy
ulusining sharqiy mintaqalariga (Ettisuvda, SHarqiy Turkistonga) kelib joylashgan
edilar. Bular mahalliy aholi ta’sirida til jihatidan turkiylashib, yuqorida
aytganimizdek, mo’rul nomini olgan. Temur tuzugida eslatilgan mo’g’ul etnik
guruxi shu kelgindilardan bo’lgan.
Mo’g’ul guruhlari an’anaviy chorvachilikni davom ettirganlar: Ammo
qadimdan dehqonchilik bilan shug’ullanib kelgan aholining ta’sirida mo’g’ul
guruhlarining madaniyatida, turmush tarzida, tilida va ruhiyatida keskin
o’zgarishlar yuz beradi. XIV—XV asrlarga kelib ular Movarounnaxrning barcha
turkiy aholisi qatori, o’zlarini turk yoki turk-chig’atoy deb nomlashi ularning
hayotida keskin o’zgarishlar yuz berganligidan dalolat beradi.