O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI
Tarix fakulteti “O’zbekiston tarixi” kafedrasi
KURS ISh
Mavzu: O’ZBEK XALQINING ETNIK SHAKLLANISHI
TARIXSHUNOSLIGI
Bajardi:
Raximov S.
Tekshirdi: dos. Xoliqulov R.Sh.
SAMARQAND – 2014 YIL.
Mavzu: O’ZBEK XALQINING ETNIK SHAKLLANISHI
TARIXSHUNOSLIGI
I. KIRISH
II. O’zbyek xalqining kyelib chiqishi haqida ilmiy kontsyeptsiyalar va
qarashlar
1.1. O’zbyek xalqining etnik shakllanishi tarixiga doir olib borilgan
tadqiqotlar
1.2. O’zbyek millatining shakllanish jarayoni va o’zbyek atamasining
umummillat enonimga aylanishi
III. Xulosa
IV. Foydalanilgan adabiyotlar
Mavzuning dolzarbligi Asrimizning 40-yillarigacha xorijiy va sobiq SSSRda
tarixchi olimlar o’rtasida o’zbek xalqining etnik tarixi XV—XVI asrdan, ya’ni
Movarounnahr hududiga dashtiqipchoq o’zbeklarining kirib kelishidan boshlanadi,
degan fikr hukmronlik qilib kelar edi. O’rta Osiyo xalkdarining tarixini mukammal
o’rgangan olimlarning ko’plari bu noilmiy fikrlarga qo’shilmaganlar. SHulardan
biri taniqli olim, professor A. YU. YAkubovskiy edi.
Mavzuning o’rganilish darajasi A. YU. YAkubovskiy 40-yillarning
boshlarida chop etilgan risolasida o’zbek xalqining shakllanishi masalasiga
mutlaqo yangicha, ilmiy asoslar bilan yondashadi. Uning bu masalaga qarashlarini
quyidagicha izohlash mumkin: ko’chmanchi o’zbeklar hozirgi O’zbekiston
hududiga kirib kelganda, ular bu erda (har holda uning katta qismida), hayot
kechirayotgan turkiy aholini uchratadylar. Bu turg’un turkiy aholi ikki daryo (Amu
va Sirdaryo) oralig’ida eng qadim davrlardan buyon yashab kelayotgan (asosan
eron tilli) xalqpar bilan aralashib, qorishish natijasida vujudga kelgan.
Dashtiqipchoqtsan XV asrning oxiri — XVI asr boshlarida ko’chib kelgan
ko’chmanchi qabilalar mahalliy aholi tarkibiga qo’shilgan komponentlar bo’lib
unga o’zbek nomini bergan.
A. YU. YAkubovskiyning fikr-mulohazalaridan ko’rinib turibdiki, o’zbek
xalqi (etnosi) hozirgi O’zbekiston hududida Dashtiqipchoq o’zbeklari ko’chib
kelmasdan ancha oldin tashkil topgan. Bu xulosasi orqali olim, o’sha vaqtlarda
hukm surib kelayotgan — o’zbek xalqi XV—XVI asrlarda tashkil topgan, degan
qarashlar g’ayriilmiy ekanligini aniq tarixiy ma’lumotlar bilan asoslab beradi.
1
A. YU. YAkubovskiyning bunday qimmatli fikrmulohazalari B. D. Grekov
bilan birgaliqtsa yozgan yirik monografiyasida ham aks etgan.
Kitobning uchinchi qismida muallif Dashtiqipchoqqa, Jo’jixon ulusining
shimoli-sharqiy qismiga (Oq O’rdadan)
i
XIV—XV asarlarda ko’chib kelgan
1
A.YU. YAkubоvskiy O’zbеk хalqining yuzaga kеlishi masalasi haqida T.: 1941
o’zbeklar, hozirgi O’zbekiston hududida turg’un yashovchi aholidan bir muncha
farq qilganligini uqgirib o’tadi.
So’zsiz dashtiqipchoq o’zbeklari urug’-qabilachilik an’analarini saqlab,
asosan, chorvachilik bilan shug’ullanib, ko’chmanchilikda kun o’tkazib kelganlar.
Ularning turmush tarzi, madaniyati O’rta Osiyoning Markaziy mintaqalarida
yashovchi mahalliy turg’un aholidan farq qilgan. Ammo, ular Movarounnahr va
Xorazm hududiga kelib o’rnashgach, mahalliy aholi bilan yaqinlashib, qorishib
borishlari natijasida umumiy iqgisodiy va madaniy birlik hosil bo’ladi hamda
buning asosida keyinchalik o’zbek millati tashkil topadi.
1942 yili Ikkinchi jahon urushi jadal borayotgan bir vaqtda (21—29 avgustda)
sobiq SSSR FA Tarix va falsafa bo’limining tashabbusi bilan Toshkent shaxrida
O’rta Osiyo xalqlarining etnogeneziga bag’ishlangan ilmiy sessiya o’tkaziladi.
Anjumanda ilmiy jamoaga yaxshi tanilgan olimlar — S. P. Tolstov, A. D.
Udaltsov, K. V. Trever, I. I. Umnyakov, A N. Bernshtam, L. A. Matsulevich, M.
M. Gerasimov, N. A. Kislyakov, V. V. Ginzburg, A. YU. YAkubovskiy va
boshqalar qatnashgan edilar. Anjumanda O’rta Osiyo xalqiarining etnik tarixi va
etnogenezi masalalariga bag’ishlangan bir necha ma’ruzalar bo’yagan.
Ma’ruzachilar Markaziy Osiyo mintaqalarida qadimdan yashab kelgan o’zbek,
tojik, qozoq, turkman, qirg’iz va qoraqalpoq xalqlarining etnik tarixi juda
qadimdan boshlanganligini va bular bir necha etnik elementlarni o’z tarkibiga
qamrab olib, murakkab etnik jarayonni o’tab, avval elat va keyin millat bo’lib
shakllanganligini aniq dalillar bilan isbotlaydilar.
Urushdan oldingi yillari va urush arafasida G’arbiy evropalik ayrim olimlar,
xususan Germaniyada fashizm mafkurachilari tomonidan irqchilik nazariyasi
ko’tarilgan edi. Bu nazariya tarafdorlarining ta’kidlashicha, ba’zi xalqlar (masalan,
nemis xalqi) qadimdan aniq bir xalqtsan (boshqa biron xalqqa aralashmasdan) ildiz
olib, irqiy jihatdan tozaligini saqlab (oliy irq bo’lib) kelgan deb da’vo qilishgan.
Ularning tushunchasida oliy irqli xalq boshqa ikkinchi darajali xalqlardan ustun
bo’lib, ular ustidan hukmronlik qilishi kerak edi. Ular bu shovinistik tushunchani
keng targ’ib qilib kelgan. Markaziy Osiyo xalqiari, ularning tasavvurida ikkinchi
darajali xalqlar qatorida bo’lgan.
Toshkent anjumanida yig’ilgan olimlarning ma’ruzalari o’sha davrda keng
rivoj topgan shovinistik va millatchilik nazariyalarining asossiz ekanligini fosh
qilib, masalaga to’g’ri ilmiy yo’nalish berishga qaratilgan edi. Ma’ruzachilarning
barchasi yaqtsillik bilan xalqlar (etnoslar) bir emas, bir necha etnik guruxlarni
o’zaro yaqinlashishlari, qorishib borishlari natijasida vujudga kelganligini ta’kidlab
o’tgan edilar.
S. P. Tolstov o’z ma’ruzasida g’arb olimlarini metafizik nazariyalaridan voz
kechishga undab, har bir xalqning etnik tarkibi uning boshlang’ich davridanoq
murakkab ekanligini tan olgan taqtsirdagina, etnogenetik muammolarni ilmiy
asosda hal qilish mumkin, degan edi.
2
S. P. Tolstov ma’ruzasida o’rganilayotgan xalqni ilk davrlarda qaysi hududda,
qaysi jamoada bo’lganligi va shu hududda yashovchi xalqlarni aniqlash O’rta
Osiyo xalqlarining etnogenezini o’rganishda muhim omil ekanligiga alohida
e’tibor beradi. SHu fikrga aoslanib «o’zbek xalqining etnogenetik jarayoni Qang’
davlati hududida boshlangan. Kdng’ davlatining tarkibida va u egallab turgan
mintaqalarda o’zbek xalqining ilk ajdodlari yashagan, bularning etnik tarkibi va tili
bir xidtsa bo’lmagan» deb ta’kidlab o’tadi olim o’z ma’ruzasida.
S. P. Tolstov O’rta Osiyo xalqlarini (tojik, o’zbek, qozoq, qirg’iz,
qoraqalpoq) elat bo’lib shakllanish jarayonining nihoyasiga etish vaqgini va bu
jarayon qaysi davlat ichida o’tganligini taxminiy aniqlaydi. Masalan, o’zbek
ajdodlari aloxida elat sifatida shakllanish jarayonining nihoyasiga etishini X—XII
asrda, Qoraxoniylar davlati doirasida o’tganligini ta’kidlaydi.
S. P. Tolstovning sessiyada qilgan ma’ruzasidagi barcha qimmatli fikr-
mulohazalarni inobatga olib, shu bilan birga uning ayrim so’zlariga aniqdik kiritish
lozim bo’ladi. YUqorida biz olimning o’zbek xalqining etnogenezi Qang’
davlatidan (miloddan oldingi III — milodiy V asr o’rtalarida) boshlangan degan
so’zlarini keltirgan edik. To’g’ri, Qang’ davlati o’ramida murakkab etnik jarayon
2
S.P. Tоlstоv Pо drеvnim dеltam Оksa i YAksarta M.: 1962 г стр. 5
yuz bergan. Ammo bu jarayon o’zbek ajdodlariga xos etnogenetik jarayon edi.
SHu jarayon tufayli Qang’ davlati ichida miloddan oldingi II — milodiy I asrlar
davomida mutlaqo yangi, turkiy tilli xalq, qang’ar elati vujudga keladi. Bu elat
eron tilli xalqlar bilan turkiy tilli qabilalarning aralashib, qorishib borishi natijasida
tashkil topgan.
Milodiy V asr o’rtalarida eftaliylarning zarbasi ostida Qang’ davlati emiriladi,
qang’ar elati tarqalib ketadi. Lekin izsiz yo’qolmaydi. Ular o’rta asrlarda tashkil
topgan yangi etnik va siyosiy uyushmalarga kirib, ularning iqgisodiy, madaniy va
siyosiy hayotida faol qatnashganlar. Ta’kidlab o’tish joizki, Markaziy Osiyoda
qariyb 750 yil davomida hukmronlik qilib kelgan Qang’ davlati o’zbeklar va
hududdagi boshqa xalklarning etnik tarixida chuqur iz qoddirdi. Bu davlat
tarkibida vujudga kelgan turkiy tilli etnik qatlam o’rta asrlarda o’zbek
ajdodlarining alohida elat bo’lib shakllanishiga zamin tayyorlaydi. Qang’ davlati
tarkibida bo’lgan qabilalar ilk o’rta asrlardagi turkiy xalqlarning (qozoq, turkman,
qoraqalpoq, qirg’iz, boshqird va boshqa) etnogenetik jarayonlarida ham
qatnashganlar albatta.
Toshkent ilmiy sessiyasida qatnashgan olimlar orasida antropolog L. V.
Oshaninning ma’ruzasi ham e’tiborga molikdir. Olim o’z ma’ruzasida ko’p yillar
davomida o’zbek, tojik, qozoq va qirg’iz xalqlarining antropologiyasini qiyosiy
o’rganish natijasida o’zbek va tojiklarda (qozoq va qirg’izlarga nisbatan) o’ziga
xos braxitsifallik evropeoid irqiy alomat (tip) mavjudligini aniqlashga muyassar
bo’lganligini qayd qiladi. Bu antropologik tipga u O’rta Osiyo ikki daryo
oralig’idagi irqiy tip deb nom beradi. A. I. YArxo mazkur tipni Pomir-Farg’ona
irqiy tip, deb atagan edi
L. V. Oshanin ma’ruzasida Movarounnahrda til jihatidan turklashish bilan
barobar (bir vaqgda) tip jihatidan mongollashish jarayoni ham rivojlanib borganligi
va mongollashish o’zbeklarda tojiklarga nisbatan bir muncha kuchliroq
ifodalanganligini qayd qilib o’tadi.
L. V. Oshaninning O’rta Osiyo xalqlarining, jumladan, o’zbek xalqining
etnogenezini antropologik materiallar asosida o’rganib, muxim ilmiy xulosalarga
kelganligi uning yirik tadqiqotlarida mukammal yoritilgan. L. V. Oshaninning va
bir qancha boshqa antropolog olimlarning o’zbek xalqining etnogenezi
masalasidagi fikr-mulohazalar haqida quyida fikr yuritiladi.
O’zbek xalqining tarixini yozishga kirishilgan kezlari (XX asrning 40-yillari)
uning etnik tarixiga, xususan, etnogeneziga oid qator masalalarda noaniqliklar va
xato tushunchalar ham davom qilib kelar edi. YAratilayotgan o’zbek xalqining
tarixi bu xatolardan xoli bo’lishi lozim edi. SHuning uchun ham ayrim etuk olimlar
(masalan, S. P. Tolstov, A. YU. YAkubovskiy) mavjud bo’lgan xatolarga tanqidiy
ko’z bilan qarab, o’zbek xalqi etnogeneziga oid muammolarni ilmiy asosda hal
qilishga da’vat etganlar.
Usha davrlardagi eng qo’pol xatolardan biri o’zbek xalqining kelib chiqishini,
uning shakllangan vaqtini noto’g’ri talqin qilish bo’lgan. Ayrim tadqiqotchilar
o’zbeklar kelgindi, bular hozirgi Uzbekiston hududiga XV—XVI asrlarda kelgan,
unga qadar ular Movarounnahrdan shimolda, to Irtish daryosi sohillarigacha
bo’lgan kenglikda chorvachilik bilan shug’ullanib kelgan ko’chmanchi xalq
bo’lgan, degan fikrda edilar. O’zbeklarni «kelgindi» deguvchilarning
kontseptsiyasiga binoan ko’chmanchi o’zbeklar Movarounnahr va Xorazm
hududlariga kelgandan keyin (XV asr oxirlari — XVI asr boshlarida) alohida etnik
birlik (elat) bo’lib shakllangan, degan xulosa kelib chiqadi.
YUqorida ko’rsatilgan etnogenetik masalalardagi xato qarashlar qisman A.
YU. YAkubovskiyning 1941 yilda chiqqan risolasida qayd etib o’tilgan edi.
Muallif 1950 yilda chop etilgan «O’zbekiston xalqlari tarixi»ning ikkinchi jildi
uchun yozgan kirish qismida bu masalaga yana qaytib, noilmiy fikr-
mulohazalardan voz kechib, tarixni ilmiy asosda taxdil qilish lozimligini eslatib
o’tadi.
A. YU. YAkubovskiyning fikricha, xalqlarning tarixi, ba’zan ularning
nomlaridan qadimiyroq, (masalan, tojiklar va ularning madaniyati «tojik» nomidan
ancha oldin) mavjud bo’lgan. Xuddi shu fikrni o’zbeklar haqida ham aytish
mumkin. Ular (o’zbeklar) O’rta Osiyoning markaziy hududlarida qadim
zamonlardan buyon yashab kelgan bo’lsalar hamki etnik (o’zbek) nomini
tojiklardan ancha keyin olganlar. Olim fikrini davom ettirib, quyidagilarni aytadi:
Urta Osiyoning o’troq aholi yashaydigan mintaqalarida o’zbek xalqining ajdodlari
ko’chmanchi o’zbeklardan bir necha asrlar burun yashab kelganlar, ammo u
davrlarda ular o’zbek deb atalmagan edilar. Bu nom (o’zbek nomi) ularga keyin
berilgan. Ikki daryo oralig’i va unga tutash mintaqalarda qadimdan yashab kelgan
turkiy xalqlarning madaniyati so’g’dxorazm tsivilizatsiyasi asosida shakllangan.
SHu katta tarixiy davr ichvda turkiyzabon turg’un aholi tarkibiga bir qancha
qabilalar va xalqlar kirib uning etnogenezini tashkil qiladilar. Demak, «xalq va
uning madaniyati ba’zan nomidan qadimiyroq bo’ladi» degan xulosani olim yana
bir marotaba ta’kidlab o’tadi.
A. YU. YAkubovskiyning O’zbekiston xalqlari tarixining birinchi jildi uchun
yozgan kirish so’zida (1950 yil chop etilgan) va «Oltin O’rda va uning emirilishi»
deb nomlangan monografiyaning u kishi tomonidan yozilgan qismlarida hamda
«O’zbek xalqining etnogenezi masalalariga oid risolasida aytilgan fikr-
mulohazalari o’zbek xalqining etnik tarixini va uning etnogenezini o’rganishda
muhim ahamiyatga ega. Ta’kidlab o’tish joizki, yuqorida tilga olingan ishlarda
A. YU. YAkubovskiy yoki O’rta Osiyo tarixi bilan shug’ullangan boshqa
bironta olim o’zbek xalqining shakllangan vaqtini aniq belgilab bermagan.
Vaholanki, bu masala etnogenetik jarayonning eng muhim muammolaridan
hisoblanadi.
1955 yil o’zbek xalqining tarixi — «O’zbekiston SSR tarixi» nomi bilan
ikkinchi marotaba chop etildi. Tarixning A. YU. YAkubovskiy tomonidan
yozilgan uchinchi qismida «o’zbek va tojik xalqlarining shakllanishi» deb atalgan
maxsus band qo’shilgan. Mazkur bandda A. YU. YAkubovskiy o’zbek xalqining
shakllanish jarayonini ikki davrga bo’ladi. Birinchi davr XI—XII asrlargacha
bo’lgan vaqtni, ikkinchi davr XI—XII asrlarni o’z ichiga oladi. Keyingi asrlarda
o’zbek elatining shakllanish jarayoni asosan nihoyasiga etgan, degan fikrni ilgari
suradi. A. YU. YAkubovskiyning o’zbek xalqining shakllanishga oid fikr-
mulohazalari Uzbekiston tarixining uchinchi nashrida ham takrorlanadi.
A. YU. YAkubovskiyning o’zbek xalqining shakllanish jarayonini ikki davrga
bo’lishi umuman to’g’ri. Lekin muallif ko’rsatgan birinchi davr chegarasi aniq
belgilanmagan. Avvalo bu davrni XI—XII asrgacha, deyishning o’zi to’g’ri emas.
CHunki bu davr ichida o’zbek xalqining shakllanish jarayoni nihoyasiga etgan edi.
Agar birinchi davr XI—XII asrgacha deb olinsa, unda birinchi davr bu sanalarni
ham o’z ichiga olib, ikkinchi davrga o’rin qolmaydi. Birinchi davr XI asrgacha deb
olinsa, haqiqatga yaqin bo’lar edi. SHunda ham o’quvchida «Uzbek xalqining
shakllanish jarayoni qachon boshlangan, qaysi sanadan boshlab o’zbek xalqining
shakllanishi tobora rivojlangan bosqichga o’tgan?» degan savollar tug’ilishi
mumkin. Bu savollarga A. YU. YAkubovskiy tomonidan Uzbekiston tarixining
ikkinchi va uchinchi nashrlari uchun yozilgan qismlarda hamda muallifning boshqa
ishlarida javob topilmaydi.
O’zbek xalqining shakllanishi haqida 1958 yili o’zbek tilida, 1974 yili rus
tilida nashr etilgan «Uzbekiston SSR» tarixida ham gap ketadi.
O’zbek tilida chop etilgan bir tomlikda XI asrgacha bo’lgan davrlarda o’zbek
va tojik xalqlari ko’p asrlardavomida bir-biri bilan yaqinlashib, qorishib borish
jarayonini o’taydilar, XI—XII asrlar davomida o’zbek tili va o’zbek tilida
so’zlashuvchi o’zbek xalqi kelib chiqadi, degan fikr aytiladi. So’zsiz mualliflar bu
erda, o’zbek xalqining shakllanish jarayonini va xalq sifatida tashkil topgan vaqtini
belgilashda A. YU. YAkubovskiyga ergashganlar va ba’zi noaniqpiklarga ham yo’l
qo’yganlar. Bularda ham XI asrgacha bo’lgan davr o’zbek xalqining ko’p asrlar
davomidagi shakllanish jarayoni deilganu, lekin bu jarayon qachon, qaysi asrdan
boshlanganligi haqida hech narsa aytilmagan.
3
Uzbek tilidagi bir jildlik «O’zbekiston tarixi»ning mualliflari XI—XII asrlarni
o’zbek xalqining tashkil topgan vaqti, deb ta’kidlaydilar. YUqorida XI—XII
asrlarda o’zbek xalqining shakllanish jarayonini nihoyasiga etgan davri deb aytgan
edik. Agar A. YU. YAkubovskiyning fikri to’g’ri deb topilsa, unda bir tomlikning
mualliflari elatning shakllangan vaqti bilan bu jarayonning nihoyasiga etgan
vaqtining farqiga bormaganliklari ayon bo’ladi. Ma’lumki, har bir elatning
shakllangan vaqti bilan uning shakllanish jarayonining nihoyasiga etishi uchun
3
Sa’dullaеv A.S. Qadimgi O’zbеkistоn tariхi manbalardan.-T.: 1996.
ma’lum davr o’tishi kerak bo’lgan. Agar XI—XII asrlar o’zbek xalqi shakllanishi
jarayonining nihoyasiga etgan davri deb qaralsa, u holda bu xalqning elat bo’lib
shakllangan vaqti qaysi davrga to’g’ri keladi, degan savol tug’ilishi tabiiy. Bu
savolga A. YU. YAkubovskiy hamda o’zbek tilidagi bir tomlik O’zbekiston tarixi
mualliflari ishlaridan ham aniq javob topish qiyin.
1974 yilda rus tilida nashr etilgan bir jildlik— «O’zbekiston tarixi»da
«o’zbek xalqining shakllangan vaqtini X asrda deb bilish kerak» deyilgan. Mazkur
kitobda o’zbek xalqi shakllanishi jarayonining boshlanishi va uning nihoyasiga
etgan vaqti haqida hech narsa deyilmagan bo’lsa hamki, bunda o’zbek elatining
shakllangan sanasi haqiqatga bir muncha yaqinlashtirilgan.
1933 yil chop etilgan «Uzbekiston tarixi»ning III jildida «O’zbeklar xalq
bo’lib asosan X asr oxiri XII asrlarda shakllangan» deyilgan. Bu sana tarixiy
haqiqatga to’g’ri kelmaydi. CHunki o’zbek ajdodlari alohida birlik (elat) bo’lib
oldinroq, ya’ni IX—X asro’rtalarida shakllangan edi (bu haqtsa keyinroq
gapiriladi). X asrning ikkinchi yarmi — XI asrda shakllangan o’zbek elatining
iqtisodiyoti, madaniyati va ma’naviyati yana ham taraqqiy etib borayotgan davri
edi. Bu taraqqiyot jarayoni XII asr o’rtalarigacha davom etib, o’zbek xalqining elat
bo’lib shakllanish jarayoni, etakchi olimlar aytganlaridek, nihoyasiga etadi.
O’zbek xalqining etnogenetik muammolariga O’rta Osiyo va Qozog’iston
xalqlariga bag’ishlangan yirik monografik asarda ham e’tibor berilgan. Kitobning
«Uzbeki» deb nomlangan qismining, «O’rta Osiyo xalqlari etnik tarixining asosiy
bosqichlari» bo’limida (mualliflar: S. P. Tolstov, T. A. Jdanko) o’zbek xalqining
shakllanish jarayoni quyidagicha tasvirlangan: o’zbek va tojiklarning eng qadimgi
ajdodlari O’rta Osiyoning mahalliy xalqi va qabilalari xorazmliklar, so’g’diylar,
massagetlar va saklar bo’lgan. Tarixning ilk bosqichlaridanoq dehqonchilik bilan
shug’ullanib kelgan eron tilli mahalliy aholining ma’lum qismi, dashtsahrolarda
Zarafshon, Farg’ona, CHoch va Movarounnahrning boshqa vohalarida, hamda
Xorazmga ko’chib kelgan turkiy qabilalar bilan aralashib borishlari natijasida til
jihatidan turkiylashgan. O’z navbatida turkiy xalqpar eron tilli xalqlarning madaniy
ta’sirida bo’lib, ulardan xo’jalik yuritish usullarini, dehqonchilik sirlarini
o’rgangan. XI—XII asrlarga kelib etnik aralashuv va turklashish jarayonining eng
jadallashgan vaqti bo’lib, ayni shu aerlarda ikki azim daryo (Amu va Sirdaryo)
oralig’ida turkiyzabon xalq (etnos)ning asosiy o’zagi shakllangan. Keyinchalik bu
elat o’zbek etnik nomini qabul qilgan.
Keltirilgan kontseptsiyadan ko’rinib turibdiki, bu erda ham o’zbek xalqining
shakllangan vaqti bilan uni alohida elat bo’lib shakllanish jarayonining yakuniy
bosqichi aniqlanmagan. S. P. Tolstov 1942 yil Toshkent shahrida Urta Osiyo
xalqlarining etnogenezi bo’yicha o’tkazilgan konferentsiyadagi ma’ruzasida XI—
XII asrlar — o’zbek xalqi shakllanishi jarayonining nihoyasiga etgan davri, deb
aytgan edi. Bu erda esa uning aytganlari o’zining ilgarigi fikriga zid bo’lib
chiqayapti.
O’zbek xalqining etnogenetik muammolari akademik B. G’. G’afurovning
ishlarida ham yoritilgan. Dastavval, bu masalalarni olim «Tojik xalqining tarixi»
kitobining birinchi va ikkinchi nashrlarida qisqacha bayon qilgan edi. Uning
keyingi, «Tadjiki» nomi bilan rus tilida chiqqan yirik monografik asarida «O’zbek
xalqining etnogenez muammolari» degan alohida band ajratilgan. Mazkur bandda
B. G’. G’afurov o’zbek xalqining etnogenetik masalalarini oldingi ishlariga
nisbatan to’laroq yoritgan. B. G’. G’afurovning ushbu mavzudagi kontseptsiyasini
taxminan quyidagicha tushunish mumkin turkiytilli qabilalar va xalqtarO’rta Osiyo
mintaqalarida qadim zamonlardan buyon yashab keladilar. Lekin ular ko’chib
yurishining kuchayishi VI asrga (turk xoqonligi davriga) to’g’ri keladi. Ko’chib
kelib o’rnashgan chorvador aholi (xususan, uning qashshoqlashgan qismi) vaqg
o’tishi bilan o’troqlashib, dehqonchilik bilan shug’ullanadilar va sug’diylar,
xorazmiylar va sakmassagetlar bilan aralashadilar. Bu jarayonning tobora kuchayib
borishi natijasida turkiy tilda so’zlashuvchi aholi son jihatidan ko’paya boradi,
pirovardida o’zbek xalqi shakllanadi. XI asrda o’zbek elatining shakllanish
jarayoni yana ham yuqori pog’onaga ko’tariladi. Muallif, Somoniylar davrida
(IX—X asrlar) turkiy xalq O’rta Osiyo vohalarida yashovchi aholining talay
qismini tashkil qilganligini ta’kidlab o’tadi. Qoraxoniylar davrida (X—XII asrlar)
turkiy qabilalarning o’troqpikka o’tishi va mahalliy tojik aholisining (ma’lum
qismi albatta) turklashishi tufayli O’rta Osiyoda turkiy xalqpar etnik jihatdan bir
muncha ko’payadi. B. G’. G’afurov o’z kontseptsiyasida fikrini davom qilib
yozadi: o’zbeklar tojik xalqi va O’rta Osiyoda yashovchi boshqa xalqlar bilan
barobar qadimgi tarix hamda ajdodlari yaratgan madaniyatning vorislaridirlar.
Akademik B. G’. G’afurov qadimgi eron tilli xalqlarning o’zbek elati
shakllanishidagi rolini yuqori baholaydi va elat shakllangan vaqtni (xronologik
doirasini) XI asr bilan belgilaydi. SHu erda»B. G’. G’afurov «O’zbekiston
tarixi»ning 1967 yilda bosilib chiqqan birinchi jildida «keyinchalik o’zbek nomini
olgan xalqning shakllanish jarayoni XI—XII asrlarda asosan nihoyasiga etadi»
deyilgan matndan ko’chirma olib, muallif «O’zbekiston tarixi»da aytilgan fikrni
ma’qullaganligini bildiradi. Bu matndagi «asosan» iborasiga ahamiyat berib,
xalqning (aynan o’zbek xalqining) shakllanishi jarayoni shundan keyin ham davom
etishini izohlab o’tadi olim.
B. G’. G’afurovning o’zbek xalqining shakllanishi haqidagi kontseptsiyasini
qisqacha quyidagicha yakunlash mumkin: XI asrgacha bo’lgan davr — bu bir
necha asrlar davomida bo’lib o’tgan etnik va madaniy jarayon davri bo’lib, bu davr
ichida Movarounnahr va Xorazm hududlarida turkiy tilda so’zlashuvchi aholi
vujudga keladi va bu aholi son jihatdan tobora ko’payib boradi. XI asrlar davomida
o’zbek xalqining alohida elat bo’lib shakllanish jarayoni nihoyasiga etadi.
SHu o’rinda ta’kidlab o’tish o’rinliki, Markaziy Osiyo xalqlarining
etnogenezi haqidagi B. G’. G’afurov kontseptsiyasida aytilgan fikr-mulohazalar
oldinroq S. P. Tolstov, A. YU. YAkubovskiy va boshqa olimlar tomonidan
ko’tarilgan fikr-mulohazalardan deyarli farq qilmaydi.
B. G’. G’afurovning yozishqdan ma’lum bo’layaptiki, o’zbek xalqining
chiqib kelishidagi asosiy fikrlar dastavval uning tomonidan kontseptsiya tarzida
aytilgan. Keyinchalik bu kontseptsiya A. YU. YAkubovskiy tomonidan
«O’zbekiston xalqlari tarixi»ning birinchi nashri uchun yozilgan kirish so’zida
nazarga olingan. Ushbu kitobning oxiridagi nashrida (1967) uning bu
kontseptsiyasi yana ham aniqroq ifodalangan. Haqiqatda esa bunday emas,
o’zbeklar va Markaziy Osiyoda yashovchi boshqa xalqlarning etnogenetik
muammolari B. G’. G’afurovdan ancha oddin ko’rilib, bu haqda ma’lum
kontseptsiya qaror topganligi haqida yuqorida aytilgan edi. Bu o’rinda faqat aytish
mumkinki, B. G’. G’afurov masalaga xolisona qaramagan.
O’zbek xalqining etnogeneziga ovd masalalar M. G. Vahobovning «O’zbek
sotsialistik millati» nomi bilan o’zbek va rus tillarida chop etilgan monografiyada
ham o’rin olgan. Kitobning bir bobi «O’zbek elati va uning tarkibi» deb atalib,
bunda asosan, o’zbek xalqining shakllanishiga oid masalalar ko’riladi. So’zsiz, M.
G. Vahobovning kitobi o’sha davr ruxida, marksizmleninizm g’oyasi asosida
yozilgan. Ammo adolat yuzasidan aytish kerakki, muallif o’zbek xalqining
shakllanish jarayonini xolisona hal qilishga urinadi.
M. G. Vahobov o’zidan oldingi, etakchi tadqiqotchilarning fikr-
mulohazalarini e’tiborga olib, ular ko’rsatgan xronologik doiradan chiqmasdan,
o’zbek xalqining etnik tarixini va etnogenezini uch asosiy bosqichga bo’ladi.
Birinchi bosqich — XI asrgacha bo’lgan davr — o’zbek elatining dastlabki o’zagi
shakllangan davr; ikkinchi bosqich — XI—XII asrlar o’zbeklarning elat bo’lib
shakllanish jarayoni nihoyasiga etgan davr; uchinchi bosqich — o’zbek elatining
taraqqiy etishi va uning etnik tarkibi kengayib borishi davri. Keyingi davr to XIX
asrgacha davom etadi. Boshqa erda «o’zbek elatining asosiy o’zagi XI—XII
asrlarda vujudga keladi», «Uning shakllanish jarayoni eramiz boshidan boshlab to
shu vaqtgacha davom qildi», deb yozadi muallif.
SHu o’rinda ta’kidlash joizki, M. G. Vahobovning o’zbek xalqining etnik
tarixini va etnogenezini bosqichlarga bo’lib o’rganish e’tiborga sazovor, albatta.
Lekin ko’rsatgan bosqichlar ba’zi noaniqliklar va ziddiyatlardan xoli emas, albatta.
Masalan, birinchi bosqichga juda katta (eramizning boshidan to XI asrgacha) davr
ajratilgan. Qariyb bir ming yillik davr — o’zbek xalqining shallanish davri, deb
ta’riflanadi. Demak, shu katga tarixiy davr ichida o’zbek xalqi shakllanib keladi.
Muallifning bu fikriga qo’shilish qiyin. Bu bir ming yillik davr o’zbek xalqi etnik
tarixining ma’lum davri bo’lishi mumkin, ammo shu katta davrni o’zbek xalqi
shakllangan davr deb aytishga aql bovar qilmaydi. Bu ming yiddan ziyod tarixiy
davr ichida hozirgi O’zbekiston hududvda bir necha davlatlar, elatlar vujudga
kelgan va tarqalib ketgan. O’zbek ajdodlari alohida elat bo’lib, ma’lum tarixiy
sanada shakllangan (bu haqtsa boshqa erda gapirilmagan). M. G. Vahobovning
XI—XII asrlarda «o’zbeklarning elat bo’lib shakllanish jarayoni nihoyasiga etgan
vaqti» degan fikrini to’la ma’qullash bilan, pastroqtsa «o’zbek elatining asosiy
o’zagi XI—XII asrlarda vujudga keldi» deb aytgan so’zlarida zidlik mavjudligini
sezmasdan iloj yo’q. Ko’rinib turibdiki, bir erda XI—XII asrlarda o’zbek elatining
shakllanish jarayoni nihoyasiga etgan, deb ta’kidlansa, ikkinchi bir erda uning
asosiy o’zagi XI—XII asrlarda vujudga kelgan, deyiladi. SHu o’rinda savol
tug’ilishi tabiiy: agar o’zbek elatining asosiy o’zagi XI—XII asrlardagina vujudga
kelgan bo’lsa, unda qanday qilib uning shakllanish jarayoni XI—XII asrlarda
nihoyasiga etgan, deb aytish mumkin.
M. G. Vahobovning kishini ajablantiradigan fikrlaridan yana biri — «o’zbek
elatining shakllanish jarayoni milod boshidan boshlanib shu vaqggacha (bizning
davrimizgacha — K. SH.) davom qildi» deb aytgani. Agar bu jarayon shu
vaqggacha davom qilib kelgan bo’lsa, unda o’zbek xalqi faqat shakllanishda
davom etibdiyu alohida elat bo’lib shakllanmaptida? Unda, nega yuqorida XI—XII
asrlarda «O’zbeklarning elat bo’lib shakllanish jarayoni nihoyasiga etgan» deb
ta’kidlangan. SHunga o’xshash bir-biriga qarama-qarshi qo’yilgan fikr-
mulohazalarni M. G. Vahobovning yuqorida tilga olingan kitobida ko’plab
uchratish mumkin.
M. G. Vahobov kitobida etnik va milliy masalalarga oid juda ko’p
muammolar ko’tarilgan. Lekin bu muammolarni muallif marksizmleninizm
nazariyasi asosida yoritmoqchi bo’lib, ba’zi zidliklarga, xatoliklarga yo’l qo’ygan,
albatta. Ammo uning kitobidagi etnik tarixga va etnogenez muammolariga oid
ayrim fikr-mulohazalarini tanqidiy tahlil qilgan holda, ulardan foydalanish mumkin
bo’ladi.
Uzbek xalqining shakllanishi B. X. Karmishevaning yirik monografiyalaridan
birida yo’l-yo’lakay yoritilib o’tilgan. Muallifning fikricha, o’zbek elatining asosiy
o’zagi IX—X asrlarda shakllangan. Lekin olima fikrini aniq dalillar bilan isbotlab
berolmagan.
O’zbek xalqining etnogenezi va shakllanish jarayoni masalalari bilan bir
necha yillar davomida M. Ermatov ham shug’ullanib kelgan. Uning bu masalalarga
qarashlari 60-yillarning oxirlarida chop etilgan kitobida to’laroq aks etgan.
Kitobning nomi «etnogenez» so’zi bilan boshlangan, lekin kitobda asosan o’zbek
xalqining etnik tarixi haqida gap ketadi.
Muallif o’zbek xalqining shakllanish davrini to’rt davrga bo’ladi. Birinchi
davr miloddan oldingi VIII—II asrlarni, ikkinchi davr — miloddan oldingi II —
milodiy IV asrlarni, uchinchi davr — milodiy IV—VI asrlarni va nihoyat to’rtinchi
davr — milodiy VI—VIII asrlarni o’z ichiga olgan. Kitobning mazmunidan,
o’quvchida shu katta tarixiy davr ichida (miloddan oldingi VI asrdan to milodiy
VIII asrgacha), o’zbek ajdodlari faqat shakllanib kelgan, degan tushuncha paydo
bo’ladi. O’zbek elati qachon, qaysi asrda alohida etnik birlik (elat) bo’lib
shakllangan va uning shakllanish jarayoni qaysi asrlarda nihoyasiga etgani haqida
muallifning aniq fikrini tushunish qiyin. M. Ermatov o’z ishida o’zbek xalqining
shakllanish tarixini yoritishda qadimgi va o’rta asrlarga oid tarixiy geografik va
lingvistik manbalardan juda ko’p foydalangan. Buni tan olish kerak. Ammo
manbalar va foydalangan adabiyotlardan to’g’ri xulosa chiqarib, o’zbek xalqining
etnik tarixiga va etnogeneziga oid muammolarni ilmiy asosda yoritishga ojizlik
qilgan.
Uzbek xalqining etnik tarixiga oid masalalar akademik B. A. Ahmedovning
bir qator ilmiy asarlarida batafsil yoritilgan. Muallif asarlarida o’zbek ajdodlari
qadim zamonlardan O’zbekiston hududida yashaganliklarini, XVI asrning
boshlarida bu hududga kelib o’z hukmronliklarini o’rnatgan ko’chmanchi
o’zbeklar o’zbek xalqining tarkibiy qismidan biri bo’lganligini ta’kidlaydi.
SHarqshunos olim o’zbek xalqining shakllangan vaqti xaqida gapirib
«...Qoraxoniylar davrida (X—XI) asrlar o’zbek xalqi to’la shakllanib, ijtimoiy-
iqtisodiy va madaniy jihatdan rivojlanadi» deb yozgan edi. Olimning aytganlari
haqiqatga yaqin keladi. Agar o’zbek xalqining alohida etnik birlik (elat) bo’lib
shakllangan vaqtining nihoyasiga etganligini XI—XII asrlar o’rtasi bilan
belgilansa masalaga yana ham aniqroq yondashilgan bo’lar edi.
O’zbek xalqining etnogenezi va etnik tarixi masalalari akademik A. A.
Asqarovning bir necha maqolalarida ham e’lon qilingan. Uning yirik
maqolalaridan birida tarixiy, arxeologik, etnografik va antropologik manbalarga
hamda adabiyotlarga asoslanib, o’zbek xalqi etnogenezining birinchi bosqichi
eramiz boshlaridan boshlangan. Milodiy VI asrning ikkinchi yarmidan o’zbek
etnogenezining ikkinchi davri boshlangan deb, XIV—XV asrlarni esa bu
jarayonning yangi, taraqqiy etgan davri deb ta’kidlaydi muallif.
4
Agar aniq bir xalqning etnogenezi (chiqib kelishini) ma’lum tarixiy davrda,
ma’lum etnik, iqtisodiy va madaniy sharoitda tashkil topishning nazariy jihatdan
to’g’riligini tan oladigan bo’lsak, unda o’zbek xalqi etnogenezini qadim davrdan
yoki milod boshidan boshlash uncha to’g’ri bo’lmaydi. SHu xildagi bo’linishlarga
o’zbek xalqi etnik tarixining bosqichlari, deb qaralsa qisman to’g’ri bo’lar edi.
SHunda ham o’zbek xalqi etnik tarixining boshlanish davrini milod boshidan
emas, ancha oldinroqtsan (miloddan oddingi bir minginchi yillarning oxirlaridan)
boshlash maqsadga muvofiq deyilsa, xato bo’lmasdi albatta.
So’zsiz, xalqning chiqib kelish ildizi juda uzoq. Xalqning chiqib kelish
ildizlari bilan uning etnogenezini (alohida elat bo’lib shakllanishi) katta tarixiy
davr ajratib turadi. Bu davr ichida ma’lum hududda bir emas bir nechta etnoslar
tashkil topgan. Ilk elatlar doimiy emas edi, ular emirilib, ularning o’rnida boshqa
elatlar vujudga keladi. Markaziy Osiyoda birin-ketin tashkil topgan elatlar oz
bo’lmagan (bular haqida boshqa erda gapiriladi). O’zbek elati ham shu hududda
(IX—X asrlarda) shakllanadi.
YUqorida keltirilgan barcha fikr-mulohazalardan ko’rinib turibdiki, o’zbek
xalqining etnogenez masalalari haqida olimlar qat’iy bir fikrga kelmaganlar.
O’zbek xalqining shakllangan vaqti har xil sanalar bilan ba’zan hech qanday ilmiy
asossiz belgilangan: etnogenez tushunchasi xalqning etnik tarixi bilan
chalkashtirilib yuborilgan; etnogenez deb etnik tarixni davrlarga bo’lib
ko’rsatganlar, lekin bu bo’linishlar uncha muvaffaqiyatli chiqmagan. Ammo,
4
A.Asqarоv. O’zbеk хalqining etnоgеnеzi va etnik shakllanishi T.: 2007
barcha chalkashliklar va noaniqliklarga qaramasdan, ayrim tadqiqotchilar
haqiqatga yaqinlashib, o’zbek ajdodlarini aloxida elat bo’lib shakllanishini IX—X
asrlar bilan, uni shakllanish jarayonining nihoyasiga etish vaqgini XI—XII asrlar
bilan belgilaydilar.
O’zbek xalqining aloxida etnik birlik bo’lib shakllangan sanasi birmuncha
oydinlashgandigiga qaramasdan ayrim mualliflar ishlarida o’zbek elatining tashkil
topgan vaqti keyingi asrlarga surib ko’rsatilgan. Jumladan, rossiyalik olim V. A.
Nikonov o’zbek elatining shakllanish jarayoni XI—XVI asrlargacha davom etgan,
deb yozadi. Bu qo’pol xato, albatta. X. Salimovning kitobida ham o’zbek elati XVI
asrda shakllangan degan noto’g’ri tushuncha mavjud. Uning yozishicha, 1500 y.
Temuriylar egallab turgan erlarni bosib olgan turk-mo’g’ul qabilalarigina o’zbek
hisoblangan. Movarounnahrda va Xorazmda qadim davrlardan buyon yashab
keluvchi tub erli aholi o’zbeklar qatoriga kiritilmagan. X. Salimovning shu va
shunga o’xshash qator boshqa xatolari o’z vaqtida odilona tanqidga uchragan edi.
G’. Abdurahmonov va SH. SHukurovlar birgalikda chop etgan kitobda o’zbek
xalqining shakllanish.davri XI— XV asrlar deyilgan. SHu asarning boshqa erida
o’zbek xalqi XIV—XV asrlarda shakllanganligi qayd qilingan .
G’. Abdurahmonov keyingi ishlaridan birida o’zbekxalqining shakllangan
vaqti haqidagi fikri ancha o’zgargan. Olim mazkur asarda tarixiy adabiyotlarda
qayd qilingan «o’zbek xalqining shakllanishi nihoyasi XI— XII asrlarga to’g’ri
keladi» degan fikrga to’la qo’shiladi. SHu bilan birga G’. Abduraxmonovning bu
masaladagi fikri qarama-qarshiliklardan xoli emas. Masalan, asarning bir
sahifasida o’zbek xalqi va tilining shakllanishi X—XII asrda deyilsa, boshqa bir
betida X asrning ikkinchi yarmida shakllana boshlangan, deyilgan.
G’. Abduraxmonov keyingi ishida yana boshqa xatoliklarga ham yo’l
qo’ygan. Masalan, qipchoqlarni bir erda qirg’iz, ikkinchi erda pecheneg, deb
atagan. SHarqiy qarluqpar uygurlar bilan tenglashtirilgan. Ma’lumki, bu
etnonimlar ilk o’rta asrlarda aloxida qabila birlashmalarining nomlari edi.
Bularning birini ikkinchisi bilan chalkashtirib bo’lmaydi, etnoslar yashagan
hududlar ham aniq ko’rsatilmagan.
Moskva yaqinidagi Zvenigorodda 1988 yili bo’lib o’tgan katta anjumanda B.
A. Litvinskiy qilgan ma’ruzasida o’zbek xalqi aloxida etnik birlik (elat) bo’lib XVI
asrda shakllangan dedi. Ma’lumki, B. A. Litvinskiy, B. G’. G’afurovning
«Tadjiki» deb nomlangan kitobining mas’ul muharriri bo’lgan. B. G’.
G’afurovning mazkur kitobida o’zbek xalqining shakllanishi XI—XII asrlarda
nihoyasiga etgan, deb ko’rsatilgan. B. A. Litvinskiy mas’ul muharrir sifatida
«Tadjiki» kitobini bir necha marotaba o’qigan va taxrir qilib, B. G’. G’afurov
ko’rsatgan sanani (XI— XII asr) o’sha vaqgda tan olgan, albatta. Endi esa bu
sanani «unutib» o’zbek xalqining elat bo’lib shakllangan vaqtini XV—XVI
asrlarda etnik guruhlarning Dashtiqipchoqtsan Movarounnaxrga kirib kelishi bilan
bog’laydi. B. A. Litvinskiyning ushbu noilmiy fikri Tojikiston FA akademigi
Raxim Masovga ham ma’qul bo’lgan.
Etnograf S. P. Polyakov esa bu masalada yana ham jiddiy xatoga yo’l
qo’ygan. Uning yozishicha, o’zbek xalqi turkman, qozoq, qirg’iz va boshqa xalqlar
bilan bir vaqtda, ya’ni XVIII—XIX asrlarda xalq (elat) bo’lib shakllangan.
So’zsiz,B. A. Litvinskiy, S. P. Polyakovlarga o’xshash olimlar O’rta Osiyo
xalqlarining, jumladan, o’zbek xalqining etnogeneziga va etnik taraqqiyotiga
beg’araz qaramaganlar. Ularning nazarida, bu xalqpar sobiq SSSR tarkibidagi
«qoloq» xalqlar bo’lib, faqat keyingi asrlarda ruslar ta’sirqdagina alohida etnik
birlik (elat) bo’lib shakllanganlar.
YUqorida keltirilgan fikr-mulohazalardan ko’rinib turibdiki, o’zbek xalqining
aloxida etnik birlik (elat) bo’lib shakllangan vaqti (sanasi) haligacha aniq
belgilanmagan. Mualliflar ko’rsatgan sanalar chuqur ilmiy asoslanmagan, ko’p
hollarda sanalar taxminiy tarzda ko’rsatilgan.
Qadim va o’rta asrlarga oid manbalarda o’zbek ajdodlarining elat bo’lib
shakllanish jarayoni haqida aniq ma’lumotlar juda oz. Ammo, uning shakllanishida
faol qatnashgan ayrim etnoslar haqida manbalar berilgan ma’lumotlar kamchil,
ba’zan juda chalkash — ulardan juda ehtiyotkorlik bilan foydalanish kerak bo’ladi.
Manbalarda qadim va o’rta asrlarda yashagan xalqlarning siyosiy, iqtisodiy,
ijtimoiy va madaniy hayoti haqidagi ma’lumotlar ham mavjud. Bu ma’lumotlar,
garchi qisqa bo’lsada, o’sha davr aholisining hayoti, etnik tarkibi, etnik aloqalari
haqida ma’lum tasavvurga ega bo’lishga imkon beradi.O’zbek xalqi ildiz olgan,
uning ilk tarixiy ajdodlari saklar, massagetlar, toxarlar, baxtardar, xioniylar,
usunlar, qang’arlar, so’g’diylar, xorazmiylar va boshqa xalqlar haqida oddinroq
chop etilgan ishlarimizdan birida batafsil gapirilgan, ularni bu erda takrorlab
o’tirishning hojati bo’lmasa kerak.
Mazkur ishda o’zbek xalqining elat bo’lib shakllanish jarayonida ishtirok
etgan xalqlar, etnik guruhlar haqida eslatilgan manbalarga qisqa izoh berib
o’tishning o’zi kifoya qiladi.
Ilk o’rta asrlarda O’rta Osiyoda yashagan xalqlar haqidagi ilk (dastlabki)
ma’lumotlar Xitoy voqeanavislarining asarlarida, chunonchi «SHimoliy (Xitoy)
xonadonlarining tarixi» Beyshida (550—577);' «Suy sulolasining tarixi» —
Suyshuda (581—618); «Txan sulolasining tarixi» — Txanshuda (618—907) ;
uchraydi. Mazkur manbalarda Toshkent (SHi, CHjeshe), Samarqand (Kan),
Buxoro (An, Ansi), Davan (Boxo, Boxan, Boxani), Xorazm, SHn yoki SHi, Kesh
— (SHaxrisabz), Nasaf — (Qarshi), Surxondaryo (Toxaristonning bir qismi)
viloyatlarining geografik joylanishi tabiati, mahalliy aholi va ularning iqtisodiy va
siyosiy hayoti hamda madaniyatining ayrim qirralari haqida gapiriladi. Tilga
olingan manbalarda Movarounnahrda va unga tutash mintaqalarda joylashgan bir
qancha turkiy qabilalar, ularning yashash joylari, ba’zi urf-odatlari va ularning u
yoki bu hududning siyosiy hayotida ishtiroklari haqida ham ma’lumotlar olish
mumkin. Xitoy manbalarida eftaliylar (idal, yeda), qarluqlar (gelolu) va uning
tarkibidagi qabila-urug’lar (meulo, dami, jisi, tashili, pofu, gesa), nushibi, dulu
(duglat), turkesh, usun va boshqa turkiy qabilalar va qabila ittifoqdari tilga
olinadi*SHu o’rinda ta’kidlash lozimki, bu qabilalar haqidagi ma’lumotlar
tarjimon tomonidan qisqartirilib berilgan, ular xatodan ham holi emas. SHuning
uchun ham N. YA. Bichurinning tarjimalarini boshqa tarjimalar va izohli
adabiyotlar bilan solishtirib foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Bu borada N. V. Kyuner va YU. A. Zuevning ishlari e’tiborga loyiqtsir. Bu
ishlarda Xitoy manbalarida keltirilgan ayrim viloyatlar, xalqyaar haqidagi
axborotlar tarjima qilinishi bilan bir vaqtda ularga ilmiy izoh ham beriladi.VII asr
oxiri — VIII asr o’rtalarida turk xoqonligining siyosiy, iqtisodiy va madaniy
hayotining ayrim tomonlari haqida ma’lumot beruvchi muxim va ishonchli
manbalardan biri Sibir erlaridagi qadimgi turkiy tildagi qabrtosh bitiklari
xisoblanadi. Bular: Qul-Tegin, Tunyuquq, Iltaras (Gudulu, Qutluq)va uning xotini
Elbilga xotun, Mogilan, Quli-CHur(Magillanning ukasi) va uyg’ur xoni Moyn-
CHur sharafiga qo’yilgan qabrtosh bitiklaridir Qabrtosh bitiklarida turk
xoqonlarining davlat mustaqilligini saqlab qolish, uning kuch-qudratini oshirish
borasida olib borgan ichki va tashqi kurashlari, o’zbek ajdodlarining elat bo’lib
shakllanish arafasida Markaziy Osiyoda yuz bergan siyosiy voqealar, ba’zi urf-
odatlar va boshqa masalalar tasvirlangan. SHuningdek, mazkur bitiklarda quyidagi
etnonimlar ham tilga olinadi: o’g’uz, uch-o’g’uz, sakkiz-o’g’uz, to’qqiz-o’g’uz,
o’n-o’g’uz, kengeres (kangar) qarluq, qipchoq, qirg’iz, az, teles, kidan, dulu,
turkesh, turk va boshqalar. Bu xalqlar, qabilalar va qabila ittifoqlarining ko’pchiligi
yoki ularning ayrim guruhlari o’zbek ajdodlarining elat bo’lib shakllanishida
bevosita ishtirok etganlar. Qadimgi tosh bitiklar turkiy xalqlarning til tarixini
o’rganish borasida ham muhim manba xisoblanadi,
Tosh bitiklarida keltirilgan ma’lumotlarni Xitoy manbalari va o’rta asrlarga oid
boshqa manbalar bilan taqqoslab o’rganilsa, Markaziy Osiyo xalklari,jumladan,
o’zbek xalqi etnik tarixi va etnogeneziga bir^muncha aniqpiklar kirgizish mumkin.
O’zbek xalqining etnik tarixini va uning etnogenezini o’rganishda IX—XIII
asrlarda arab va fors tillarida yozilgan tarixiy va geografik asarlarning ahamiyati
juda katta)Bunday adabiyotlar talaygina. Ular asosida qator doktorlik va
nomzodlik dissertatsiyalari ham himoya qilingan'. Biz arab-fors tilli manbalarning
ko’pidan, asosan rus tilidagi tarjimalaridan foydalandik. SHularning ayrimlarini
qisqacha eslatib o’tmoqchimiz.
Foydalanilgan manbalardan biri Abu-Jafar Muhammad ibn at Tabariyning
«Tarix arrasul va al-Muluk» asari. Asarda Dixiston, Toxariston, So’g’d, Farg’ona,
SHosh, Xorazm, Ettisuv hududlarida yashagan turkiy va eron tilli aholi haqida
qisqa ma’lumotlar beriladi. Manbada eftaliylar, qarluqlar, turkeshlar haqida hamda
turkesh xoqonlari — Qursul, Abu-Muzaxim va ayrim turk sarkardalari tilga
olinadi. Unda turklarning so’g’diylar, farg’onaliklar va toxaristonliklar bilan
birgalikda arab istilochilariga qarshi qurashlari, turkiy xalqlarning ayrim urf-
odatlari, e’tiqodlari haqida ham qisqa axborot beriladi. Bog’dod xalifasi tomonidan
Volga bulg’orlari podshosi oldiga 921—922 yillarda elchi qilib yuborilgan Ahmad
ibn Fadlanning safar xotiralarida, Xorazm va xorazm xalqi, Dashtiqipchoqda va
Orol dengiziga tutappo’llarda yashovchi o’g’uz (g’uz) bijanak (pecheneg)
qabilalari, ularning ijtimoiy hayoti, xo’jaligi haqida ko’rgan bilganlarini yozib
qoldirgan. Uning ma’lumotlaridan o’sha davr hayotini, turg’un va ko’chmanchi
aholining o’zaro munosabatlarini tushunish qiyin emas.
Markaziy Osiyo xalqlarining iqgisodiy, madaniy va xo’jalik faoliyatini o’rganishda
X asrda yashab o’tgan geograf sayyoxlar al-Istaxriy Ibn Hovqal va al-Muqaddasiy
asarlarining ahamiyati bebahodir. Bu mualliflar bergan axborotlarning afzalligi
shundaki, ular Markaziy Osiyo mintaqalarining bir qancha shahar va qishloqlarida
bo’lib, bevosita qo’rgan bilganlarini yozgan. YUqorida tilga olingan mualliflarning
asarlarida So’g’d, Kesh (SHahrisabz), Nasaf (Qarshi), Toxariston, SHosh,
Farg’ona, Xorazm, Isfidjob va Markaziy Osiyoning bir qancha boshqa viloyatlari,
shahar va qishloqlari, aholisi, tabiati, ekinzorlari, xo’jaligi, hamda tijorati haqida
batafsil ma’lumotlar berilgan. Ularning axborotlarida turg’un yashovchi turkiy
xalqlar va ko’chmanchi qabilalar (o’g’uz, xalach, pecheneg va boshq.) ham eslatib
o’tilgan.
Ba’zi o’rinlarda Ibn Hovqal va Muqaddasiy ma’lumotlari al-Istaxriy keltirgan
ma’lumotlarni takrorlanganga o’xshaydi. SHu bilan birga, ular talay yangiliklar
qo’shib, bir-birlarini to’ldiradilar ham. So’zsiz, o’sha davrda, turkiy xalqparning
yashagan hududlarini aniqpashda Abu Dulafning ma’lumotlari muxim manba
hisoblansada, uning ma’lumotlaridan foydalanishda tadqiqotchi juda ehtiyot
bo’lishi kerak. CHunki tilga olingan xalqlarning ko’pchiligi orasida Abu Dulafning
o’zi shaxsan bo’lmagan, ular haqidagi ma’lumotlarni muallif boshqalardan eshitib
yozgan bo’lishi mumkin. SHuning uchun ham uning safar xotiralarida berilgan
yo’l marshrutlari juda chalkash. Masalan, sayyoh slavyanlardan o’tib go’yoki
pecheneglar eriga (shu davrda bularning katta bir qismi Emba va O’rol daryo
oralig’ida joylashgan bo’lgan), undan o’tib chigillar va Tibet erlariga, ulardan o’tib
kimak g’uz erlariga borganligini hikoya qiladi. YA’ni kelgan tomonga (orqaga),
O’rol tog’ oldi mintaqalarda yashaydigan kimak eriga yana qaytib borib, so’ngra
Xitoyga o’tib ketganligini hikoya kdpadi. Hech qanday sayyoh Tibetdan (orqaga
qaytib), O’rol tog’ oldi mintaqalarida yashovchi kimaklar eriga, keyin qaytib
Xitoyga bormasa kerak
Abu Dulaf axborotlarining yana bir xatolik joyi shuki, u Markaziy Osiyo, Sibir va
Tibetda yashovchi turk, mo’ng’ul, tung’uz, tibet xalqparining tillarini e’tiborga
olmasdan, ularning barchasini turkiy xalqlar deydi. Sayyoh o’zining xotiralarida
qarluqlarga tobe bo’lgan SHarqiy Turkistonda turg’un yashovchi (qarluq
bo’lmagan) aholini ham qarluq deydi. Abu Dulafning axborotlaridan foydalangan
kishi shu xildagi xatolar, noaniqliklarni hisobga olishi kerak, albatta.
X asrning oxirgi choragi — XI asrning birinchi yarmida o’tgan yurtdoshimiz
xorazmlik buyuk olim Beruniyning asarlarida Xorazm, Movarounnahr va
Markaziy Osiyoning boshqa mintaqalarida yashagan xalqlar haqida juda ko’p
muxim tarixiy etnografik ma’lumotlar mavjud. Masalan, uning «Qadimgi
xalqlardan qolgan yodgorliklar», asarida Xorazm va Xorazm podshohlari,
podshohlarga xos laqablar, Xitoy chegarasigacha bo’lgan mintaqalarda yashovchi
turkiy xalqlar, o’g’uz turklari, turklarning e’tiqodlari, So’g’d va Xorazm
xalqlarining bayramlari, urf-odatlari va bir qancha boshqa qator masalalar ham
yoritilgan. Asarda keltirilgan so’g’diylar, xorazmliklar va turkiy xalqlarning oy va
kun nomlari bu xalqtarning qaysi tilda so’zlashganlaridan dalolat beradi.
Beruniyning «Hindiston» deb nomlangan asari ham tarixiy etnografik
ma’lumotlarga boy. Bu asarda, asosan, Hindistonning siyosiy-ijtimoiy hayoti,
madaniyati, urf-odatlari va e’tiqodlari haqida gap ketadi. SHu bilan birga Hind
daryosining yuqori oqimlarida 'joylashgan turkiylar; Xo’tan va G’azna turklari
hamda Kobulning turk podsholari haqida ham gapiriladi. Beruniyning bu
ma’lumotlari turkiy xalqlarning Osiyo mintaqalarida keng tarqalganligidan dalolat
beradi. Mazkur asarda olim SHosh (Toshkent) shahrining nomi haqida ham fikr
yuritgan.
5
Beruniyning Geodeziya asarida g’uz (o’g’uz) pecheneg (bijanak), alan va
asqabilalariningjoylashgan hududlari hamda pechenglarning (turkiy xalq) ta’sirida
eron tilli as va alanlarning talay qismi turklashganligi haqida qisqa ma’lumotlar
mavjud. Mazkur asarda Beruniy etti iqlimni 7 doira shakli bilan ifodalab, doiraning
shimoliy qismiga (ya’ni oltinchi iqlimga) xazarlarni, guzturlarini, qirg’izlarni,
kimaklarni, rus va slavyanlarni joylashtirgan, doiraning sharqiy qismiga (ya’ni
ettinchi iqlimga) Sin, Xutan va turkiy xalqlarni joylashtirgan. Beruniyning etti
iqlimni ifodalagan doiralaridan ilk o’rta asrlarda Evroosiyo xalqlarining joylanishi
haqida ham aniq tasavvurga ega bo’lish mumkin.
Olimning «Kitob assaydana fittibb» kitobida Markaziy Osiyoda mavjud bir qancha
shahar va viloyatlar (Buxoro, Samarqand, So’g’d, Farg’ona, Xorazm, Qoshg’ar,
Balasag’un, SHosh va boshq.) hamda etnik nomlar (turk, turkman, g’uz, qirg’iz va
boshq.) eslatilgan.
Beruniyning mashhur asari — «Qonuni Ma’sudiy»da ham Evroosiyodagi juda
ko’p shaharlar va xalqlarning nomlari tilga olingan. Bizning ishimizda eng muximi
asarning «SHaharlarning uzunlik va kengliklarini jadvallarda ko’rsatish haqida»
deb nomlangan bobidir. Ushbu bobda turli iqlimlardaga shaharlar nomlari, kengligi
va ularning qaysi viloyatlarda va mamlakatlarda joylashganligi belgilangan.
Jadvalda Markaziy Osiyo mamlakatlarida joylashgan o’nlab yirik shaharlar
ham tilga olinadi. SHular qatorida, Farg’ona vodiysida, Sirdaryo soxillarida,
Etgisuvda va SHarqiy Turkistonda yashovchi turkiy xalqlarga qarashli 30 ga yaqin
shaharlar ham qayd qilingan. Asarda Sirdaryoning quyi oqimlarida, Orol dengiziga
tutash cho’llarda o’rnashgan g’o’zlar, Volga bo’ylarida Qora dengiz yaqinidagi
xazar va boshqa turkiy toifalar ham eslatilgan.
Jadvalda keltirilgan ma’lumotlar xalqlarning va qabilalarning X—XI asr
boshlarida joylashgan hududlarini aniq tasavvur qilish imkoniyatini beradi.
Beruniyning Mineralogiya asarida bir necha marotaba SHarqiy turklar, Qobul
viloyatida
yashovchi
turklar,
Hindistonning
shimolida,
Tibet
va
5
Beruniy va Hindiston. T.: 1963 y.
Kashmirgachegaradosh mintaqalarida joylashgan turklar haqida ham qisqa axborot
berilgan. Asarda turkman atamasining ma’nosi, qarluq, pecheneglar yashagan
hududlar,Qoraxoniylar xoni Bug’raxon tomonidan somoniylar sulolasini inqirozga
uchratilganligi, turkiy xal q
Dostları ilə paylaş: |