Mavzu: O’zbekiston Respublikasi prezidentining Maktabgacha ta’limga doir qaror, farmon va farmoyishlari Reja


§4. Maktabgacha ta’lim tizimiga ilg‘or pedagogika va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish



Yüklə 407,95 Kb.
səhifə22/32
tarix14.06.2022
ölçüsü407,95 Kb.
#116917
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   32
xubbimova gulhayo

§4. Maktabgacha ta’lim tizimiga ilg‘or pedagogika va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish
Maktabgacha ta’limni yanada rivojlantirishning eng muhim yo‘nalishlaridan biri ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy pedagogika va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etishdir.
Oldingi tahrirga qarang.
So‘nggi vaqtlarda ushbu yo‘nalishda Maktabgacha ta’limni boshqarishning axborot tizimini (EMIS), shuningdek, bolalarni davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga Davlat xizmatlari markazlari yoki O‘zbekiston Respublikasi Interaktiv davlat xizmatlarining yagona portali orqali qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimlarini joriy etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi.
(4-paragrafning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi (keyingi o‘rinlarda — Vazirlik) tomonidan ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ilg‘or o‘qitish shakllari, yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy qilish orqali tarbiyalanuvchilarning har tomonlama rivojlanishi ta’minlanmoqda.
Oldingi tahrirga qarang.
Shu bilan birga, maktabgacha ta’limning hozirgi holati telekommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirishni, maktabgacha ta’lim tashkilotlarining keng polosali Internet tarmog‘iga ulanishini ta’minlashni, ma’naviy yetuk yosh avlodni tarbiyalashning samarali tashkiliy va pedagogik shakllarini va usullarini ishlab chiqishni taqozo etadi.
(4-paragrafning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
Maktabgacha ta’lim sohasida innovatsion jarayonlarni rivojlantirish va joriy etish maqsadida quyidagi tadbirlarning amalga oshirilishi nazarda tutilmoqda:
1) Vazirlik axborot xavfsizligining munosib darajasini ta’minlash, yagona axborot maydonini yaratish;
2) maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantirish sohasida ilg‘or xalqaro tajribani o‘rganish, umumlashtirish va joriy etish maqsadida xorijiy mamlakatlarga o‘quv safarlarini tashkil qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
3) maktabgacha ta’lim sohasida dasturiy vositalar, axborot ma’lumotlar bazalari, multimedia mahsulotlarini ishlab chiqish va ularni maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatida qo‘llash;
(4-paragrafning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
4) Maktabgacha ta’limni boshqarishning axborot tizimini (EMIS) yanada takomillashtirish va rivojlantirish, ma’lumotlarni kiritish va tezkor almashish uchun mobil ilovalarni yaratish;
5) o‘quv va o‘quv-metodik adabiyotlarning yangi avlodini tayyorlash va nashr etishni tashkil qilish, raqamli ta’lim resurslari, uydan turib masofali ta’lim berish va ota-onalar bilimini oshirish texnologiyalarini joriy etish;
Oldingi tahrirga qarang.
6) maktabgacha yoshdagi bolalarni erta rivojlantirish sohasida ilmiy tadqiqotlar olib borish, ilg‘or ilmiy ishlanmalar va texnologiyalarni maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatiga integratsiya qilish;
(4-paragrafning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
7) innovatsiya loyihalarini amalga oshirish maqsadida xo‘jalik yurituvchi subyektlar, startap-loyihalar tashabbuskorlari, olimlar, moliyaviy institutlar va boshqa manfaatdor shaxslar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni kengaytirish uchun zarur tashkiliy-texnik va moliyaviy-iqtisodiy shart-sharoitlarni yaratish;
8) maktabgacha ta’lim tizimi xodimlarining innovatsion axborot-kommunikatsiya va pedagogika texnologiyalari sohasidagi bilimlari va malakasini oshirish, innovatsion ta’lim muhitini tashkil qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
9) birinchi bosqichda har bir tuman tayanch maktabgacha ta’lim tashkilotini, keyinchalik esa respublikaning har bir maktabgacha ta’lim tashkilotini Internet tarmog‘iga chiqadigan personal kompyuterlar bilan ta’minlash.
(4-paragrafning o‘n to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
Oldingi tahrirga qarang.

Yüklə 407,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin